O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
09.07.2019

BILASIZMI?

Yer uchastkalari 0,04 gektargacha auksionsiz ariza asosida beriladi

— halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga;

davlat va xususiy uy-joy fondidagi ozlari egallab turgan uy-joyni tuman hokimliklariga otkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga.

Yer uchastkasini berish boyicha imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boshqa a’zolariga tatbiq etilmaydi.

Buning uchun tuman (shahar) hokimligiga ariza berilishi kerak.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

doimiy yashash joyi boyicha uy-joy kadastr hujjati nusxasi (mavjud bolgan taqdirda);

yuqorida korsatib otilgan fuqarolar toifalarining birortasiga mansublikni tasdiqlovchi hujjat.

Ariza maxsus komissiya tomonidan on kunda korib chiqiladi.

Komissiya ijobiy xulosa chiqarsa, hokim yer uchastkasi berish haqida bir kunda qaror qabul qiladi hamda uch kunda yer uchastkasi chegaralari olchab beriladi.

Agar fuqaroning yerni auksionsiz olishga haqqi bolib, yer uchastkalarini berish imkoni bolmagan holatlarda, u elektron navbatga kiritiladi. Navbatni internet orqali kuzatib borish mumkin.

Navbat tartibida yer uchastkalarini olishga ehtiyojmand fuqarolar royxati tuman (shahar) hokimi tomonidan har olti oyda kamida bir marta tasdiqlanadi.

Bunda fuqarolar tasdiqlangan royxatga kiritilgani haqida, yer uchastkasi berilishining moljaldagi muddatini korsatgan holda xabardor qilinadi.

Videoregistratorlar dalil yiguvchiga aylanadi

Avtotransportdagi videoregistratorlarda qayd etilgan huquqbuzarlik endilikda dalil sifatida qabul qilinadi va Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksda belgilangan tartibda korib chiqiladi.

1 iyuldan har qanday jamoat transporti va yolovchi tashish faoliyati bilan shugullanuvchi yuridik shaxslar uchun avtotransport vositalariga videoregistratorlar ornatish majburiydir.

Huquqbuzarlik holatlari togrisidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar eng kam oylik ish haqining besh foizi (hozirgi kunda 10 136 som) miqdoridagi pul mukofoti bilan ragbatlantiriladi.


Talim sohasida nogironligi bolgan shaxslar uchun beriladigan ayrim imtiyozlar

Test sinovlari boladigan oquv yilidan avvalgi yillarda talim muassasalarini tugatgan nogiron abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun tolov undirilmaydi.

Harbiy xizmat vazifalarini bajarishda nogiron bolib qolgan Qurolli Kuchlarning kontrakt boyicha harbiy xizmatchilari farzandlariga oliy talim muassasalariga oqishga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi.

I va II guruh nogironligi bolgan shaxslar, nogironligi bolgan bolalar oliy talim muassasalariga qoshimcha ikki foizli davlat granti asosida qabul qilinadi.

Nogironligi bolgan shaxslarning bolalari bogchalarga joylashtirilishda imtiyozli royxatga kiritiladi.

Ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham birinchi I va yoki II guruh nogironi bolgan oilalar, nogiron bolasi (bolalari) bolgan oilalar iqtidorli farzandlari quyidagilar bilan taminlanadi:

zamonaviy yagona maktab formasi;

asosiy turdagi oquv qurollari;

badiiy kitoblar;

bolalar gazeta va jurnallariga obuna qilish;

respublika oromgohlarida dam olishini tashkil etish;

respublika boylab sayohatga borish va kelish xarajatlarini qoplash.

Davlat grantlari boyicha talim olgan I va II guruh nogironligi bolgan shaxslar oliy talim muassasalaridan akademik tatil olganida oqishga davlat grantlari asosida qayta tiklanishi mumkin.

Adliya vazirligining telegramdagi

«Huquqiy axborot» kanali.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: