O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
30.04.2019

INFLYATSIYANI PASAYTIRISHGA IMKONIMIZ BORMI?..

Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha hukumat a’zolarining hisoboti eshitildi

Ozbekiston XDP fraksiyasining yigilishida joriy yilga moljallangan Davlat dasturining birinchi chorak yakunlari boyicha ijrosi haqidagi hisobot dastlabki tarzda korib chiqildi.

Yigilish davomida Davlat dasturining ijrosi boyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Bosh vazirning orinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qochqorov hisobot berdi.

— Hisobdorlik har bir rahbarni hushyorlikka chorlaydi, dedi u. Oz faoliyatimizga ming bor nazar tashlab, haqiqiy bahoni olish imkonini beradi.

Hisobot davrida mamlakatimizda iqtisodiyotning barqaror osish suratlari va makroiqtisodiy barqarorlik, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, jozibador investitsiya muhitini yaratishga erishildi. Yalpi ichki mahsulotning osish surati 5,3 foizga, xususan, sanoat sohasi 6,8 foizga, xizmatlar korsatish hajmi 11,1 foizga, chakana savdo aylanmasi 5,9 foizga va qishloq xojaligi 2,5 foizga osgan.

Davlat byudjetining 2019 yil birinchi choragidagi daromadlari 23,0 trillion som, xarajatlari esa 24,1 trillion somni tashkil etib, otgan yilning ushbu davriga nisbatan mos ravishda 1,6 va 1,7 barobarga oshgan.

Ijtimoiy infratuzilma obektlarini moliyalashtirish boyicha birinchi chorak davomida umumiy qiymati 3412,2 million AQSh dollari bolgan 32 ta ishlab chiqarish va ijtimoiy tuzilma obektlari ishga tushirilib, 1806 ta yangi ish orni yaratildi.

Joriy yilda investitsiya dasturi doirasida jami 1 213 ta ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital tamirlashga 3,8 trillion som miqdorda mablag ajratilishi belgilab olingan. Jumladan, sogliqni saqlashga 972,3 miliard som, umumiy orta talim muassasalariga 975 milliard som, maktabgacha talim muassasalariga 1 654 milliard som mablag yonaltiriladi.

Maktabgacha talim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar natijasida birinchi chorakda bolalarni qamrab olish darajasi 38,4 foizga yetkazildi. Bu korsatkich otkan yili 37,7 foiz edi. Shuningdek, tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpogiston Respublikasi, Fargona viloyati hamda Toshkent shahrida bolalarni boshlangich talimga bir yillik tayyorlash uchun jami 486 ta majburiy bepul guruhlar tashkil etilib, 11,1 ming nafar 6 yoshli bola qamrab olindi.

Ayni vaqtda kopchilikni inflyatsiya darajasi qiziqtirishi tabiiy. Inflyatsiya darajasi otgan yilgi korsatkichga nisbatan u qadar ozgarmaydi. Ammo buni muvozanatda ushlash uchun malum harakatlarni amalga oshirish lozim boladi. Orni kelganda aytishim kerakki, inflyatsiyani keskin pasaytirish imkoniga ham ega emasmiz.

Yaqin-yaqingacha iqtisodiy osish modelini «yoqilgisi», aylantiruvchi kuchi ikki omilga asoslangandi. Birinchisi, qishloq xojaligi mahsulotlariga narxni kam belgilash va bu orqali sanoatda foyda yaratilib, iqtisodiy osishga erishilgan. Ikkinchidan, energitika resurslariga narxni past belgilash va yillar davomida narxni ozgartirmaslik hisobiga amalga oshirilgan. Shu bilan birga neft-gaz, energitika, qishloq xojaligi sohalariga investitsiyaga bolgan defetsit keskin oshib ketgan. Buning oqibatida oxirgi yillarda respublikamizning aksariyat hududlariga gaz, elektr energiyasi yetkazib berish bilan bogliq muammolarga duch kelingan. Yana qaysidir hududda yer shorlangan. Bugungi kunda mazkur muammolar ketma-ketlikda bartaraf etilmoqda. Narx-navolar ortasidagi disproporsiyalarni togirlash lozim boladi. Bu albatta kopchilikka yoqmaydi. Shu masalada ham deputatlardan yordam sorab, aholi ortasida tushuntirish ishlarini olib borishda komaklashishini istardik.

Jahon ekspertlarining fikriga kora, inflyatsiya darajasini ushlab turishda iqtisodiyotga berilayotgan kreditlar hajmi osishini cheklash ham muhim hisoblanadi. Bu korsatkich otgan yilda 52 foizni korsatgan.

Joriy yildan yangi Soliq konsepsiyasi amalga kiritildi. Kopgina manosi yoq soliqlar bekor qilindi, stavkalar kamaytirildi. Qisqa qilib aytganda, adolatli soliq tizimiga otildi. Rosti, katta xavotirimiz bor edi. Negaki, bu juda keskin ozgarish hisoblanadi. Ammo natija kutilganidan ham yaxshi bolyapti. Otgan yilda qoshilgan qiymat soligini tolovchi subektlar bor yogi 7 mingta edi. Qolganlari esa yagona soliq tolovini tolardi. Joriy yil yangi soliq tizimiga otilayotganda hisob-kitoblarga kora, 17 ming korxona qoshilgan qiymat soligini tolashi kutilgandi. Birinchi chorak natijalariga kora, ularning soni 25 mingtaga, aprel oyiga kelib esa 31 ming, umumiy hisobda 38 mingtaga yetdi.

Soliq tolayapti deganda, bazan quloqni kesadigan gapdek tuyiladi. Joylarda qoshilgan qiymat soligining mazmun-mohiyati afzalligini tushuntirish ishlarini yanada kopaytirsak, koproq natijaga erishishimiz mumkin. Mana shunday tadbirlar natijasida 2 mingga yaqin korxona oz xohishi bilan shu soliq turiga otish istagini bildirdi.

Hisobot davomida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, respublikamizning turli hududlarini iqtisodiy tomondan rivojlantirish masalalariga ham alohida etibor qaratildi. Kamchilik va muammolarni bartaraf etish haqida ham soz bordi.

Shundan song deputatlarni qiziqtirgan savollarga Jamshid Qochqorov va hukumatning boshqa azolari javob berishdi.

Savol:

Bugungi kunda aholining bosh turgan mablaglari hajmi yuzasidan Hukumatda aniq tahliliy malumotlar bormi? Bu mablaglarni iqtisodiyotga faol jalb etish, yani, ichki investitsiyani rivojlantirish boyicha qanday choralar korilmoqda?

Bizda xususiy mulkka hurmat azal-azaldan mavjud, aslida shunday bolishi ham kerak. Mutaxassislar fikriga kora, bugungi kunda xufyona iqtisodiyotda 30 milliard AQSh dollariga teng mablag aylanadi. Yiliga chet elda mehnat qilayotgan fuqarolarimizdan 5 milliard AQSh dollariga yaqin mablag bank hisoblariga kelib tushmoqda. Tahlillarimizga kora, bugungi kunda aholining bosh turgan mablaglari umumiy hajmi taxminan 10 milliard AQSh dollarini tashkil etadi...

Savol:

Har bir oila tadbirkor dasturi boyicha aholida ishonchsizlik paydo bolmoqda. Tadbirkor ish boshlayman, deb bankka murojaat qilganda, limitni bohona qilib, kredit berolmasliklarini aytishyapti. Markaz hal qiladi, deya turli vajlar keltirilmoqda. Bank xodimlarining tadbirkorlarga muomalasi ham tabni biroz xira qilyapti. Shu masalada nima deya olasiz?

Javob:

Har bir oila tadbirkor dasturiga masul shaxsman. Otgan haftada shu masalada barcha viloyatlardagi masullar ishtirokida selektor otkazdik. Albatta, muammolar yoq, deya olmayman. Lekin bajarilayotgan ishlarni ham unutmaslik kerak. Keling, deputatlar bilan birga shaxsan ozim va masul shaxslardan bir jamoa tuzsak. Dastlab uch viloyatni tanlab, shu dastur boyicha davra suhbati otkazsak. Joylarda aholi duch kelayotgan muammolarni ozlaridan eshitib, masala yechimini birgalikda hal qilishga urinsak, maqsadga muvofiq bolardi.

Shu vaqtga qadar mazkur dastur doirasida 700 milliardga yaqin kredit berildi. Buning kam yoki kopligini hech kim aytolmaydi. Eng asosiysi, uning samaradorligini taminlashimiz lozim, deb oylayman.

Deputatlar tomonidan Davlat dasturining keyingi choraklardagi ijrosi natijadorligini oshirish borasida taklif va tavsiyalar berildi. Hisobot yakunlari boyicha fraksiyaning qarori qabul qilindi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: