O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
16.07.2019

MATEMATIKA: BUGUN KELAJAKNI OYLAB

Abdulla A’ZAMOV, akademik:

— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 9 iyul kuni Matematika talimi va fanlarini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, Fanlar akademiyasining V.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish togrisidagi tarixiy qarorni imzoladi.

Ushbu muhim hujjat mamlakatimizda ilm-fanning barcha jabhalari kabi matematika fanini ham, va uning tatbiqi samara beradigan boshqa sohalarni ham yanada rivojlantirish uchun fundamental ahamiyatga molik. Oldingi paytlar bunday sohalarga astronomiya va mexanika, fizika va texnika, kartografiya va meteorologiya kirgan bolsa, hozirgi vaqtda matematika boyicha bilimlar axborot kommunikatsiya texnologiyalari, suniy intellekt, yirik hajmdagi malumotlar bilan ishlash, ekonometriyada zarur bolib, ular borgan sari kimyo, biologiya, tibbiyot, sotsiologiya va boshqa sohalarda ham tatbiq etilmoqda. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangani va ishlab chiqarishni kompyuterlashtirish darajasi oshib borgani sayin hayotning barcha sohalarida matematika bilimlariga bolgan talab va ehtiyoj kuchayaveradi. Shuning uchun biz tola asos bilan aytamizki, ushbu qarorning ahamiyati matematika fani doirasi bilangina cheklanmaydi.

2018 yil 19 iyul kuni Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida Prezidentimiz tomonidan otkazilgan yigilishda mamlakat rivojlanishida matematika fanining ahamiyati togrisida fikr yuritilgan, fanning bu sohasi ancha yillar davomida etiborsiz qolgani afsus bilan qayd etilgan edi.

Keng jamoatchilikka malumki, otgan asrning saksoninchi yillaridan ijtimoiy sohani, ayniqsa ilm-fanni moliyalashtirish «Qoldiq tamoyili» asosida amalga oshirila boshlagan. Soddaroq qilib aytganda, byudjet dasturxonida ilm-fanga faqat ushoqlar tegardi. Ushbu ahvol bozor iqtisodiyotiga otish jarayonida yanada ogirlashdi. Zero, Fanlar akademiyasini ushlab turish oson emas. Fundamental fanga investitsiya tezda samara beravermaydi. Iqtisodiy natija on yillardan keyin olinishi mumkin. Ustiga-ustak har bir ilmiy ishlanma ham foyda keltiravermaydi. Shu kabi sabablar bilan ilmiy tadqiqot ishlariga yonaltirilayotgan mablaglar yildan-yilga qisqarib bordi.

Bunday yondashuv natijasida mamlakat ilm-fan tizimiga katta ziyon yetkazildi. Xususan, aql oqimi deb ataladigan jarayon yuzaga keldi istedodli olimlar rivojlangan mamlakatlarga chiqib keta boshladi.

Shunday murakkab sharoitga qaramasdan Matematika instituti rahbariyati barcha imkoniyatlarni ishga solib yosh matematiklarni ilmiy ishga jalb etishga harakat qildi. Ularning ilm pillapoyalaridan yuqorilashi uchun imkoniyat tugdirildi, xorijiy ilmiy markazlarga safarbar qilish yollari izlandi. Zotan, ustoz alloma akademik Toshmuhammad Sarimsoqovning shunday hikmatli gapi bor: Yoshi uluglardangina tashkil topgan ilmiy jamoa bu fojia, faqat yoshlardan tashkil topgan ilmiy muassasa esa komediya. Bu sozlari bilan atoqli olim ilmiy maktablarda avlodlar almashib turishini, ilm-fan sahnasini tashlab chiqayotgan olimlar ishini munosib davom ettiradigan yosh istedodlarni tarbiyalash naqadar muhimligini qayd etgan.

Qarorda korsatib otilganidek, Matematika instituti ilmiy xodimlarining ortacha yoshi 47 ga teng. Ilmiy muassasaning istiqboli uchun muhim bu korsatkich yanada yaxshilanib boradi, deyish uchun barcha asos mavjud oxirgi yillarda ilmiy xodimlar maoshi bir necha barobar oshdi, ilmiy darajalar uchun ustama sezilarli miqdorda kattalashdi, 2018 yilda qator ilmiy muassasalar qatorida Matematika institutining bazaviy xarajatlari byudjetdan moliyalashtirishga otkazildi. Qiyoslash uchun eslash joiz 2002-2017 yillar davomida hattoki kommunal xizmatlar ham ilmiy tadqiqotlar uchun ajratilgan grant mablaglari hisobidan qoplanar edi, kapital tamirlash, jihozlash uchun umuman mablag berilmagan. Bunday yondashuv qanday oqibatlarga olib kelishi yaxshi malum. Bu orinda alohida takidlash joizki institut dunyo matematiklari ortasida oz obrosiga ega, har yili onlab xorijlik mutaxassislar seminarlarda fikr almashish, ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik qilish maqsadida tashrif buyuradiki, ochigini aytganda, institutdagi sharoit uchun biz mehmonlar oldida ozimizni ancha-muncha noqulay sezar edik. Prezidentimizning qarori tufayli Matematika institutining sharoiti keskin yaxshilanadi, xuddi shu yonalishdagi eng yaxshi xorijiy muassasalar sharoitiga tenglashadi.

Ushbu hujjatga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan institutni moliyalashtirish toliq byudjet mablaglari hisobidan amalga oshirilishi ham quvonchlidir. Bu tadbir ilmiy fundamental tabiatli yonalishlardagi, ayniqsa matematika boyicha tadqiqotlar haqiqatdan ham chuqur muammolarni hal etishga qaratilishini kozda tutadi. Chunki natijada hisobotlar va reytinglar talabi bilan miqdoriy korsatkichlar ketidan quvmay, etibor va salohiyatni natijalarning sifatiga qaratishga imkon yaratiladi. Sirtdan qaraganda, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish tanlov asosida yutiladigan grantlar orqali moliyalashtirilish tamoyiliga ziddek tuyuladi. Gap shundaki, grantlar muayyan mavzuga berilib, aniq bajarish muddati belgilab qoyiladi. Bu muddat odatda 2 yildan 5 yilgacha bolib, tematik rejaga muvofiq chorakma-chorak hisobot talab etiladi. Jahon amaliyoti shuni korsatadiki, bunday tizim ozini faqat amaliy mavzulardagi tadqiqotlarga nisbatan oqlaydi. Misol tariqasida aytsak, paxtaning muayyan talablarga javob beradigan yangi navini yaratish yoki qishloq xojaligi texnikasining yangi konstruksiyasini ishlab chiqish ana shunday tartibda olib borilishi maqsadga muvofiq. Oz paytida Yer suniy yoldoshini bir orbitadan boshqasiga otkazishning optimal variantini topish, uchish apparatlarini avtomatik qondirish masalalari matematikadagi amaliy tadqiqot namunasi bolgan. Bunday tabiatli ishlar grantlar asosida moliyalashtirilishi kerakligi ravshan. Fundamental fanlarga kelsak, ular sirasiga birinchi navbatda matematika kiradi, albatta, chuqur ilmiy natijalarga erishishni oldindan rejalashtirib bolmaydi. Aksincha, oldindan, falon muddatda olinadi deb rejalashtiriladigan natija sira ham fundamental bolmaydi. On yillar davomida ochiq qolayotgan muammolarni hal etish olimdan uzoq muddat, bor diqqatni, aqlni jamlab qattiq izlanishni talab etadi. Shuning uchun qatiy rejalashtirish va qisqa muddatli hisobotlar nafaqat ilmiy izlanishlarga yordam beradi, balki ularga tosiq boladi.

Shu nuqtai nazardan qarorda ozbek matematiklari oz tadqiqotlari darajasini yanada yuksaltirishi, ulug ajdodlarimiz algebra va algoritim tushunchalarining asoschisi al-Xorazmiy, ilmiy geodeziya faniga tamal toshini qoygan Beruniylarga munosib tarzda eng yuksak natija va yutuqlarni kozlab ishlashlari uchun munosib sharoit yaratish kozda tutilgan.

Shu bilan birga unda mamlakat iqtisodiyoti va boshqarish tizimini innovatsion yangilashda matematika fanining muhim orni ham korsatib otilgan. Yaxshi malumki, matematika asrlar davomida dunyoni bilishning samarali vositasi sifatida xizmat qilib kelgan. Bugungi kunga kelib matematik modellashtirish ilm-fan taraqqiyotinig muhim omillaridan biriga aylandi. Bunga yorqin misol amerikalik olimlar A.Xojkin va E.Xaksli tomonidan yaratilgan, neyron toqimalari boylab nerv impulslarining tarqalishini tavsiflovchi matematik model bolib, u bir necha nerv kasalliklarining sababini ochishga imkon berdi. Bu oz navbatida ana shu kasalliklarni samarali davolash usullari ishlab chiqilishiga asos boldi. Kompyuter davri boshlanishi bilan bunday misollar soni geometrik progress tezligida oshib bormoqda. Ular sirasiga Matematika instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilayotgan talay modellar, jumladan, kimyoviy reaksiyalar modellari kiradi. Yana bir misol uchun issiqlik elektr stansiyalariga biriktiriladigan aylanib turuvchi regenerativ havo qizdiruvchi agregatda issiqlik taqsimotining matematik modelini korsatish mumkin. Bu model amaliyotga joriy etilgan taqdirda sezilarli darajada mablag tejash imkoniyatini beradi.

Matematikaning tatbiqiy imkoniyatlarini hisobga olib, hujjatda Institut ilmiy laboratoriyalaridan bir qismini amaliy tadqiqotlarga yonaltirish vazifasi topshirilgan.

Malumki, fundamental fanlar natijasini amaliyotga qollash bir tomondan olimlar, ikkinchi tomondan iqtisodiyotning real sektorlari va boshqaruv sohasi mutaxassislari yaqin hamkorligini talab etadi. Ifodali qilib aytganda, bu borada ikki tomonlama harakatni taminlaydigan ishonchli koprik zarur. Zotan, tadqiqotlar natijalarining bolgusi istemolchilari ishtirokisiz amalga oshirilgan ishlar sof ilm-fan nuqtai nazaridan naqadar qiziqarli bolmasin, joriy etishga kelganda umuman manosiz bolib qolishi mumkin. Yana shunday ham boladiki, olimlar amaliyot bilan bogliq masalani yechishadi, ammo u nazariy natijaligicha qolib ketadi. Chunki uni amaliyotga tatbiq etishni kimdir, aytaylik, biror korxona rahbari oz zimmasiga olishi kerak. Bu muayyan darajada iqtisodiy tavakkalchilikni taqozo etishi odatiy hol. Jahon tajribasi korsatadiki, qayerda ilm-fan va ishlab chiqarish qolma-qol ish yuritsa, bunday muhitni yaratish masalasi ijobiy hal etilgan bolsa, osha yerda innovatsion rivojlanish ham, iqtisodiy taraqqiyot ham yuqori osish suratiga erishadi. Ochigini aytish kerak, biz ozimizda kopincha buning teskarisiga shohid bolamiz mamlakatimizning ilmiy-texnik salohiyatini pisand qilmaslik kuzatiladi. Kop mutasaddilarda hamon xorijnikini sotib olgan yaxshi degan fikr ustuvor. Bunday qarashni sindirish vaqti yetdi. Xoh mahsulot bolsin, xoh xizmatlar ishlab chiqarish sohalarini ilm-fan bilan bir-biriga yaqinlashtirishga intilish kerak. Shunisi quvonchliki, Prezident qarorida olimlarimizning ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etish muammolariga alohida urgu berilgan. Xususan, matematikada olinayotgan natijalarni boshqa fanlar va turli sohalarda foydalanish imkoniyatlarini organib, tegishli xulosalar chiqarish va chora-tadbirlar korishga qaratilgan, manfaatli tomonlar ishtirokida uchrashuvlar, samarali maslahatlashuvlar tashkil etish topshirigi berilgan.

Paytdan foydalanib shuni qayd etish lozimki, matematik metodlar, ayniqsa, boshqaruvda katta samara berishi kuzatiladi. Boshqarish obekti qanchalik katta bolsa, boshqaruvning ilmiy uslublaridan foydalanish shu qadar katta samara beradi. Afsuski, koplab korxona va muassasalar rahbarlari zamonaviy boshqarish usullarini yoqtiravermaydi, oz davrini otab bolgan eski mamuriy-buyruqbozlik uslublaridan voz kecha olmaydi. Holbuki, jahonda tortinchi sanoat inqilobi davri avj pallaga kirgan. Boshqaruv obekti qanchalik sertarmoq, murakkab tuzilmali bolsa, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun shunchalik kop vaqt va resurs sarf bolishi aniq. Bunday sharoitda qaror qabul qilish nazariyasi, tarmoqlab rejalashtirish hamda kompyuterli modellashtirish deb ataladigan amaliy matematika sohalaridan foydalanish boshqarish jarayonlarini jiddiy optimallashtirish imkonini beradi.


Qarorda umumtalim maktablaridan to oliy oquv yurtlarigacha bolgan tizimda iqtidorli yoshlar bilan ishlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash muammolariga, ayniqsa, matematik olimpiadalarni tashkil etishga maxsus etibor qaratilgan. Shu orinda eslash lozimki, mamlakatimizda matematik olimpiadalar harakatini akademik Sadi Sirojiddinov boshlab bergan va umrining oxirigacha matematika olimpiadalari respublika tashkiliy qomitasining raisi bolgan. Hakamlar hayati olimpiada harakatining fidoyilari bolgan professional matematiklar asosan Matematika institutining ilmiy xodimlari va OzMU matematika fakultetining professor-oqituvchilaridan tuzilar edi. U paytlarda olimpiadaning yakuniy bosqichi yurtimizning turli shaharlarida otkazilgan. Har bir hudud jamoasi olti oquvchidan iborat bolib, yuqori uch sinf oquchilaridan tarkib topishi qatiy belgilangan. Shu bilan birga olimpiada otkaziladigan hududiy birlikka u xoh Toshkent shahri bolsin, xoh Jizzax viloyati asosiysidan tashqari yana bir jamoa bilan ishtirok etish huquqi berilgan. Har bir oquvchiga uning matematika oqituvchisi hamrohlik qilar, natijada olimpiada matematika bayramiga aylanib ketar, matematik olimlar bilan iqtidorli yoshlar, eng faol oqituvchilar va xalq talim boshqarmalari metodistlari togridan-togri muloqot qiladigan maydonga aylanardi. Bularning hammasi mamlakatda olimpiada harakatining mustahkamlanishi va kengayishiga omil bolib xizmat qilgan, oquvchi yoshlarda matematikaga qiziqishni kuchaytirish, bu qiyin fanga muhabbat tuygusini uygotish va mustahkamlashga xizmat qilgan. Shuni alohida qayd etish kerakki, ozbek matematiklarining bugungi kundagi yutuqlari asosan osha davrda qoyilgan poydevor ustida turibdi.

Afsuski, otgan asrning 90-yillarida professional matematiklar fikrlari hisobga olinmay, olimpiada tizimiga mutlaqo maqsadga nomuvofiq ozgartirishlar kiritildi. Buning natijasi yaxshi bolmadi hozirgacha mamlakatimiz terma jamoasi kumush va bronza medalarini qolga kirita oldi, xolos. Ayniqsa, 2018 yilgi xalqaro matematika olimpiadasida terma jamoaning natijasi nihoyatda qoniqarsiz boldi, ustiga ustak terma jamoaning oltita azosidan uchtasi musobaqadan chetlatildi.

Qarorda matematika olimpiadalarini Sirojiddinov ruhida tiklash va chuqurlashtirish boyicha qator choralar kozda tutilgan. Shuningdek, matematika oquv fanlari boyicha darsliklar va qollanmalar Matematika institutida ekspertizadan otkazilishi belgilab qoyilgan. Umid qilamizki, Xalq talimi va Oliy talim vazirliklari Qaror ruhidan kelib chiqib matematika mutaxassisliklari va malaka oshirish kurslarining oquv rejalari hamda dasturlarini tuzish yoki qayta korib chiqishda mamlakatmizning yetakchi matematiklari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Mamlakatimizning matematiklar jamoatchiligi Prezidentimiz qarorini kotarinki ruhda qabul qildi. Bu hujjatning qabul qilinishi munosabati bilan matematikaning yana bir ijtimoiy vazifasini alohida takidlash orinlidir. U ham bolsa, matematikaning aholi intellektual saviyasiga faol tasir korsatish xususiyatidir. Har qanday millatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotdagi yutuqlari, aslini surishtirganda, talim shakllantiradigan intellektual salohiyatga asoslanadi. Bunda matematik talim hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunda soz matematik bilimlar yigindisini beruvchi fan ustida ketmayapti. Etirof etish lozimki, aksincha matematik bilimlar hayotda fizik va biologik hodisalar haqidagi bilimlarga nisbatan kamroq talab etiladi. Soz inson tafakkurini qurollantiruvchi fan bolmish matematika haqida. Bu bir qator xususiyatlar bilan belgilanadi. Birinchidan, matematika oquvchi va talabalarda mantiqiy fikr yuritishni rivojlantiradi, hatto bu xususiyatga ega yagona oquv fani deyilsa, xato bolmaydi. Matematikada har bir tasdiq qatiy isbot talab qiladi. Mantiq esa maktabdan song oliy oquv yurtini bitirgan har qanday mutaxassisga zarur. Ikkinchidan, matematika aniq fikrlashni shakllantiradi, oz fikrlarini aniq va qisqa ifoda etishga orgatadi. Busiz muhokama va bahslar kopincha natijasiz yakunlanishiga doim guvoh bolamiz. Uchinchidan, matematika oquvchilarni algoritmik tafakkur bilan qurollantiradi. Bunday tafakkur unsurlari qadimiy matematik yodgorliklardayoq uchraydi (masalan, ikkita sonni ozaro kopaytirish qoidasi odamning miyasida algoritm tarzida saqlanadi). Biroq Muhammad al-Xorazmiy tufayli bunday fikrlash oziga xos tafakkur uslubi sifatida shakllangan. U hozirgi zamonda kompyuterlar va kompyuterlashgan texnika bilan ishlashda nihoyatda zarur. Shu bilan birga alohida qayd etish lozimki, faqatgina sifatli matematik talim asosidagina axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish mumkin. Ayniqsa, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va eksport qilish dasturlashtirish mutaxassislaridan puxta matematik ilmni talab etadi. Va aksincha, matematikani yaxshi ozlashtirgan kishigina dasturlash mutaxassisi bola oladi. Tortinchidan, matematika evristik tafakkurga orgatadi. Bu masala yechish, nostandart masalalarni yechish goyalarini izlash, qiyin muammolar chakalakzoridan yolini topish degani. Kop qadamda yechiladigan masalalar bilan mashq qilish, teoremalarning onlab mulohazalar orqali isbotlash jarayonida oquvchilarda tahliliy (analitik) tafakkur ham rivojlanadi.

Oquvchida tabiiy etiroz tugilishi mumkin: matematikaning hayotdagi orni oshirib yuborilmayaptimi? Bunga javoban shunday bir qonuniyatni tahlil etish tavsiya etiladi. Bu qonuniyat zamon kolamida ham, makon kesimida ham oz kuchini korsatib keladi. Unga muvofiq qachon va qayerda u yoki bu tamaddun yuksak rivojlanishga erishgan bolsa, shu davr va hududda matematika fani va talimi ham yuksak darajada rivojlangan. Shuning uchun Prezidentimizning ushbu qarori kelajakka qaratilgandir. Unda Ozbekistonni har tomonlama rivojlangan davlatga aylantirish maqsadiga erishishning muhim omillaridan biri mujassam xalqimizning intellektual salohiyati va bunyodkorlik qudratini namoyon etishga, shu maqsadda zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Bu tarixiy hujjatda qayd etilgan topshiriqlarni amalga oshirish institut jamoasi, mamlakat matematiklari jamoatchiligi zimmasidagi masuliyatli va sharafli vazifadir.

Barchinoy HAMIDULLAYEVA,

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: