O'zb  
 
09.07.2019

MURGAK QALBLAR MATONATI VA JASORATI

O‘zbekiston XDP Buxoro shahar kengashi raisi Shohista Nabiyeva hamrohligida bolalar Mehribonlik uyiga borganimizda qalbimiz allanechuk hislarga toldi. Kimdir tirnoqqa zoru, kimdir bolasidan yuz ogirishga qodir. Bir kam dunyoning sir-sinoatiga inson ojiz ekani haqida oylab turgan bir paytimizda darvoza yonidagi kichik uychadan «kiraveringlar» degan ruxsat tegdi...

Suv sepilgan soya-salqin yolakda muassasa direktori Saida Sharipova bilan uchrashdik. U yol-yolakay Mehribonlik uyi 2004 yilda ochilgani va osha kundan boshlab bolalarga bosh-qosh bolib kelayotganini aytdi. Qanchalar mehribon, shirinsoz bolmasin, ona oz farzandlari uchun qattiqqol, talabchan bolishi ham kerak-da. Shuning uchun ayrim hollarda, ayniqsa, balogat yoshidagi yigit-qizlarga alohida tartib asosida tarbiya berishimizga togri keladi, dedi. Chindan ham, bir oilada 3-4 nafar farzandni kamolga yetkazishning mashaqqati qancha bolsa, yuzlab bolalarning tarbiyasi bir necha barobar koproq mehnat, sabr-toqat talab etadi.

— Ayni paytda muassasamizda 110 nafar 7 yoshdan 17 yoshgacha bolgan yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar istiqomat qiladi, ta’lim va tarbiya oladi, dedi Saida Sharipova xonaga kirarkanmiz. Bilasizmi, muassasamizda turli toifadagi ogil-qizlar bor. Tarbiyasi ogirlari tarbiyaga, yana kimdir koproq mehrga, etiborga muhtoj. Shu bois hamisha ularning yonida bolishga harakat qilaman. Bir yilda 365 kun bolsa, shuning 6 kunida uyda qolaman, menimcha.

Masalan, bir qizimiz bor edi. Birinchi kelgan paytlari qochishga urindi, bu yerga moslasha olmadi. Spirtli ichimliklar ichish, chekish kabi yomon odatlari ham bor edi. U bilan uzoq vaqt alohida shugullandik, togri yol korsatishga harakat qildik. Balkim ishonmassiz, bugun u qiz namunali oquvchilar qatoridan joy oldi. Alo baholarga oqiyapti, niyatlari, orzulari ozgargan. Hayotga boshqacha nazar bilan qaray boshladi. U doim Men juda alamzada edim, otam tashlab ketgani uchun hammani yomon korardim. Yomon qiz bolganim uchun meni xohlamagan, demak, yomon bolishim kerak, deb oylardim. Hozir bolsa otmishimdan uyalaman va u kunlarga hech qachon qaytmayman, deydi. Bundan korinib turibdiki, bola qarovsiz, etiborsiz qolgan. Natijada uning tarbiyasi izdan chiqa boshlagan. Shukrki, hozirda undan va uni biladiganlardan yaxshi fikrlar eshitamiz. Bu jamoamiz xodimlarining mehnati samarasi, deb bilaman. Mana shunday natijalarni korib, barcha qiyinchiliklarni unutamiz.

Yana bir narsani aytmoqchiman. Inson biror-bir ozgarish, yangilik qilish uchun deputat yoki rahbar bolishi shart emas. Kim bolishidan qati nazar, yuragi yonmasa, halovatsiz bolmasa, bari bekor. Men oddiy partiya faoliman xolos. Lekin takliflarim, ayrim hollarda tanqidlarimni ham aytishdan chochimayman. Bundan buyon deputatlikka nomzodlar tanlashda ham mana shu jihatlar inobatga olinsa, yaxshi bolardi. Chunki deputat boldim, deb xotirjamlikka berilsa, odamlarga nafi tegmaydi, nazarimda...

Mehribonlik uyi rahbari bilan yana koplab masalalarda suhbatlashdik. U hamkor tashkilotlar, Ozbekiston XDP va deputatlar bilan otkazilayotgan tadbirlar, amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. Bolalar holidan xabar olayotgan insonlardan minnatdor ekani, ularning kelishi tarbiyalanuvchilarga xursandchilik ulashishini aytdi. Xodimlaridan biriga tushlikdan qaytgan bolalarni faollar zaliga yigishni topshirdi. Biz esa ular bilan birma-bir tanishib, suhbat qurdik...

Xurshida HOJIYEVA, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi:

Asli shofirkonlikman. Bu yerga kelganimga 4 yil boldi. Birinchi kelganimda qorqib ketgan edim. Qizlarga tarbiyachi bolib ishlaydigan ustozimiz bor, Maryam opa. U kishini mahkam quchoqlab, yiglaganman. Keyinchalik dugonalar orttirdim, hamma bilan yaxshi chiqishib ketdik. Bazi qizlar bilan shu qadar qalin bolib ketganmizki, xuddi tugishgan opa-singillardekmiz. Umuman, muassasamizda hamma bir-birini tugishgandek, bir oila, deb biladi.

Bosh vaqtlarimda kitob oqishni yoqtiraman. Ozim ham sherlar yozib turaman. Koproq soginch, ota-ona, tabiat, qushlar va kapalaklar haqida yozaman. Ularni ustozlarimga, dugonalarimga oqib beraman, fikrlarini sorayman. Maktabimizdagi turli tadbirlarda qatnashib turaman. Bundan tashqari, musiqa va sanatga, qoshiq aytishga juda qiziqaman.

Orzularim, kelajakdagi rejalarim katta. Eng avvalo, bolalarimni hech kimga qaratib qoymaslikni niyat qilaman. Chunki farzand tarbiyasi, uni boqib katta qilish ota-onaning zimmasidagi vazifa, burch deb bilaman. Aksincha bolishi mumkin emas. Bola faqatgina tolaqonli oilada ozini chinakam baxtli his qiladi. Ota-ona ornini hech kim bosolmaydi. Agar menga imkoniyat berilsa, jon-jon deb uyimga qaytardim. Sababi, hammaning oz oilasi, uyi bolishi kerak. Biroq bu yerni ham hech qachon tashlab qoymasdim, unutmasdim. Bu yerdagilarni ham mening oilam, deb bilaman. Ularni hech kimga qiyoslab, almashtirib bolmaydi.

Fotima FAYZIYEVA, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi:

9 yildan buyon Mehribonlik uyida yashab kelyapman. Men kopchilik kabi dastlab bu yerga konikolmadim. Hammadan yashirincha yiglardim, uyimni soginardim. Vaqt otib, bu yer ham oz uyimdek bolib qoldi. Hozir aksincha, uyga ketgim kelmaydi. U yerga borsam, ozimni begonadek his qilaman. Tezroq muassasamizga, dostlarim, ustozlarim yoniga qaytgim keladi. Sababini aytolmayman, lekin uyimizdagi muhit kayfiyatimga yomon tasir qiladi. Shu sababli u yerga borishni unchalik xohlamayman.

Yaxshi oqib, institutga kirmoqchiman. Kelajakda temir yolchi bolishni orzu qilaman. Ana shunda yurtimizning barcha goshalarini korish imkonim boladi. Niyatlarim amalga oshsa, dunyoning eng gozal shaharlariga sayohat qilaman.

Yevgeniy RUSTAMOV, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi:

Onamning vafotidan keyin juda ham tushkunlikka tushib qolgandim. Togrisi, u kunlarni eslashni ham istamayman. Mehribonlik uyiga kelish bilan hayotim yaxshi tomonga ozgardi. Avvallari deyarli barcha fandan 3 baho olardim. Hozirda choraklarimga 6 ta fandan 5, qolganlaridan 4 chiqdi.

Bolaligimdan futbolga qiziqaman va ushbu sport turi bilan doimiy shugullanaman. Futbol jamoaviy oyin bolgani uchun ham uni yoqtiraman. Galaba bir kishining qolida emas. futbolda insondagi men tushunchasi yoqoladi. Bir-birini qollab-quvvatlash, tili, dini va millatidan qati nazar, jamoa galabasi uchun kurashish lozim.

Ozbekiston chempionatining ikkinchi ligasida oynayman. Maydonda hujumchi vazifasini bajaraman. Lekin hayotda asosan himoyachiman. Ayniqsa, mana shu muassasadagi qizlar va kichik yoshdagi bolalarni qolimdan kelgancha himoya qilaman.

Futbol hayotimning bir bolagi. Doimiy ravishda oz ustimda ishlayman, sportsiz otgan biror kunim bolmaydi. Nasib qilsa, oliy ligada, nufuzli futbol klublarida top surish niyatim bor. Xalqaro turnirlarda terma jamoamiz safida ishtirok etishni orzu qilaman. Albatta, astoydil harakat qilsam, niyatimga yetishimga ishonaman.

Dilnoza ORIPOVA, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi:

Muassasada uch opa-singil birga yashaymiz. Mening fikrimcha, har qanday inson oz oilasida kamolga yetishi kerak. Ota-onalar farzandlaridan yuz ogirar ekan, nega dunyoga keltirishadi? Agar menga imkon berilsa, onamning qarshisiga borib, nega meni tashlab ketganini sorardim. Chunki hech narsa shunchaki, sababsiz sodir bolmaydi, deb oylayman. Har qanday holatda ham, uyimizdagi muhitni korganim uchun, oyim qilgan xatoni hech qachon takrorlamasdim.

Bu yerdagilarning deyarli hammasi oilasini, onasini soginadi. Lekin menda bu tuygu yoq. Men onamni soginmayman. Uning qilgan ishini hech qachon kechira olmasam kerak. Bir emas, uch nafar qizini kochada qoldirgan onani hech tushunmayman. Ayniqsa, singillarim onamizni soginib, yiglashsa, undan kop jahlim chiqadi. Shunga qaramay, ularni yupatishga, qiyinchiliklar otkinchi ekani, kelajakda kop baxtli kunlar borligini tushuntirishga harakat qilaman. Lekin singillarimning fikri boshqacha. Agar onam ularni olib ketaman desa, rozi bolishadi. Afsuski, men unday qilolmayman. Onamni korib, undan yana bir bor konglim qolishini istamayman.

Hayotda inson sabrli va irodasi mustahkam bolishi kerak. Qiyinchiliklarni yengib ota olishi lozim. Aks holda u baxtga, orzulariga erisha olmaydi. Yengil-elpi hayotga och insonlarni qoralayman. Kun kelib, ular hamamsi uchun afsuslanishini oylamaydi. Men aslo bunday yoldan bormayman. Shuning uchun yaxshi insonlar bilan dost bolish kerak, yaxshi insonlar safiga qoshilishga intilish lozim.

Shahboz RAHMATOV, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi:

Men gijduvonlikman. Avval ham bu yerga kelgandim va qaytib ketganman. 2017 yildan buyon yana Mehribonlik uyida yashayapman.

Oilamizda opam va akam oqimagan. Shuning uchun uyimizdagilar hech bolmasa seni oqitaylik, deyapti. Oliy malumotli bolishimni, yaxshi joylarda ishlashimni istashadi. Ozim kelajakda ichki ishlar xodimi bolmoqchiman. Hozir ham kocha-koyda forma kiygan insonlarni korsam, borib qollarini siqib, menga oq fotiha berishini sorayman. Ularning kasbidagi mashaqqatlari, oziga xosliklari haqida savol beraman. Niyatim yaxshi oqib, oilamga, yaqinlarimga va albatta xalqimga nafim tegadigan inson bolish...

...Mehribonlik uyida yashovchilar bilan yana ancha gaplashdik. Xonada otirgan har bolaning taqdiri, orzu-istaklari alohida mavzu bolishga munosib. Ularning hikoyalari, qalb kechinmalari, niyat va maqsadlarini tinglab, goh sevindik, goh kozimiz namlandi. Ular hali aqlini tanimasdan, tili chiqmasdan hayotning ogir sinovlariga yoliqqan. Bolalikning oiladagi erkaliklari, baxtli onlaridan mahrum bolishgan. Ammo ertangi kunga ishonch, kelajakka umid bilan yashashmoqda. Ayni shu haqiqatni murgak qalblarning buyuk jasorati, qudrati, deyish mumkin.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: