O'zb  
 
23.07.2019

SAYLOV QONUNCHILIGIGA BOGLIQ YANGILIKLAR VA ULARGA MUNOSABATLAR

O‘zXDP Markaziy Kengashida otkazilgan videomuloqotda yaqinda qabul qilingan Saylov kodeksi boyicha mulohaza yuritilgan edi.

Ushbu masalada partiyamiz faollari qanday fikrda? Saylovga tayyorgarlik korish, deputatlikka nomzod korsatishda qanaqa takliflar bor?

Oral ORAZBOYEV, Ozbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi raisi:

– Aytish kerakki, yaqinda qabul qilingan Saylov kodeksi bilan milliy saylov qonunchiligimiz umume’tirof etilgan xalqaro tamoyil va meyorlarga mos holda yanada rivojlantirildi. Saylov kodeksining qabul qilinishi yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasi bolishi qatorida, milliy saylov qonunchiligimizni, saylovlarni otkazish boyicha qariyb 30 yillik tajribamizni yanada mustahkamlash va takomillashtirish sari qoyilgan katta qadam boldi.

Kodeksda nazarda tutilgan muhim yangilik saylovchilarning elektron royxati bilan bogliqdir. Endilikda saylovchilarning yagona elektron royxati shakllantiriladi va saylovchilar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida ozi uchun kerakli malumotlarni olish imkoniyatiga ega boladi. Malum bolishicha, Markaziy saylov komissiyasi mutaxassislari saylovchilarning yagona elektron royxatini yaratish ustida anchadan beri ish olib bormoqdalar. Xususan, uyma-uy yurib, saylovchilar royxatga olingan va har bir saylovchi turar joy kadastr raqamiga biriktirilgan.

Bundan maqsad «bir saylovchi bir ovoz» tamoyilini toliq va bexato amalga oshirishdan iboratdir. Masalan, biror saylovchi yashash joyi ozgarsa, doimiy royxatdan vaqtinchalik royxatga otsa, bu saylovchilarning yagona elektron royxatida oz aksini topadi. Bu saylovchining faqat bir joyda bir marta ovoz berishini taminlaydi.

Shu bilan birga, ushbu elektron tizim orqali saylovchilarga qator qulayliklar yaratiladi. Masalan, saylovchi Markaziy saylov komissiyasi saytiga kirib pasport raqamini kiritish orqali ozining qaysi saylov uchastkasiga mansub ekanligini va saylov uchastkasi joylashgan manzilni aniqlashi mumkin boladi.

Bu yil boladigan saylovlar munosabati bilan partiyaning Jizzax viloyat kengashi ham saylovoldi kampaniyasiga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatligiga tashabbuskor nomzodlar saralanmoqda. Lekin hali nomzodlarning bilim va konikmasini shakllantirish borasida kop ishlashimiz lozim. Munosib nomzodlarni tanlash va saralash bugungi kunda oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Biz, albatta, nomzodlarni tanlashda uning shaxsiy fazilatlari bilan bir qatorda, aholi orasidagi obroyi qanday ekanini ham hisobga olishimiz muhim, deb oylayman. Otgan davr mobaynida oz saylovchilari manfaatlarini himoya qila olgan, hudud rivojiga hissa qosha olgan, partiyamizning saylovoldi dasturini bajarishda hamda elektoratimiz manfaatlarini himoya etishda faol bolgan deputatlarimizning nomzodlarini yana korsatish maqsadga muvofiq, menimcha.

Oldimizdagi yana bir dolzarb vazifalardan biri shuki, saylovda ham birinchi marta ishtirok etadigan yoshlar oraligida targibot ishlarini yanada kuchaytirish, ularga yangi qabul qilingan Saylov kodeksining mazmun-mohiyatini tushuntirishda faol ishlashimiz kerak.

Siyosiy jarayonga tayyorgarlik haqida gap borar ekan, avvalgi saylovlar natijalarini tahlil qilishimiz, yol qoygan xato va kamchiliklarimizni qaytarmasligimiz juda muhimdir. Shu nuqtai nazardan partiyamizning Jizzax viloyat kengashi bir qator takliflarni ilgari surmoqda.

Avvalo, saylov jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taminlash uchun saylov qonunchiligidagi ozgarishlar hamda ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati togrisida aholini keng xabardor etish oldimizda turgan muhim vazifadir. Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga korsatilgan nomzodlarni oqitish, saylov okruglari va saylov uchastkalariga biriktirilgan partiya kuzatuvchilarining bilimini yanada oshirish uchun Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa oliy oquv yurtlarining malakali oqituvchilari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida rejali oquvlar otkazish kerak. Saylovoldi kampaniyasi davrida partiya tomonidan korsatilayotgan nomzodlarni qollab-quvvatlash maqsadida turli reklama va targibot vositalarini markazlashgan holda chiqarish va yetkazish, bu masalada hududiy kengashlarga amaliy komak berish zarur, deb oylaymiz.

Rahimbergan YUSUPOV, OzXDP Xorazm viloyat kengashi raisi:

Saylov kodeksi joylarda qizgin muhokama etilayotgani quvonarli. Bu hujjat mamlakatimizdagi muhim siyosiy islohotlardan biridir.

Kodeksda siyosiy partiyalar tomonidan imzo yigish jarayonida saylovchilarning bir yoki bir nechta nomzodlarni yoxud partiyalarni qollab-quvvatlab imzo qoyishi mumkinligi belgilandi. Bu nima degani? Shunday xonadonlar borki, ularda kasbi, siyosiy dunyoqarashi nuqtai nazaridan oila azolari turli partiyaga azo boladi. Bu jahon tajribasidan malum odatiy holat. Har xil partiyada korsatilgan nomzodlarni nega qollab-quvvatlash mumkin bolmasin? Avval saylov qonunchiligida bu masala yoq edi. Ochigini aytish kerak, bu tushunarsiz bir holat edi. Aytaylik, boshqa partiya azosi bolgan farzand otasi yoki onasi azo bolgan partiyani yoki ularning nomzodini qollay olmasdi. Bu bilan goyo ularga qarshi bolar edi. Endi bu holat bartaraf etildi.

Saylov kodeksiga xalqaro tashkilotlar va turli demokratik institutlarning tavsiyalari ham kiritilgan. Bularga misol qilib, ijtimoiy xavfi katta bolmagan va uncha ogir bolmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning saylovda ishtirok etishini cheklovchi meyorlarning olib tashlanganini aytish mumkin. Yana xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillari soni 3 nafardan 5 nafargacha kopaytirilganini alohida etirof etish kerak.

Saylov kodeksini yil oxirida bolib otadigan saylovlar jarayonida bevosita oz tajribamizdan otkazamiz. Buning uchun bugun partiyamiz tashkilotlari, faollarimiz joylarda, aholi orasida uni keng targib qilishlari kerak. Axir har qanday hujjat odamlar ongiga yetib borgandagina hayotiy boladi va oz samarasini beradi.

Robiya KAZIMOVA, OzXDP Buxoro shahar kengashi raisi:

Partiyadagi kop yillik mehnat faoliyatim davomida respublikamizda otkazilgan barcha darajadagi saylovlarda ishtirok etganman.

Otgan saylovlarni kuzatib borish va tahlillardan xulosa chiqarib shuni ayta olamanki, Saylov kodeksining qabul qilinishi saylovning shaffof va samarali otishiga xizmat qiladi.

Saylov kodeksi qabul qilindi, hujjatlar bir maromga keltirildi, saylovni otkazish tartiblari aniq belgilandi. Xosh, endi biz, siyosiy partiya xodimlarining oldida qanday muhim masalalar ustuvor bolib turibdi?

Ilgari saylovlarda ishtirok etish masalasida siyosiy partiyalarning moddiy-texnik bazasi achinarli ahvolda edi. Bugun viloyat kengashlari saylovga har tomonlama puxta tayyorgarlik korish uchun sharoit yaxshilandi. Shahar va tuman partiya tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boyicha ham ishlar olib borilyapti.

Biz kelayotgan saylovda boshlangich partiya tashkilotlarini yanada kuchaytirishimiz, faoliyatini jonlantirishimiz, eng muhimi, ularni ragbatlantirib borishimiz zarur.

Har bir saylov okrugidan nomzod korsatamiz. Nomzodlarning saylanishlari birinchi navbatda ularning dasturlari saylovchilar orasida qay darajada targibot qilinishiga bogliq. Qonunchilikda belgilangan tartibda ish yuritsak, viloyat boyicha 1463 nafar ishonchli vakillarga, faol partiya azolarimizga ehtiyoj seziladi.

Otgan davrdagi tadbirlar mazmuniga etibor qaratadigan bolsak, partiya elektorati bolgan kam taminlangan, nogironlar va pensionerlarga moddiy komak berish masalasi bilan cheklanib qolyapmiz. Togri, bu jihat ham muhim. Biroq partiyamiz elektoratini qiynayotgan muammolar oz emas. Bizga mamlakatdagi holatni chuqur va izchil tahlil qilib, iqtisodiyotni kotarish boyicha takliflar bera oladigan nomzodlar kerak. Odamlar bunday nomzodlarni sezadi va albatta, qollab-quvvatlaydi.

Bu yil yana bir jihatga alohida etibor qaratishimiz lozim, deb oylayman. Yani, partiya elektorati, deb biladiganimiz — kar va soqovlar, kozi ojizlar, nogironligi bolgan yurtdoshlarimizning ham saylovda faol ishtirok etishiga komaklashimiz zarur.

Birinchi galda ular saylov uchastkalarida nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan tanishishi uchun yetarli sharoitni taminlashimiz lozim. Surdo tarjimalar, brayl yozuvidagi saylov bilan bogliq hujjatlarni ishlab chiqishga ham alohida etibor qaratilishi muhim, deb oylayman.

OzXDP Markaziy Kengashi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: