O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
30.07.2019

YANGILANIB, YOSHARAYOTGAN QORAQALPOGISTONIM

Guliston ANNAQILICHEVA, Oliy Majlis Senati a’zosi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri:

— Yurtimizga shunday bir nurafshon kunlar keldiki, umrning har dami, har nafasi sizga baxt bilan boqayotganday, shunday shukuhli kunlar uchun sen nima qilding, deb savol berayotganday boladi. Kongil bir hapriqib qoyadi. Otgan umringga, orqada qolgan uzun yollarga bir qarab olasan. Qanday yashaganing, sendan qolgan izlar, sen qilgan mehnat, chekkan mashaqqatlarning bahosi bormi, deya oz-ozingga savol berasan. Bu mehnatlaring bugungi baxtli kunlarda kichik bir zarradek bolsa ham korinyaptimi, degan oyga borasan. Shunda baxtdan chaqnab yugurib kelayotgan nevarang bagringga otiladi. Uning orzu-umidlardan tolib toshayotgan yurak urishlarini sezasan. Hali bolalar bogchasida bolsa ham inglizcha gapirayotgan yoki koreys, nemis tilida qoshiq aytayotgan chevarangizning yangi zamonga yangi chechakday ildiz otayotganidan konglingiz tolib-toshadi.

Bunday baxtli his-hayajonlar mana, 28 yildirki, har bir olgan nafasimiz, har bosgan qadamimiz, yangi orzu-maqsadlar, intilishlarimiz, el uchun, uning kelajagi uchun qilgan, qilayotgan har bir ishimiz shu ota makonning kengliklariga singib, daraxtlarga, gullarga qoshilib osayotganday.

Istiqlolimiz 28 yoshga tolmoqda. Prezidentimizning «Ozbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisida»gi qarori bilan tanishar ekanmiz, qalbimiz shukronalik, bunyodkorliklardan faxrlanish, farzandlarimiz baxtidan quvonch hislariga yogriladi.

Mamlakatimiz tarixida ochmas sahifa ochgan buyuk istiqlol tufayli Ozbekiston otgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib orin egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda, deyiladi qarorda. Haqiqatda ham shunday bolayotir.

Misol uchun, Nukus shahrining kochalaridan yursangiz, hayotimizning naqadar joshqin, naqadar korkam, salobatli bolib borayotgani, inson shani, qadri uluglanayotganiga guvoh bolasiz. Nafaqat markaziy kochalar, Nukusning tort tomoni, eski, yangi qala, deb ataluvchi mavzelari, Dostlik, Kattaogar kanallarining har ikkala sohili obod goshalarga aylanayotganidan bahri dilingiz ochiladi. Yangi aeroport, temiryol vokzali atrofida koplab sayyohlarni uchratasiz.

Ayniqsa, butun jahon nigohi Moynoqqa qaratilgani nafaqat qoraqalpogistonliklarni, butun Ozbekiston xalqini quvontirmoqda. Bundan 10-15 yillar oldin Qoraqalpogiston Orol dengizi inqirozi oqibatida shorlab, tuzli shamollar esib, ekologiyasi buzilgan bir umidsiz voha sifatida qaralgan bolsa, songgi 2 yilda bu fikrlar mutlaqo ozgardi.

Ikki yarim yil ichida davlatimiz rahbari respublikamizda besh marta bolib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. 2018 yilning 15-16 noyabr kunlaridagi safaridan song 11 trillion 534 milliard somlik 793 ta loyiha qabul qilinib, shuning natijasida 12 mingdan ortiq yangi ish orinlari yaratilmoqda.

Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-sessiyasida dunyo jamoatchiligi etiborini Orol muammosiga qaratgani, yaqindagina Bishkek shahrida bolib otgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari Kengashining navbatdagi yigilishida, Dushanbe shahrida bolib otgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boyicha kengashning beshinchi sammitida bu muammoni yana bir marotaba kotarib chiqqanligi xalqimizga bolgan etibor va alohida gamxorligining natijasidir.

Shuningdek, bu borada muhtaram Prezidentimizning Moynoq tumaniga tashrifi davomida berilgan korsatmalar asosida joriy yil 16 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining Moynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha chora-tadbirlar togrisidagi qarori qabul qilindi. Moynoq tumanida 2019-2021 yillarda 1 trln. 485 mlrd. somlik qurilish-tamirlash ishlari amalga oshirilishi belgilanib, bu boradagi kolamli ishlar boshlanib ketgan.

2019 yilning ozida 622 mlrd. somlik 8 ta maktabgacha talim, 7 ta maktab, 4 ta sport, 6 ta sogliqni saqlash, 8 ta madaniyat muassasalarida qurilish-tamirlash ishlari hamda 20 ta kop qavatli uy-joylar qurilishi boshlab yuborildi. Otgan qisqa vaqt ichida bir nechta obektlar foydalanishga topshirildi. Misol uchun, 800 orinli Amfiteatr va Davlat xizmatlari markazi yangidan qurildi hamda tuman stadioni va Madaniyat markazi rekonstruksiyasi toliq yakunlandi.

Shuningdek, 7-sonli umumtalim maktabi va 32-sonli qishloq vrachlik punktida rekonstruksiya ishlari hamda 33-sonli qishloq vrachlik punktida mukammal tamirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilish arafasida turibdi.

Bulardan tashqari, Moynoq tumanida sanoat, xizmat korsatish va qishloq xojaligi sohalarida umumiy qiymati 26 trln. 974,8 mlrd. somlik 75 ta loyihani amalga oshirish yuzasidan ishlar boshlanmoqda.

Bularning hammasi bizlar uchun cheksiz faxr-iftixor emasmi? Yangilangan, tobora yasharib, korkam bir diyorga aylanayotgan Qoraqalpogistonimizning orni Ozbekistonda yarqirab korinmoqda. Nafaqat Ozbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham, dunyoning boshqa davlatlarida ham bu maskanga bolgan qiziqish, etibor, hurmat ortayotganini korib quvonamiz.

Kegeyli tumanida Kegeyli qog'oz MChJ tomonidan 31,4 mlrd. somlik investitsiya hisobiga sellyuloza ishlab chiqarish, lakritsani chuqur qayta ishlab chiqaruvchi Lanko-miya korxonasi ishga tushdi.

Nukus shahridan Chimboy tomonga yolga chiqsangiz, qoraqalpoq kengliklarining oziga xos jozibasi, tabiati konglingizni yayratadi, keng va ravon yollar tezda sizni Xalqobod shaharchasiga yetkazadi. Yaqindagina pala-partish, ochiq-sochiq bozori, devorlari nurab ketgan ikki yoki uch dokon binolarigina korinib turadigan shaharcha keyingi ikki yilda boshqa qiyofaga kirdi.

Zamonaviy bozor, savdo shoxobchalari, mamuriy binolar, bolalar oyingohlari kozga tushadi. Ayniqsa, gullarga tola yolaklar, qator yam-yashil archalar shaharchaga ozicha xos kork berib turibdi. Sal ichkariroqda aholi tomorqalaridagi boglar, sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirilayotgan ixcham tomorqa yerlar ham aholining dasturxoni tokin-sochin bolishi uchun xizmat qilmoqda.

Bularning hammasida yurtimizda bolayotgan yangilanishlar, bu yutuqlarda xalqimizning bunyodkor mehnati mujassam ekanini oylab, konglingiz toladi. Togri, hali joylarda hayot tubdan ozgarib ketgani yoq. Ammo katta yangiliklar roy berayotganini kozimiz korib turibdi. Birgina Nukus Chimboy yollari, uning ikki tomonida barq urib turgan yangi hayot nafaqat sozlab turibdi, balki kuylab turibdi.

Malumki, Prezidentimizning Qoraqalpogistonga har bir tashrifi va bergan topshiriqlari shu xalqning asriy orzu-umidlari royobga chiqishi, aholi turmush farovonligi osishi, koproq eksportbop mahsulotlar yetishtirish, chet el investitsiyalari hisobiga sanoatni rivojlantirish singari muhim vazifalarga qaratib kelinmoqda.

Chimboyda shu kunlarda ZANG TEX masuliyati cheklangan jamiyati Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda 10 mln. dollar miqdoridagi investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Natijada Chimboyda ip yigiruv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushadi. Yangi ish orinlari yaratiladi.

Bugungi kunda Chimboy shahri markazi, qishloqlar qiyofasi davrimizga mos ravishda ozgarib, yasharib borayotganligini koramiz. Ayniqsa, joriy yilga moljallangan investitsiya dasturi doirasida oilaviy poliklinika, bandlikni taminlash markazi binosi, bolalar musiqa va sanat maktabi qurilishi jadallik bilan olib borilmoqda.

Chimboyda Obod qishloq dasturi doirasida Qamish ariq, Baxtli, Kokcha ovul fuqarolar yiginlari hududlarida 44 obektda obodonlashtirish, tamirlash, qayta qurish ishlari hamjamihatlik bilan olib borilmoqda. Bu ishlar uchun 28 milliard somdan kop mablag ajratilgan.

Xalqimiz Chimboyda har kuni bir yaxshi yangilik, deb, xursand boladi. Mana, yaqinda Yoshlar kuni munosabati bilan tuman yoshlariga ikki qavatli kitob dunyosi dokoni sovga qilindi. Shu kuni tuman markazida ikki joyda zamonaviy sport maydonchasi ham yoshlarga foydalanishga topshirildi.

Amudaryo tumani ozining dehqonchilik tajribasi bilan mashhur. Keyingi yillarda tuman mirishkorlari Ozbekiston Respublikasida birinchilardan bolib pilla, galla, paxta tayyorlash rejalarini ortigi bilan uddalab kelmoqdalar. Pillakorlar 182,9 tonna pilla yetishtirib shartnomaviy rejani 104,1 foizga bajardi. Fermer xojaliklari tomonidan davlat xirmoniga 9748,4 tonna don yetkazib berildi. Reja 145,6 foizga bajarildi. Faqat bular emas. Amudaryo tumanida togridan-togri xorijiy investitsiyalar ishtirokida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mustaqillik eng ulug bayram. Shukronalik, rozi bolib yashash, hayotdagi imkoniyatlardan samarali foydalanishga intilish baxtli davralarda qayta-qayta namoyon bolmoqda. Bu davralarning ishtirokchilari qalbidan qoshiqlar otilib chiqmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: