O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
16.07.2019

SAYLOV KODEKSI SAYLOVLAR SIFATIGA TASIR KORSATADIMI?

Atrofga diqqat bilan boqsak, odamlar mamlakat hayotidagi siyosiy yangiliklar bilan qiziqayotgani, daxldorlik hissi bilan yashayotganini ko‘ramiz. Ikki kishi uchrashsa, gap orasida qonunchilikdagi yangiliklar haqda soz borishi ham tabiiy holga aylanyapti. Hatto ijtimoiy tarmoqlarda qaror va kodekslarning mazmun-mohiyati, xalqqa qanchalik naf keltirishi haqida qizgin muhokamalar bolmoqda. Xususan, yaqinda qabul qilingan Saylov kodeksi ham shular jumlasidandir.

Saylov kodeksi loyihasini ishlab chiqish vazifasi, uning ijrosini ta’minlash Prezidentimiz tomonidan imzolangan Farmonda aniq belgilab berilgan edi. Unga binoan Markaziy saylov komissiyasi raisi rahbarligida Oliy Majlis palatalari, Adliya vazirligi, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, ekspertlar ishtirokida ishchi guruhi tuzildi. Kodeks loyihasini tayyorlash jarayonida ishchi guruhi tomonidan 20 dan ortiq davlat tajribasi, xalqaro mezon va talablar atroflicha organildi. Saylovga doir 10 dan ortiq xalqaro hujjatlar tahlil qilindi. Ularning asosiy goya va tartiblari loyihaga chuqur singdirildi.

Kodeks loyihasi ikki yil davomida tayyorlandi. Respublika meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun ozbek va rus tillarida joylashtirildi. Shundan song Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilinib, 18 bob, 103 moddadan iborat ushbu Saylov kodeksi Senat tomonidan maqullandi. 25 iyunda Prezident imzosi bilan kuchga kirdi.

Xosh, bizga Saylov kodeksi kerak edimi, uning ahamiyati nimalardan iborat? Jamiyatimizda unga ehtiyoj bormidi?

Avvalo, saylovga oid qator qonun va qonunosti hujjatlari yaxlitlandi. Ularning barchasida deyarli bir xil manoni anglatuvchi meyorlar bor edi. Bu ularni qollashda muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgandi. Aytish kerakki, saylovlarga tayyorgarlik korish va uni otkazish tartib-qoidalari qonun darajasida emasdi. Jarayon shu vaqtga qadar Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoriqnomalari bilan tartibga solinardi.

Saylov kodeksi qabul qilinishi natijasida qonuniy meyorlar bilan fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishi, saylovlarda erkin qatnashishi uchun sharoit yaratildi. Deputatlikka, prezidentlikka nomzod korsatadigan siyosiy partiyalar va nomzodlarga saylov kampaniyasi davomida teng sharoit yaratish imkoniyati yanada mustahkamlandi. Shuningdek, mazkur kodeks orqali ilgari qonunchiligimizda bolmagan mutlaqo yangi tartib va qoidalar kiritildi. Bular nimalardan iborat?

Oldin Ozbekiston Ekologik harakati uchun (hozir Ekologiya partiyasi) Qonunchilik palatasiga maxsus orin ajratilardi. Yangi kodeksga binoan mazkur tartibga amal qilinmaydi. Endilikda har bir partiya deputatlikka orinlar uchun kurash olib boradi. Saylovchilar yagona elektron royxatining amal qilish tartibi ham belgilandi. Shu bilan birga, yagona hujjat — saylov byulleteni joriy etilib, «saylov varaqasi» bekor qilindi.

Saylov kodeksidan shu paytgacha qonunchiligimizda bolmagan onlab yangi meyor va qoidalar joy oldi, amalda bolgan ayrim tartib-qoidalar bekor qilindi. Jumladan, nomzodlar ishonchli vakillari safar xarajatlarini saylovni otkazish uchun ajratilgan mablag hisobidan tolash tartibi belgilandi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillari soni 3 dan 5 nafargacha kopaytirildi.

Hayotda inson turli vaziyatlarga tushadi. Ayniqsa, masuliyatni his etgan shaxs istaydimi, yoqmi sinovli jarayonlarda hayajonlanadi. Yoki saylovda ilk bor qatnashayotgan yigit-qiz ovoz berish xonasiga kirganda nima qilishini bilmay qoladi. U yerda saylovchi atrofdagilardan yordam ololmaydi. Ozi tanlagan nomzodining familiyasi togrisidagi katakchaga yodiga kelgan belgini qoyadi. Malumot ornida aytish kerakki, oldingi tartibga kora, faqat qoshuv(+) belgisidan foydalanish mumkin bolgan. Aks holda byulleten buzilgan, deb topilgan. Yangi kodeksda bu borada ham qulaylik yaratildi. Qoshuv(+), iks(x) va togri(v) belgilaridan foydalanish mumkinligi belgilandi.

Yana bir yangilik. Saylov uchastkasida ovozlarni sanash bayonnomasining nusxasini 48 soatdan kam bolmagan muddatda joylashtirish lozim. Shuningdek, davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov paytida saylov okruglarini tuzishdagi saylovchilar sonidagi mumkin bolgan eng kop farq 10 foizdan oshmasligi kerakligi ham kodeksda oz aksini topdi.

Kodeksning yana bir ahamiyatli jihatiga toxtalsak. Uchastka saylov komissiyasi azoligiga nomzodlar fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasa va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladi. Nomzodlarlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinishi hamda tegishli saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etilishi lozim.

Saylov oldi imzo yigish masalasi ham muhim sanaladi. Oldin bir fuqaro faqat bir partiyadan korsatilgan nomzodga imzo qoyishga haqli edi. Bu galgi saylovda esa bir fuqaro bir necha partiyadan korsatilgan nomzodga imzo qoyishda ishtirok etishi mumkin.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar bir paytning ozida otkazilgan hollarda yagona saylov uchastkasini tashkil etish kozda tutildi. Oliy Majlisining Senati azolarini saylash tartibi qonun darajasida belgilandi.

Malumki, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat azolari daxlsizlik huquqiga ega. Yangi kodeksga kora, Markaziy saylov komissiyasi azolari ham shu imtiyozga ega boladi. Bu saylov jarayoni haqqoniy va oshkora otkazilishiga ijobiy tasir korsatishi kerak.

Yangi kodeksda saylovlarni tashkillashtirish, otkazish va natijalarini elon qilish masalalari boyicha jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini korib chiqish masalasiga ham toxtalib otilgan.

Saylov davlat, jamiyat, fuqarolar uchun ham oziga xos imtihon. Zero, bu sinovda mamlakat va millat kelajagi uchun muhim qarorni hammamiz birgalikda qabul qilamiz.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Mahliyo ALIQULOVA tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: