O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
09.07.2019

OILANI MUSTAHKAMLAMASDAN TURIB, DAVLATDA TARTIB ORNATIB BOLMAYDI

«Oilani mustahkamlamasdan turib, davlatda tartib o‘rnatib bolmaydi.»

Konfutsiy

Akmal SAIDOV, akademik:

— Birlashgan Millatlar Tashkilotining songgi ma’lumotlariga kora, hozirgi kunda dunyoning 7 milliarddan ortiq aholisi, yani 85 foizi oilalarda yashar ekan. Mendagi malumotlar esa Ozbekistonda 7,5 million oila borligini korsatadi. Demak, yurtimiz aholisi 33 milliondan iborat bolsa, har bir oila ortacha 4 kishidan iborat: er-xotin va ikkita farzand.

Oilaning yagona, hammaga birdek maqbul tarifi bormi? Yoq, chunki oila shunchalik kop qirrali tushunchaki, hozirgi kunda ijtimoiy fanlarning deyarli barchasi oz nuqtai nazaridan kelib chiqib, oila muammolari bilan shugullanadi. Masalan, men oilaga huquqiy tushuncha sifatida koproq etibor beraman. Psixologlar psixologik tomoniga urgu beradi, kimdir oilaga milliy qadriyat sifatida yondashadi. Shuningdek, din arboblari, faylasuflar, tarixchi va sotsiologlarning oila institutiga nisbatan oz yondashuvlari bor. Bularning barchasi oilaning ulkan ijtimoiy muammo ekanligini korsatadi. Bugun oila masalasi faqat bir davlat miqyosidagi emas, balki jahon jamoatchiligini oylantirayotgan global muammodir.

Hozirgi kunda Garbdagi kopgina davlatlarda oila instituti qadriyat sifatida oz ahamiyatini yoqotib bormoqda. Juftliklar ozaro kelishuv asosida, bir-ikki yil birga yashab korishadi. Song turmush qurishi mumkin. Oilaga bolgan bu kabi munosabatni biz qabul qilmaymiz. Dinimiz ham noshariy oilani tan olmaydi.

Oilaning boshqa etibor qaratadigan jihatlari ham kop. Bugun oilani himoya qilish huquq sifatida tan olinmoqda. Bir konferensiyada qatnashganimda xorijlik ekspert bizning mahalla institutini tanqid qilgandi. Uning fikricha, mahalla ayollar huquqini buzayotgan ekan. Nimaga buzayapti, desam, mahalla yarashish komissiyasining xulosasisiz ajrashishni sud korib chiqmasligi va ajrashishga yol qoyilmasligi bilan bogliq taomil notogri emish. Ular aytayaptiki, ayolning oz huquqi bor, xohlasa yashaydi, xohlasa ajrashadi. Mahalla faollari esa ayolni turmushingdan ajrashmaysan, oilang bilan yashaysan, deb majburlayotgan emish, osha xorijlik mutaxassis goyo, buni inson huquqlarining buzilishi, dedi.

Men shunda sizlarda qanaqa bilmadimu, biz iloji boricha oilani saqlab qolish tarafdorimiz, dedim. Agar oila buzilsa, ayolning uchta bolasi taqdiri bilan bogliq, yana nechta muammo tugiladi: Yetim qolgan uchta bolaning qanchalab huquqlari, xususan, bolalarning yashash huquqi, turar-joyga bolgan huquqi, moddiy taminot huquqi muammosini keltirib chiqaramiz-ku?! Ajralish bilan bogliq bir huquqni himoya qilib, tort yoki besh muammoni kopaytirib yuboramiz, shu togrimi, dedim. Indashmadi.

Oila muammolarini hal etish uchun quyidagi takliflarim bor.

Avvalo, oila munosabatlari boyicha barcha tadqiqotlar, maqolalar, risola va kitoblarning bibliografiyasini fanlar yonalishi boyicha tuzish lozim. Qani, pedagoglar va psixologlar, boshqa soha vakillari qanday tadqiqotlar otkazgan ekan, bilaylik.

Tibbiyotda ham oila-juda katta mavzu. Umuman, barcha yonalishlar boyicha tadqiqotlar darajasini aniqlab olaylik, natijamiz nechoglik ekan? Mustaqillik yillari oila instituti boyicha qanday ishlar himoya qilingan ekan? Agar bularni aniq bilsak, hozirgi kunda qaysi muammolarni organish birlamchi bolishi kerakligini ham aniqlab olamiz.

Songra oila muammolarini ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilish yuzasidan fanlar boyicha umumiy, yaxlit dastur tuzish kerak. Shunda hozir huquqshunoslik, falsafa, pedagogika kabi sohalar boyicha qaysi muammolarni kotarishimiz kerakligi oydinlashadi.

Asosiysi, oila muammolarini organish boyicha doimiy harakatdagi metodologik seminarlar otkazishni yolga qoyish lozim. Bu orinda faqatgina Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazining ozi hech qachon muammoni hal qila olmasligini etibordan soqit qilmaslik lozim. Yani bu ishga butun jamoatchilikning fikrini jalb qilishimiz kerak. Xususan, tadbirlarda yangrayotgan turli fikr-mulohazalarni, aniq fakt va dalillarni oila mavzusi boyicha ilmiy ish qilayotgan magistrlar, fan doktorlari, olimlar ham ishtirok etsa, bu ularga oz ilmiy tadqiqotlarini hayot haqiqatlariga tom manoda muvofiqlashtirish imkonini beradi. Hozirgi paytda esa, afsuski, kopchilik ilmiy ishlar tartibga solinmagan. Yurtdoshlarimizning oila bilan bogliq dardu-tashvishlari hamda bu muammolarning yechimlari aks ettirilgan dolzarb mavzular juda kam.

Avvallari oila instituti milliy darajadagi faoliyatimiz mezoni hisoblangan bolsa, hozirgi kunda bu masala xalqaro miqyosga kotarilgan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar togrisidagi xalqaro pakt, kabi asosiy xalqaro shartnomalar yoki istalgan mintaqaviy hujjatlarda oila huquqlari yuqoriga qoyilgan. Hozir nafaqat milliy darajadagi oila huquqi, balki xalqaro oila huquqi ham jadal shakllanmoqda. Xalqaro hujjatlarning barchasida Oila bu jamiyatning birlamchi bogini, asosi, degan fikr singdirilgan. Ayni chogda milliy qonunchilik bilan xalqaro qonunchilik ortasidagi bu mutanosiblik yetarli emas. Shuning uchun oilaga oid milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar toplamini ishlab chiqishimiz zarur. Songra milliy qonunchiligimizda ham shunday tajribani otkazamiz. Keyinchalik u xalqaro qonunni aks ettiradimi yoki yoq, buni bilib olamiz. Bunday muhim amaliyotni hali hech kim, hattoki Yevropa Ittifoqi ham amalga oshirmagan.

Oila, avvalambor, ijtimoiy munosabatdir. Chunki, oila bir necha shaxslardan tashkil topadi. Shuning uchun men ikki yosh turmush qurayotganda ortada ozaro nikoh shartnomasi tuzishni taklif qilgandim. Lekin bu fikrimni kopchilik tanqid qildi.

Xop, sizga savol: hozirgi kunda ajralishlar bormi? Bor. Bechora ayol ikkita yoki uchta bolasi bilan ota uyiga qaytib kelsa, kop hollarda na ota uyiga, na boshqa joyga sigadi. Kuyovning nomida hech narsa yoq. Mashina, uy, boshqa mol-mulkning hammasi kimningdir nomida. Bunday holatda Ona ikki-uch nafar godak bolasi bilan qayoqqa boradi?

Agar nikoh shartnomasi bolsa, mayli, bu hujjat bilan ayol himoya qilinmagan taqdirda ham, bolalarning mulkka bolgan huquqi himoya qilinadi. Mazkur ishni qonunga kiritdik, lekin bu institut sifatida hozircha fuqarolarimiz ong-tafakkuriga singmadi. Bu ham jamiyatimizdagi katta muammo. Nikoh shartnomasiga etiborsizlik yosh oilalar ajralishganda koplab muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Nima uchun bu yangi institut jamiyat azolari ongiga toliq singmadi? Majburiy tibbiy korikdan otishni, bilasizmi, biz nima qilyapmiz? Uni tibbiyot xodimlariga pul xaltachasi qilib berdik. Hozir ham aksariyat hollarda kelin-kuyovlikka nomzodlardan bitta-ikkita tekshiruv olinadi, qolgani 10 daqiqada namuna boyicha tibbiy malumotnomani olib chiqadi. Qaysi shifokor qancha somga shu hujjatni togrilab berishining narxi ham bor.

Yoshlarni turmush qurishi oldidan tibbiy tekshiruvdan otkazish soglom oila, soglom farzand bolsin, deb yaxshi niyatda yolga qoyilgan aslida. Turmushi buzilgan fuqarolarimizning orasida menga murojaat qilganlarning qancha va qanaqa nadomatlari bor? Bularning hammasini ham ayta olmayman, albatta. Tibbiy tekshiruv, yani soxta hujjatning ozi nikohni haqiqiy emas, deb topishga asos bolgan holatlarni bilaman.

Oila kodeksi yomon tayyorlanmagan, uni kop organganmiz. Lekin nima uchun Oila kodeksi ijrosida kamchiliklar kop? Bizning eng katta vazifamiz, oilaning shu kabi amaliy muammolarini hal qilishdir.

Dunyo mamlakatlarining 200 ga yaqin Konstitutsiyasini organib chiqdim. Ularning 111 tasida Oila bu jamiyatning birlamchi bogini, Onalik va bolalik davlat himoyasida kabi moddalar bor ekan.

Bularning ichida yurtimiz Konstitutsiyasi hammasidan ajralib turadi. Nimaga desangiz, Ozbekistonda onalik va bolalikni, oilani himoya qilish huquqi konstitutsiyaviy asosda keng va kafolatli mustahkamlangan. Oilalarni himoya qilishni faqatgina qonunga yuklab qoymasdan, uni asrashda har birimiznining huquqimiz borligini ham bilishimiz kerak. Chunki, donishmandlar tabiri bilan aytganda, oilani mustahkamlamasdan turib, davlatda tartib ornatib bolmaydi. Oila mustahkam bolsa, jamiyatdagi koplab muammolar oz-ozidan barham topadi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Shahboz SAIDOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: