O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
30.07.2019

Dzyudo: Zagreb Gran-prisining songgi kunida bronza medali qolga kiritildi

O‘ZBEKISTONNING YoSh MATEMATIKLARI

Buyuk Britaniyaning Bat shahrida otkazilgan xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etdi

Ozbekiston terma jamoasi rahbari Toshkent shahridagi Inha universiteti oqituvchisi Rustam Turdiboyev bilan xalqaro matematika olimpiadasi, unda yurtdoshlarimiz ishtiroki borasida suhbatlashdik.

— Olimpiada qachondan buyon otkaziladi va uning shartlari haqida toxtalsangiz?

Xalqaro matematika olimpiadasi oquvchilar ortasida har yili otkaziladi. Dastlabki olimpiada 1959 yilda Ruminiyada boshlangan. 2017 yilda ishtirokchi davlatlar soni 111 taga yetdi.

Har bir mamlakatdan olti kishi, terma jamoa rahbarlari va nazoratchilardan iborat jamoa taklif etiladi. XMO shaxsiy chempionat hisoblanadi. Ishtirokchilar 20 yoshdan katta bolmasligi kerak.

Olimpiadadagi vazifalar maktab va litseylarda otiladigan matematika fanining turli yonalishlaridan, geometriya, sonlar nazariyasi, algebra va kombinatorikadan tanlanadi. Qatnashchilardan oliy matematika darajasidagi bilimlar talab etilmaydi.

Bu yilgi olimpiadaning otgan yilgilaridan farqi shundaki, 2019 yil xalqaro matematika olimpiadasi tashkil etilganiga 60 yil toldi.

Buyuk Britaniyaning Bat shahri universitetida olimpiadaning asosiy qismi bolib otdi. Jamoa rahbarlari Janubiy Veylsning «Celtic Manor» mehmonxonasiga ishtirokchilardan alohida joylashtirildi. 112 davlatdan 621 nafar ogil-qiz ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati tomonidan 52 oltin, 94 kumush 156 bronza medali goliblarga topshirildi.

Ozbekistonliklarning olimpiadada ishtiroki qachon boshlangan, qanday natijalarga erishilgan?

XMOda Ozbekiston 1997 yildan beri, orada bazi yillarni hisobga olmaganda, jami 18 marta qatnashgan. Buning natijasida 9 kumush, 27 bronza medal hamda 35 faxriy yorliqni qolga kiritgan.

Terma jamoa rahbarining vazifalari nimalardan iborat?

Jamoa rahbarlari ishtirokchilar kelishidan 3-4 kun avval olimpiada otadigan shahardan tashqarida ajratilgan mehmonxonaga joylashadi. Bu yil Veylsning Nyuport shahri yaqinidagi mehmonxona bizga biriktirildi. Jamoa rahbarlariga masalalar toplami, yani 30 dan ortiq misollar jamlanmasi – Short List tarqatiladi. Bizning vazifamiz mazkur misollar bilan tanishib, uning orasidan olimpiada uchun 6 misolni tanlash. Men uchun bu vazifa matematika dunyosiga sayohatday tuyuladi. Qiziqarli va juda masuliyatli bolgan yumushni biz alo darajada bajarishga harakat qildik.

Olimpiada talablariga kora, qatnashchilar 3 tadan misolni 4,5 soat ichida yechishlari kerak. Biz bu jarayon boshlanishidan avval oquvchilarning savollariga javob berdik. Qolgan vaqt tekshiruvchilar jamoasi har bir masalaning baholash mezoni xususida bahs olib borib, bir toxtamga keldik.

Ozbekiston sharafini himoya qilgan jamoa azolari bilan gazetxonlarimizni toliq tanishtirsangiz:

Bajonidil. Gazetxonlar ular nomlarini eslab qolishlarini istardim.

Jasurbek Imomov, 2000 yilda Buvaydada tugilgan. Buxoro davlat universiteti Qorakol akademik litseyi oquvchisi. U xalqaro matematika olimpiadasi bronza medalini qolga kiritdi.

Jahongir Torayev, 2002 yilda Kattaqorgon tumanida tugilgan. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi oquvchisi. Olimpiada faxriy yorligi bilan taqdirlandi.

Rasulbek Ozodov, 2000 yilda Qoshkopir tumanida tugilgan. Ozbekiston Milliy universiteti Sadi Sirojiddinov nomli akademik litseyi oquvchisi. Olimpiada faxriy yorligi bilan mukofotlandi.

Abbos Sayliyev, Qorakol tumanida tugilgan. Buxoro davlat universiteti Qorakol akademik litseyi oquvchisi. Olimpiada faxriy yorligiga munosib korildi.

Abdushukur Ahadov, 2001 yilda Sayxunobod tumanida tugilgan. Ozbekiston Milliy universiteti Sadi Sirojiddinov nomli akademik litseyi oquvchisi. U istedodli matematik sifatida etirof etildi.

Akbar Erkinov, 2000 yilda Samarqand shahrida tugilgan. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi oquvchisi. U umidli matematiklar qatoridan orin oldi.

Shu orinda bir mulohazani aytib otish orinli, deb hisoblayman. Jamoa azolarining har biri Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Ulardagi intilish, izlanish, shijoat barchani hayratlantirdi. 112 mamlakat ichida 63-orinni egallashning ham ozi bolmaydi, albatta. Men ular orasidan kelajakda buyuk matematiklar yetishib chiqishiga ishonaman.

Hakamlar hayatining ozbekistonlik yosh matematiklar haqidagi fikri qanday?

Koordinatsiya (tekshiruv) jarayonida amerikalik va angliyalik mutaxassislar Jasurbek va Abbosning yechgan masalalariga sozsiz eng yuqori baho berishdi. Ularning mahoratiga qoyil qolishdi. Xuddi shunday boshqa shartlar boyicha ham hech qanday etiroz bildirilmadi. Bu yilgi olimpiadada Ozbekiston terma jamoasi bir necha ijobiy natijalarga erishdi. Oquvchilarimiz kombinatorikaga oid masalani toliq yecha olishdi. Shuningdek, qiyinlik darajasi boyicha tortinchi eng murakkab misolni jamoa azolaridan Abdushukur va Jasur yechib, barchani hayratlantirdi. Eng ajablanarlisi, ikkalasining yechimi bir-biridan tubdan farq qiladi. Ayniqsa, Abdushukurning trigonometrik ayniyatlar orqali topgan yechimi hatto xalqaro darajadagi tekshiruvchilar uchun ham muammo tugdirdi. Birgalikda deyarli yarim soat deganda uning uslubini tushunib yetdik va yelkamizdan tog agdarilgandek boldi.

Xalqaro matematika olimpiadasi goliblari qanday imtiyozlarga ega boladi?

XMOda medal olgan oquvchilar Ozbekiston milliy universitetining mexanika-matematika fakultetiga imtiyozli ravishda oqishga qabul qilinadi. Shuningdek, chet eldagi nufuzli universitetlar ham bunday talaba yoshlarni oqishga qabul qilishga tayyor. Moskva fizika-texnika institutiga imtiyozli ravishda oqishga kirgan yurtdoshlarimiz talaygina. Olimpiadadan song Sloveniyaning Primosk universitetiga jamoamizni taklif qilishdi.

Olimpiada jarayonida oquvchilarimizda qanday kamchiliklar kozga tashlandi?

Jasurbekka kumush medalga ikki ball yetmay qoldi. Jamoadan yana 4 qatnashchi bronza medaliga juda yaqin bolib, ularga omad kulib boqmadi.

Umumjamoa hisobida hammasi bolib 81 ball toplandi. Bu korsatkich Ozbekiston jamoasining keyingi 9 yildagi eng yaxshi natijasidir.

Olimpiadada matematikaning tortta yirik sohasi algebra, geometriya, kombinatorika va sonlar nazariyasidan misollar tanlanadi. Ozbekiston maktablarida kombinatorika sohasida ozbek tilida masalalar toplami hamda zarur adabiyotlar mavjud emas. Buning natijasida oquvchilarimiz ayni shu yonalishda yuqori natijalar korsatmayapti. Aksariyat jamoa azolari olimpiadaga tayyorlanishda ingliz yoki rus tilidagi kitoblardan foydalanishadi. Shu bois algebra, geometriya va sonlar nazariyasidan beriladigan misollarni oson tushunishadi. Kombinatorikadagi misollarni yechish uchun chet tilini chuqurroq bilish zarur. Afsuski, terma jamoa azolarining aksariyati rus yoki ingliz tillarini mukammal bilmaydi. Bu ularga pand beradi.

Shuningdek, jamoaning deyarli barcha azosi olimpiadada birinchi bor qatnashganligi uchun hayajonlanib, kichik xatolarga yol qoyishdi. Buning oqibatida imkoniyatlarimizni boy berdik. Ikkinchi yil qatnashgani uchun Jasurbek hammadan kora yaxshi natija korsatdi.

Biz jamoa azolari bilan xatolarimizni tahlil etib, kelgusi rejalarni tuzib oldik. Keyingi yil bunday kamchiliklarga yol qoymaymiz, albatta.

Yosh matematiklarimizning kamtarona yutugini Ozbekiston mustaqilligining 28 yilligiga bagishlaymiz.

Barchinoy HAMIDULLAYeVA

suhbatlashdi.


Hikmatlar bostoni

Emishki, olov sanami Prometey loydan odam yasayotganda suv orniga kozyoshlardan foydalangan. Shu bois insonga kuch bilan tasir otkazishga urinish befoyda ekan. Insonni boysundirish uchun imkoni boricha uni yaxshi sozlar bilan tinchlantirib, konglini yumshatmoq va ishontirmoq darkor. Ana shunda har qanday kishida rahm-shafqat va mehribonlik tuygulari uygonishi shubhasizdir.

***

Bir hukmdor Ezopdan soradi:

“Ne sababdan donishmandlar boylarning huzuriga keladilar-u, boylar donishmandlarning huzuriga borishmaydi? Ezop shunday javob berdi: Buning boisi shundaki, donishmandlar ozlariga nima kerakligini yaxshi biladilar. Davlatmandlar esa bilishmaydi. Agar bilishganda mol-dunyo gamida yashamasdan, donishmandlik payida bolardilar”.

Ezop (taxminan miloddan avvalgi 640 560 yillar)

***

Nafratga yaxshilik bilan javob qaytarmoq kerak.

***

Ganimni togri baholay bilmaslikdan kora ogirroq kulfat yoq.

***

Odamlar ortingdan ergashishini istasang, ularning ortidan yur.

Lao Szi (Miloddan avvalgi 579 - 499 yillar)

***

Hukumat rahbarida quyidagi 12 ta tugma sifatlar jam bolmogi joiz: xushbichimlik, fahm-farosatlilik, otkir xotira, idroklilik, sozga chechanlik, ilmga chanqoqlik, har bir ishda meyorni saqlay bilish, halollikka muhabbat va yolgonga nafrat, olijanoblik, boylikka nafrat, adolatparvarlik, qatiylik.

Farobiy (Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn Ozlug al Farobiy at - Turkiy)

(870-950)

***

Donishmandlik ibtidosi: fikrlashni organish, vaysaqilikka barham berish.

***

Otgan kun haqidagi: Men uni qanday otkazdim, nimalar qildim-u, nimalarga ulgurolmadim? degan savollarga javob topilmaguncha kozlaring uyquga ketmasin.

***

Odamlar! Eng avvalo ezgu axloqqa ega bolishga harakat qiling, zero axloq qonunning asosidir.

***

Bilimlilik va donishmandlikni ayni bir narsa deb hisoblamang.

***

Jonzotlarni oldirishdan saqlaning, chunki odam oldirish jonivorlarni oldirishdan boshlangan.

Pifagor (Miloddan avvalgi 576 469 yillar)

***

Yagona va eng mudhish xato avvalgi xatolarni tuzatmaslikdir.

***

Konfutsiy Szi-Chun ismli shogirdining Davlatni qanday boshqarmoq darkor? degan savoliga qisqagina javob bergandi: Davlatni togri boshqarmoq uchun hukmdor hukmdorligicha, amaldor amaldorligicha, ota otaligicha, ogil ogilligicha qolmogi lozimdir.

Konfutsiy (Miloddan avvalgi 551-479 yillar)


Dzyudo: Zagreb Gran-prisining songgi kunida bronza medali qolga kiritildi

Xabaringiz bor, 26-28 iyul kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo boyicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli xalqaro turnir otkazildi.

Musobaqaning songgi kunida ogir vazn toifasidagi polvonlar goliblik uchun kurash olib borishdi. Biz uchun quvonarlisi, 100 kilodan yuqori vazn toifasidagi polvonimiz Alisher Yusupov Zagreb gran-prisida bronza medaliga sazovor boldi.

Terma jamoamiz azosi musobaqa davomida dastlab Osiyo oyinlari golibi, janubiy koreyalik Sungmin Kim, keyin esa Sloveniya hamda Polsha terma jamoasi vakillaridan ustun kelgandi. Biroq, Alisher chorak finalda gollandiyalik Roy Mayerga imkoniyatni boy berdi. Oz navbatida golland sportchisining golibona yurishi Yusupovga bronza medali uchun kurashish imkoniyatini berdi. Natijada hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan otish turnirida rossiyalik Alen Sxovrebovni dogda qoldirdi.

Shunday qilib Alisher Yusupov oz faoliyati davomida birinchi marotaba Gran-pri turkumiga kiruvchi musobaqalar sovrindoriga aylandi. Bu natija unga jahon hamda Tokio-2020 olimpiadasi uchun qimmatli 350 reyting ochkosini taqdim etdi.

Shu tariqa Ozbekiston terma jamoasi Zagreb Gran-prisini bittadan oltin va bronza medallari bilan yakunladi. Eslatib otamiz, bungacha 60 kilogacha vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan Sharofiddin Lutfullayev oltin medalga sazovor bolgandi. Bu esa musobaqada ishtirok etgan 86 davlat orasida beshinchi natijadir.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: