O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
30.04.2019

OZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TALIMI TIZIMINI 2030 YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Ozbekiston Respublikasida umumiy orta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yonalishlarini belgilash, osib kelayotgan yosh avlodni manaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga kotarish, oquv-tarbiya jarayoniga talimning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi «Xalq talimini boshqarish tizimini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi PF-5538-son Farmoniga muvofiq:

1. Quyidagilar:

a) Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi orinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:

Ozbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Oquvchilarning talim sohasidagi yutuqlarini baholash boyicha xalqaro dastur reytingi boyicha jahonning birinchi 30 ta ilgor mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

uzluksiz talim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

oqitish metodikasini takomillashtirish, talim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

xalq talimi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;

xalq talimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag bilan taminlashning samaradorligini oshirish;

yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini taminlashda maktabdan tashqari talimning zamonaviy usullari va yonalishlarini joriy etish;

davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat talim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;

yoshlar talim-tarbiyasi uchun qoshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

xalq talimi tizimida faoliyat korsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy orta talim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tolash, moddiy ragbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish;

b) Ozbekiston Respublikasining xalq talimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish boyicha Yol xaritasi (keyingi orinlarda Yol xaritasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Konsepsiya tegishli davrga moljallangan maqsadli parametrlar va asosiy yonalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan Yol xaritasi orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qoyilsin.

2. Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligiga:

har yili 1 dekabrga qadar otayotgan yil boyicha tasdiqlangan Yol xaritasini puxta organish asosida kelgusi yil uchun Yol xaritasi loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Yol xaritalarining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritish va uning natijalarini har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borish vazifalari yuklansin.

3. Quyidagilar mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

respublika byudjeti mablaglari;

Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi huzuridagi Xalq talimi sohasidagi islohotlarga komaklashish jamgarmasi mablaglari;

imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

4. Quyidagilarga:

Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari A.A.Abduhakimovga Konsepsiya va Yol xaritasini ijro etish yuzasidan masul vazirliklar va idoralar faoliyatini samarali tashkil qilish va ozaro hamkorlik qilish, Yol xaritalari bajarilishi yuzasidan otkazilgan monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklarni oz vaqtida bartaraf etish yuzasidan;

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, masul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga Konsepsiya va Yol xaritasida nazarda tutilgan tadbirlarni oz vaqtida, sifatli va toliq bajarish yuzasidan;

Ozbekiston Respublikasi xalq talimi vaziri Sh.X.Shermatovga Konsepsiyaning maqsadli korsatkichlariga erishilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi va Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini keng yoritish boyicha chiqishlar hamda mavzuga oid korsatuvlar tashkil etsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan ozgartirish va qoshimchalar togrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019 yil 29 aprel


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: