O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
16.07.2019

KIM ASLIDA KIM?

Davlat bilan xalq bir-birini qanday tushunadi?

Mamlakatda har kuni muhim voqealar ro‘y beryapti, qiziqarli yangiliklar quloqqa chalinyapti, oyga toldiradigan savolu fikrlar ham tarqalyapti. Ayniqsa, keyingi kunlardagi xabarlaru munozaralar hayron qolarli, hatto ayrim soddadilroq hamyurtlarimiz uchun hayratlanarli bolib chiqyapti.

Surxondaryo viloyati Qumqorgon tumanida yashab, 90 yoshga dadil yaqinlashayotgan Ramazon bobomizni mehnat ta’tili vaqtida korgali bordik. Bobomizning ozgacha odati bor, har doim korishganimizda kundalik bordi-keldilar haqida emas, mamlakatda, keng dunyoda nima yangiliklar, qanday ozgarishlar bolayotganini soraydi. Jahondagi vaziyatdan, poshsho(podshoh)lardan gapir, deydi. Togrisi, bir xil savollarga javob berishga qiynaladi odam. Bu galgi gurungda ham qiyin vaziyatga tushib qoldim. Aytsam, ishonmassiz, lekin bolgani shu – bobomimiz bizning yerdan gaz qazib olayotgan «Lukoyl»dan qanday qilib yana ozimiz qarz bolib qolganimiz haqida soradi...

Senatimizning oxirgi yalpi majlisida davlat rahbari aytgan sozlar esga keldi: Lukoyl kompaniyasi Ozbekistonda gaz qazib olmoqda. Biz ulardan ming kubini 146 dollardan xarid qilib, aholiga 46 dollardan sotyapmiz. Oradagi farq evaziga kompaniyadan qarz bolyapmiz. Har ming kubometrdagi 100 dollarlik farq 600 million dollarlik qarzni paydo qilgan. Bu raqam kun sayin ortib boryapti. Balki bu kompaniya bilan ishlayotganimiz notogridir. Nima uchun shartnoma tuzilganda milliy manfaatlar inobatga olinmagan?..

Bobomga yanada batafsilroq malumot bermoqchi boldim. Bu qarzdorlik haqida dastlab bosh idorasi Angliyada joylashgan Reuters agentligi shu yil mart oyida xabar bergani, keyin aprel oyi boshida Oztransgaz kompaniyasi raisining moliya boyicha orinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod etilgani, iyun oyi oxirida Ozbekneftgaz boshligi Lukoyl bilan hamkorlikdagi loyihadan davlat uch yarim milliard dollar daromad olgani, shu bois bitim milliy manfaatlarga mos kelmaydi deyish togri bolmasligi haqida izoh bergani esga tushdi. Shuncha tafsilotlar orasida Surgil neft-gaz loyihasi doirasidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi uchun bir amaldor 80 million dollar pora olgani haqidagi xabar ham bor hali...

Rasmiy axborotlar asosida imkon qadar tushuntirish berishga urindim. Lekin bobomiz kopni korgan, kozi pishib ketgan, ishonqiramay qaraganday boldi.

Oradan kop otmay, 10 iyul kuni Prezidentning sohaga doir qarori chiqdi. Unda quyidagi malumotlar bor: songgi 20 yilda tabiiy gaz qazib olish hajmi 8 foizga oshgani holda mamlakat korxonalari tomonidan uni qazib olish hajmi 29 foizga pasaydi, 2017-2018 yillarda moliyaviy mablaglarning yetishmasligi va moddiy-texnik resurslarning taqchilligi natijasida tabiiy gaz qazib olishning osishi prognoz korsatkichlariga nisbatan 42 foizni tashkil etgan, xolos...

Respublika ishchi komissiyasiga bir oy muddatda Ozbekneftgaz AJga Ozburguneftgaz AJ, Ozneftgazqazibchiqarish AJ, Ozneftmahsulot AJ, Ozneftgazmash AJlarni qoshish; Oztransgaz AJni Ozbekneftgaz AJ tarkibidan chiqarish kabi vazifalar yuklatilgan.

Shuningdek, Ozneftmahsulot AJ tasarrufidagi fermer xojaliklariga xizmat korsatuvchi 1381 ta avtomobilga yoqilgi quyish shoxobchasini tadbirkorlik subektlariga auksion savdolari orqali sotish, Ozbekneftgaz AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning bozorlar, savdo va chorvachilik komplekslari ustav kapitalidagi ulushlarini (ilovaga kora) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berish va boshqa takliflar maqullangan.

Xullas, bu ulkan qaror. Bu yerda million yoki milliardlar emas, ehtimol bir necha trillionlar haqida gap ketyapti. Vazifalar belgilandi, lekin shaffoflikni taminlashi kerak bolgan ishlarning ozi shaffof amalga oshiriladimi? Fikrlovchi kishilar shu savolni beradi va unga javob kutadi.

Umuman, davlat amalga oshirayotgan ozgarishlarni xalq qanday tushunadi? Bu katta savol. Birgina 1300 dan ortiq yoqilgi quyish shoxobchasining sotilish jarayoni qay darajada shaffof boladi? Odamlar bu savollarni baland ovozda bermasligi mumkin, ammo ichida ularga javob kutishi aniq.

Otgan hafta oxirida mavzuga oid yana bir xabar chiqdi. Ozbekneftgaz boshqaruvi raisi 2001 yilda qabul qilingan Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar togrisidagi qonun qayta korib chiqilishini malum qilibdi. 600 million dollarlik qarzdorlik tanqid qilinganidan keyin shu fikrga kelingan korinadi.

Yuqoridagi xabar va yangiliklarning hammasi bir-biriga shunchalik chambarchas boglanganki, orasidan ingichka ipni ham otkazish qiyin.

Boshqa bir xabar. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida otkazilgan brifingda Issiqlik elektr stansiyalari AJ boshqaruvi raisi hozirgi paytda Angren va Yangi Angren IESni Qozogiston kompaniyasiga uch yilga ishonchli boshqaruvga topshirish boyicha kelishuv tafsilotlari ishlab chiqilayotganini malum qilibdi. Tabiiy gazdan foydalanishni maksimal qisqartirish va komir yoqish ulushini kopaytirish nazarda tutilarkan. Yetkazib berish ishlari Angren komir koni toliq ishga tushirilgunga qadar amalga oshirilarkan. Niyat yaxshiga oxshayapti. Ammo bu masalada ham tafsilotlar aniq bolmagani uchun turli fikrlar bildirilyapti.

Navbatdagi xabar. Otgan yili katta shov-shuv bilan Ozbekiston pochtasi AJ bosh direktorligiga tayinlangan xorijlik mutaxassis iyun oyi oxirida ishdan boshatildi. Ozbekiston pochtasini gullatib yuboraman degandek katta vada bergan mutaxassis oz ortida 27,8 milliard somlik qarz qoldirib ketgani aytilmoqda. Malumotlarga kora, xorijlik mutaxassis kelishidan oldin Ozbekiston pochtasi 2016 va 2017 yillarni daromad bilan yakunlagan ekan...

Davlat boshqaruvi boyicha taniqli ekspert Aziza Umarova Ozbekiston havo yollari aviakompaniyasi misolida davlat tashkilotlari monopoliyasining xalqqa zarari haqida fikr bildirdi. ... Bizda hammasi boshqacha. Oddiy fuqarolarda tatilda chet elga chiqish imkoni yoq, sababi aviatashuvchi monopolist, Ozbekistonga raqobat kirishiga yol bermayapti. ...Men Andijon, Buxoro, Nukus, Qoqondan bolalarni Turkiyadagi oddiy 3 yulduzli mehmonxonaga olib borish bizning odamlar uchun erishib bolmas orzuligicha qolayotganidan afsusdaman... Aholining 95 foizi hayoti davomida dengizni kormay otadi. Shunchaki, kimdir oz chontagi uchun ishlashdan toxtay olmasligi va soglom raqobat muhitiga ega, togri aviatsiya bozorini qura olmayotgani uchun... Yodda tuting, davlat monopoliyasi har doim yomon, hamyonimizga qol suqadi va bizni kambagalroq qiladi...

Oz navbatida milliy aviakompaniya shu va shunga oxshash fikrlarga rasmiy munosabat bildirdi. Unga kora, milliy aviakompaniya boshqa muqobil aviakompaniyalar tashkil etilishi yoki xorijiy davlatlar aviakompaniyalari mamlakatimiz osmonida uchishiga, arzonroq narxlarda xalqimizga xizmat korsatishiga qarshilik qilmasligini, sohada raqobat muhitini yaratish ularning vakolatiga kirmasligini, uchish narxlarini arzonlashtirish, chipta xaridlarini qulaylashtirish boyicha malum ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Achchiq fakt shuki, xalqimiz uzoq yillardan beri monopol tashkilotlar Ozbekiston havo yollari, UzAuto Motors (avvalgi nomi GM Uzbekistan), Ozbekiston temir yollari ornatgan yuqori narxlardan jabr korib, ayrim fikrlarga kora, samarasiz ishlaydigan tashkilotlarni boqib kelmoqda. Ular juda ulkan va faoliyatni ushlab turish uchun mahsulotlari va xizmatlariga yuqoriroq narx qoyishga majbur bolayotgandek. Narxlar pasaytirilsa, tamom, goyo ularning iqtisodiy gildiragi aylanmay qoladiganday tasavvur uygonyapti. Ammo birovning farovonligi boshqalarga ogirlik tashlash evaziga keladigan bolsa, umumiy osishimiz imkonsiz emasmi?..

Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini aholi jon boshiga hisoblab, dunyo davlatlari bilan solishtirilganda, chuqur oyga tolib qolamiz. Bu borada shunday davlatlardan orqadamizki, ularni nomma-nom keltirishga odam uyaladi. Biroq, xalqimiz ozi dalada yetishtirmaydigan, qoli bilan yasamaydigan deyarli hamma narsaga baland narx tolashga majbur bolib kelyapti. Sifatliroq kiyim-kechak, maishiy texnikalar, avtomobillar va hokazo. Qariyb 30 yildirki, bu holatdan otib ketolmayapmiz, aksincha, turli uyushma va assotsiatsiyalar takliflari (boj tolovlarini oshirish) bilan u yana ancha choziladigandek, muntazamlikka aylanib qoladigandek taassurot uygonyapti.

Bugun bu masalalar haqida kengroq fikrlovchilar salmogi ortayotganigi kishiga taskin beradi. Jamoatchilik fikri hosil bolayapti, hali u kuchayishi, undan keyin yana kuchayib davlat idoralariga demokratik bosim otkazadigan darajaga yetishi kerak. Buning uchun, albatta, savol beruvchilar juda kopayishi, davlat odamlarni, odamlar davlatni chuqur tushunishi lozim boladi. Afsuski, hozircha aksariyat monopol tashkilotlar koproq ozini himoyalash, amaldagi rahbariyati faoliyatini oqlash payida bolayotgani, shu ilinjda munosabat bildirayotgani, muammolarning sabablarini avvalgi yillardagi xatolarga taqashga moyillik sezilayotgani kishini hayron qoldiradi. Ozi avvaldan yomon edi, biz haliyam ozroq yaxshiladik, mazmunidagi bir xil ashula jamoatchilikni tez zeriktiradi, zada qilishiyam mumkin...

Keng jamoatchilikka ancha tanish bolib qolgan iqtisodchi Yuliy Yusupov yaqinda shunday shaxsiy mulohaza bildiribdi: Bizga sanoat siyosati kerakmi? Ha, kerak. Lekin u ... raqobatni cheklash uchun bojxona tolovlarini oshirish, import oldiga tarifga xos bolmagan tosiqlar qoyish, sohalar, hattoki ayrim korxonalar yoki korxonalar guruhiga imtiyozlar taqdim etilishi kabi siyosatdan tubdan farq qilishi kerak. Bularning barchasi seleksion sanoat siyosati, yani mansabdorlar tomonidan goliblarni tanlash siyosati, deb ataladi. Bozor yoki raqobat emas, aynan mansabdorlar bunday yondashuvda qaysi soha rivojlanishi-yu qaysi korxona bozorda qolishini hal qiladi. Aynan mana shu siyosat iqtisodiyotimizni boshi berk kochaga boshlab kelgan...

Ozbekiston keng va rang-barang mamlakat, davlat bilan kindigi bir iqtisodiyotni tushunish ancha murakkab, pul, manfaatdorlik, foyda qay tuynukdan qay bir darchalar orqali qayerga ketayotganini aniq korish oson emas, ildizlar chuqur ketgan, ming, ehtimol millionta tomiridan qon oqadigan ulkan organizmni eslatadi. Sohalarning sir-asrorlarini, bazi hollarda qanday qoidalar asosida oynalayotganini yaxshi bilishga, anglashga burchli bolsak, qaysi tashkilot yoki uning rahbariyati nima haqida gapirib, amalda nimalar bilan mashgul bolayotgani, kim aslida kimligi ravshanroq korina boshlaydi. Bundan hamma yutadi.

Murojaatlarni hal etishga qaratilgan muloqot va sayyor qabullar oz natijasini bermoqda: qancha ona-bolalar uyli-vatanli boldi, yana qancha hamyurtlarimiz dardu gamidan qutilib, yengillashdi. Minnatdorlik, duolar osmon qadar... Vaqti yetib, muloqot yangi bosqichga kotarilayapti, endi xalq davlatu rahbarlarni tushunishga intilmoqda. Bu muloqotda ancha jiddiy savollar beriladiganga oxshaydi.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: