O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
18.06.2019

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA HAMJIHATLIKDA HARAKAT QILISH ZARUR

Oliy Majlis Senatida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yigilishi bolib otdi. Uni Oliy Majlis Senati Raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha respublika idoralararo komissiyasining raisi Nigmatilla Yoldoshev olib bordi. Yigilishda Ozbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident farmonidan kelib chiqadigan vazifalar muhokama qilindi.

Ta’kidlash kerakki, korrupsiya mavjud bolgan jamiyatda rivojlanish, islohotlar samaradorligiga erishish qiyin kechadi. Shu boisdan kelajagini oylagan har qanday jamiyat bu illatga qarshi ayovsiz kurashishi talab etiladi.

Afsuski, bugungi kunda mamlakatimiz fuqarolarining aksariyati kundalik hayotida korrupsiyaga duch kelmoqda. Qaysidir manoda bu illatdan zarar kormoqda. Ming afsuski, fuqarolarning ozlari ham qonun buzilish holatlarining ishtirokchisiga aylanishayotgani haqiqat. Masalan, kopchiligimiz yaqin insonimiz xastalanganda shifoxonaga olib boramiz. Yaxshi mutaxassis navbatsiz korikdan otkazishi uchun kimlarningdir chontagini toldirishga harakat qilamiz. Boshqa birimiz tezlikni oshirganimiz yetmaganday, davlat avtomobil nazorati xodimiga jarimani «engilroq» yozishi uchun pora taklif etamiz. Eng oylantiradigan tomoni esa nafsni yengolmayotgan ayrim idora xodimlari uzatilgan qollarni qaytarmasligidir. Natijada aholida qonunni chetlab otish mumkin ekan, degan notogri tushuncha paydo bolmoqda.

Senat Raisining sozlariga kora, Ijtimoiy fikr respublika jamoatchilik fikrini organish markazi tomonidan joriy yilda otkazilgan korrupsiya boyicha sorov natijalari ham kishini anchayin oyga toldiradi. Sorovda qatnashganlarning 66,5 foizi mamlakatimizda korrupsiya tarqalgan, deb hisoblaydi. Ishtirokchilarning qariyb 17 foizi esa korrupsiya hamma joy va sohalarni qamrab olgan, degan oyda. 29 foizi esa, mansabdorlarning har ikkinchisi korrupsioner, degan fikrda. 26 foiz soralganlar mamlakatda korrupsiyaga qarshi otkazilayotgan kurashda ochiqlik va oshkoralik yetishmayapti, degan xulosada ekanini bildirishgan. Shuningdek, poraxorlik bilan bogliq jinoyatlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlari yetarli emas, bu holat korrupsiyaning asosiy sabablaridan, deb hisoblashini takidlashgan.

Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro tashkiloti — Transparency International ning otgan yil uchun elon qilgan Korrupsiyani his qilish indeksida Ozbekiston 100 ballik tizimda 23 ball olgan.

Bu otgan yilga qaraganda 1 ball kop. Ammo umumiy reytingda mamlakatimiz bir pogona pastlab, 180 ta davlat orasidan 158 - orinni egallagan.

Bir mulohaza qilib korsak. Malum bir davlatga investitsiya kiritish istagidagi investor u yerda korrupsion holatlar uchrashini bilib, mamlakatimizni chetlab otmasligiga kim kafolat beradi?.. Bu boshqa xalqaro munosabatlarda ham oz tasirini korsatmay qolmaydi. Natijada davlatning xalqaro nufuziga ham jiddiy tasir otkazadi.

Yana bir holat. Mansabdor shaxslar mansabni masuliyat, vazifa sifatida emas, imtiyoz sifatida qabul qilishmoqda. Lavozimimdan foydalanib qolay, amal kursisida yana qancha vaqt otiraman, qabilida ish tutishmoqda.

Nigmatilla Yoldoshevning takidlashicha, mamlakatda davlat xizmatchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga qaramasdan, birgina otgan yilda korrupsiya bilan bogliq ogir jinoyatni sodir etgan 2 ming nafarga yaqin mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Bosh prokuraturadan olingan malumotlarga kora, otgan yili 116 nafar bank rahbarlari, ularning orinbosarlari hamda bosh hisobchilariga nisbatan 68 ta jinoiy ish ochilgan. Xalq talimi tizimidagi qariyb 150 nafar xodimga nisbatan 103 ta jinoiy ish qozgatilgan bolib, ularning 24 tasi poraxorlik bilan bogliq ekanligi vazirlik mutasaddilarini tashvishga solishi darkor. Bu birgina osha sohalar mutasaddilarini emas, barchamizni oylantirishi, keng mushohada qilishga undashi zarur.

Kunora kimningdir pora bilan qolga tushganini eshitamiz. Korrupsiyaga qarshi kurash samara berayotganidan quvonamiz. Ammo shu orinda kishini tashvishga solayotgan holat bor. Bu korrupsiyaga qarshi kurashning oldingi saflarida turuvchi, bunga bevosita masul bolgan idoralarning ozida ham korrupsiyaga toliq barham berilmayotganidir.

Otgan yilning ozida 39 nafar ichki ishlar tizimi xodimi, 10 nafardan ziyod prokuratura xodimi, 2 nafar davlat bojxona tizimi xodimi, 1 nafardan sudya va advokatga nisbatan poraxorlik jinoyati uchun ish qozgatilganini hech narsa bilan izohlab bolmaydi, dedi Senat Raisi.

Kasallikni davolashdan kora, uning oldini olgan maqul. Demak, ushbu illatning faqat oqibatlari bilan kurashish kutilgan natijani bermaydi. Shunday ekan, korrupsiyaga olib keladigan har qanday holat va omillarni bartaraf etish lozim. Buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish, bu yoldan aslo chekinmaslik zarur.

Majlis davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat idoralarining tegishli bolinmalari tomonidan bevosita aniqlanadigan, yani faqat ularning say-harakatlari natijasida fosh etilishi mumkin bolgan jinoyatlarni, shu jumladan, mansab bilan bogliq jinoyatlarni aniqlash masalasiga alohida etibor qaratish lozimligi takidlandi. Shuningdek, har bir davlat idorasi sohadagi tegishli xavf-xatarlarni inobatga olib, Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda ozining dasturini tasdiqlashi zarurligi qayd etildi.

Komissiya majlisida barcha davlat organlari va tashkilotlari idoraviy chora-tadbirlarni amalga oshirish ustidan ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish lozimligi aytildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha ichki komissiyalar ishini faollashtirish lozimligi, buning uchun rahbar shaxsan javobgar ekanligiga alohida toxtalib otildi. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini oz vaqtida aniqlamagani va tegishli baho bermagani uchun shaxsan javobgar bolishi xususida ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Idoralararo komissiya oz vakolatlari doirasida vaqti-vaqti bilan vazirlik va idoralarda, hududlarda korrupsiya bilan bogliq holatni organib borishini malum qildi. Bu togrisida hech kim ogohlantirilmasligi takidlandi. Tegishli ishchi guruhlar Komissiyaning korsatmasi asosida istalgan paytda organishga kirishishi mumkin. Bunday korsatmani berish uchun Komissiya Ijtimoiy fikr jamoatchilik fikrini organish markazi va boshqa tuzilmalar tomonidan taqdim etiladigan tahlillarga ham asoslanadi.

Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha respublika idoralararo komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi. Unga kora, Idoralararo komissiyaning chora-tadbirlar rejasi, Korrupsiyasiz soha loyihasini tayyorlash va amalga oshirish boyicha ishchi guruhlar, Idoralararo komissiya huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi va Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ommaviy axborot vositalarida keng targib qilishga qaratilgan media-reja tasdiqlandi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Mahliyo ALIQULOVA tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: