O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
11.06.2019

SAID-ABDULAZIZ YUSUPOV QIYNOQQA SOLINDIMI?

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratasi hibsda saqlanayotgan S.Yusupov haqida axborot berdi.

Ma’lumki, joriy yil 10 may kuni Yusupov Said-Abdulaziz Kamoliddinovich Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib ushlangan va DXX tergov hibsxonasiga joylashtirilgan edi.

S.Yusupov 12 may kuni DXX Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qollanilgan.

16 may kuni Respublika Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali xulosasida S.Yusupovda qon-tomir kasalligi aniqlangani, ayblanuvchining salomatlik holati unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qollanilishi va tergov harakatlarida ishtirok etishiga tosqinlik qilmasligi korsatilgan.

Prokuratura.uz saytida keltirilishicha, 7 iyun kuni ayblanuvchi S.Yusupovning onasi J.Bakayeva Bosh prokuratura rahbariyati qabulida bolib, tergov jarayonida ogli jismoniy qiynoqqa solinayotgani haqida murojaat qilgan va oglini uning himoyachisi ishtirokida tibbiy korikdan otkazishni soragan.

8 iyun kuni Bosh prokuratura tomonidan himoyachi A.Shaymardonov va tergov ustidan nazorat olib boruvchi prokuror D.Rahmatullayev ishtirokida mutaxassis-shifokorlarni jalb qilgan holda ayblanuvchi S.Yusupov tibbiy korikdan otkazilganda, uning tanasida biron-bir tan jarohati yoki qiynoq alomatlari aniqlanmagani malum qilindi.

S.Yusupov oz himoyachisi A.Shaymardonov ishtirokida ixtiyoriy bergan yozma tushuntirishida unga nisbatan tergov jarayonida hech qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiqlar otkazilmaganini, hozirda kasalligi boyicha tegishli dori vositalari va tibbiy muolajalarni oz vaqtida olayotganini bildirdi, deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Manba: prokuratura.uz


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: