O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
16.07.2019

ENG TOTLI BAYRAM

Bahrom OBIDJONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi:

— Mustaqillik, erk va ozodlik. Bu tushunchalar muqaddasdir. Shuning uchun ularning hayotimiz, taqdirimizdagi ahamiyati, orni beqiyos. Nondek aziz, onadek yagona bolgan Vatanning mustaqilligi esa eng ulug nematdir.

Zotan, u bizga erkin yashash, oz taraqqiyot yolimizni ozimiz belgilash imkonini berdi, ozligimizni, qadriyatlarimizni qaytardi. Xalqimiz otgan 28 yil davomida qancha yutuq va marralarga erishgan bolsa, bu shubhasiz, istiqlol mevasidir. Shu bois har yili Mustaqillik bayramini yurtdoshlarimiz ozgacha hayajon va katta kotarinkilik bilan nishonlaydi.

Prezidentimizning 2019 yil 8 iyul kuni elon qilingan «Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisida»gi qarori xalqimiz tomonidan katta quvonch va mamnuniyat bilan kutib olindi.

Takidlanganidek, bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taminlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obro-etiborini yuksaltirish borasida keng kolamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biz uchun ustuvor ahamiyatga ega bolgan vazifalar – aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, tadbirkorlik va xususiy mulk rivojiga keng imkoniyat ochib berishga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalari, nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham etirof etilmoqda. Yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy gamxorlik korsatish borasida ham etiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.

Barcha yutuq va muvaffaqiyatlarimizning asosiy manbai bolgan Vatanimiz mustaqilligi qolga kiritilgan sanani katta tayyorgarlik bilan kutib olish va munosib tarzda nishonlash har birimizning kongil ishimizga aylanishi zarur. Bu qutlug kunning mohiyati va ahamiyati, xalqimizning fidokorona mehnati, ezgu orzu-intilishlarini farzandlarimizga tushuntirish, targibot qilish uning shukuhini yanada oshiradi, deb oylayman.

Qarorda bu boradagi eng muhim va ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, Jonajon Ozbekistonim, mangu bol omon! degan bosh goyani ozida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, manaviy-marifiy tadbirlar hamda targibot-tashviqot ishlari olib boriladi. Tadbirlarda Harakatlar strategiyasi, shuningdek, Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili davlat dasturi, Obod qishloq, Obod mahalla, Har bir oila tadbirkor, Yoshlar kelajagimiz, kabi muhim dastur hamda rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va ruhi mujassam etilishiga alohida etibor qaratiladi.

Aytish kerakki, 2018 yilgi Davlat dasturiga asosan 21 trillion som va 1 milliard AQSh dollariga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi. Obod qishloq va Obod mahalla dasturlariga muvofiq 400 dan ortiq qishloq va mahallalarda munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan keng kolamli qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion som mablag yonaltirildi. Bu pullar nima uchun, kim uchun sarflandi? Albatta, bu ulkan mablag yaxshi yol, yaxshi tibbiy xizmat, yaxshi maktab, barqaror ichimlik suvi va shu kabi ezgu ishlarga yonaltirildi. Yani, bu mablag nuroniy kishilar farogati, ota-onalar xotirjamligi, farzandlarimiz quvonchi uchun sarflandi.

Shuningdek, otgan yili Har bir oila tadbirkor va Yoshlar kelajagimiz dasturlari doirasida 2 trillion somga yaqin mablag ajratilib, joylarda 2 600 dan ortiq biznes loyiha amalga oshirildi. Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mehnatga haq tolash tizimini yanada takomillashtirishga alohida etibor qaratildi hamda bu aholining real daromadlarini 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshirish imkonini berdi. Bu kabi misollarni uzoq davom ettirish mumkin. Lekin, eng muhimi, odamlar ozgarishlarni qalbi bilan his etyapti, natijada hayotga munosabat ozgaryapti.

Ayniqsa, oxirgi yillarda jamiyatimiz qiyofasi butunlay ozgarib bormoqda. Xalqimizning turmush darajasi, ongu tafakkuri, bilimi, madaniyatini oshirish boyicha samarali va tizimli islohotlar yolga qoyildi. Bularning barchasini aniq dalil va misollar, chuqur ilmiy tahlillar orqali mamlakatimiz hamda xalqaro jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyatga egadir.

Davlatimiz rahbari qaroridan korinib turibdiki, bu yilgi bayram har qachongidan kotarinki ruhda, yuqori saviyada nishonlanadi. Bayram tadbirlarida har bir fuqaro faol ishtirok etib, ozining vatanparvarligi, yosh avlodga gamxorligi bilan namuna korsatishi, bayram ruhiyatiga oz hissasi va qalbini qoshishi zarur, deb oylayman. Zero, Vatan mustaqilligi dunyodagi eng totli bayramdir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: