O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
19.03.2019

DEPUTATLIK SOROVLARIGA MUNOSABAT OZGARGANI YOQ!

O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zolari vazirliklar mutasaddilariga shu masalada qattiq etiroz bildirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasining saylov okruglarida otkazgan uchrashuvlarida kotarilgan masalalar muhokamasiga bagishlangan kengaytirilgan yigilish bolib otdi. Unga vazirlik va idoralar mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.

Deputatlar joriy yil 26 fevral – 2 mart kunlari saylov okruglarida otkazgan uchrashuvlari erkin muloqot, amaliy natijalarga boy boldi. Uchrashuvlarda 550 ga yaqin masala kotarilgan bolsa, shularning 180 tasini joyida hal etishga erishildi. Fuqarolarni ish bilan taminlash, bank kreditlarini olish, pensiya va nafaqalar tolovi, pasport olish kabi masalalar shular jumlasidandir. 192 ta masala tuman-shahar miqyosida hal etilishi mumkinligidan kelib chiqib, tegishli masullarga korsatmalar berildi. Viloyat darajasidagi 70 dan ziyod masalani esa viloyat hokimliklari va boshqa mutasaddilar bilan hal etish choralari korilmoqda.

Kengaytirilgan yigilishda respublika darajasida hal etilishi kerak bolgan 80 masala vazirliklar, davlat qomitalari va boshqa markaziy tashkilotlar mutasaddilari bilan atroflicha muhokama etildi. Ayniqsa, deputatlar tomonidan fuqarolar bandligini taminlash, aholiga tibbiy xizmat korsatish, ijtimoiy nafaqalar tayinlash, ichki yollarni tamirlash, nogironligi bolgan shaxslar huquq va manfaatlarini muhofazalash, uy-joy, aholi turmush tarzi bilan bogliq boshqa qator dolzarb masalalar kotarilayotgani qayd etildi. Umumiy mazmundagi malumotlar berilganidan keyin yigilish ancha qizib ketdi.

Nomon AKBAROV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

— Togri, joylarda amaliy ishlar qilinayotgani juda yaxshi. Ammo hanuz kozboyamachilik, belgilangan vazifani muddatidan kechiktirish holatlariga, yolgon vadalarga barham berilgani yoq. Fargona viloyati Ozbekiston tumani Dasht qishlogidagi QVP optimallashtirish hisobiga tugatilgan. Bu esa aholiga turli qiyinchiliklar tugdirmoqda. Ularning murojaatiga kora, vazirlikka sorov yuborgandik. Parlament soroviga patronaj va tez tibbiy yordam xizmatlari korsatilayotgani haqida javob keldi. Ammo joyiga borib organilganda bularning hech biri yolga qoyilmaganini kordik. Parlament soroviga notogri axborot berilgan. 2018 yilda matbuotda elon qilingan tanqidiy maqolalar, fikr-mulohazalarga nisbatan tushuntirish sorab yozilgan xatimiz ham etiborsiz qoldirilgan.

Shuningdek, Qoqon shahridagi oilaviy poliklinikalarda elektron royxat shakllantirilgan bolishiga qaramay, ular tizimga ulanmagan. Natijada ovoragarchiliklar hamon davom etmoqda. Yoki joriy yil yanvar oyida Qoqon shahridagi «Muruvvat» uyiga borganimizda suv quvurlari, inshootlari ishlamayotganini kordik. Bu masalada Uy-joy kommunal xojaligi vazirligiga hududdagi rahbarlar muammoni hal qilolmagani sabab xat yuborayotganimni tushuntirib, sorov yubordim. 12 fevraldagi ushbu sorovga hali javob ololganim yoq.

Talim tizimida hamon qogozbozlik, byurokratiya davom etyapti. 8-son maktabgacha talim muassasasiga kirdik. Bolalarning kiyinish xonasida yillar davomida chiroq yoq. Yoki 25-bogchada issiqlik suvi yoq. Ariston buzilib qolgani sababli bolalar qish mavsumida sovuq suvdan foydalanyapti. Ammo bu muammolar hech kimni qiziqtirmaydi.

Tursunpolat NORBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Vazirlik va mutasaddi idoralar rahbarlarining koziga qarab aytish kerakki, hali-hanuz deputatlarning sorovlariga, murojaatlariga etiborsizlik, bepisandlik va loqaydlik davom etmoqda. Masalan, Jarqorgon tumanidagi tibbiyot birlashmasi hududiy bolimi 2015 yilda kapital rekonstruksiya boldi. Mablag yetishmagani sababli poliklinika, oshxona, kir yuvish xonasi chala qolib ketdi. Shundan beri vazirlikka murojaat qilaman, javob esa doim bir xil belgilangan investitsiya dasturi asosida amalga oshiriladi. Otgan yilgi sorovga Yusuf Aliyev imzosi bilan 2018-2019 yillarda investitsiya dasturiga kora amalga oshiriladi, degan javob keldi.

Yana bir sorovga Avtoyol qomitasidan ham 5 yildan buyon bir xil mazmundagi javob keladi. Surxon-Sherobod, Jarqorgon-Qizil yollarini tamirlash bilan bogliq sorov kiritaman. Unga viloyat avtomobil yollari boshqarmasi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsdan belgilangan tartibda muammo hal etiladi, degan mazmunda javob keladi.

Joylarga borganimizda fuqarolarga order olishda yordam beramiz. Birgina misol, kam taminlangan oila azosi amal-taqal qilib, yolkira topib, poytaxtdagi respublika onkologiya markaziga davolanishga keladi. Markazdagilar bir-ikki oydan keyin kelishini aytadi. Axir bunga osha shaxsning imkoni yoq-ku. Agar kasalligi xuruj qilgan bolsa, u bir necha oy kuta oladimi?..

Bu kabi muammolar har bir sohada topiladi. Gap uning qanchaligida emas, asosiysi, muammoga mutasaddilarning munosabatida. Bizga saylovchilar dardini aytib kelsa, vazirliklarga sorov yuboramiz. Iltimosimiz ham, talabimiz ham shuki, ularga etiborliroq bolish kerak. Hech bolmasa, bir muammo yuzasidan avvalgi bergan javoblaringizni eslab, qarab qoyinglar. Bir-biriga zid bolgan javoblar bilan xalqimiz oldida bizning ham, sizning ham yuzingiz shuvut bolib qolmasin. Ular sizu bizga ishonmasa, suyanmasa, kimga borsin, dodini kimga aytsin?..

Avaz ORINBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Buvayda tumanidagi 5-sonli orta maktab 1977 yilda qurilgan. Oxirgi marta 2006 yilda tamirlangan. Maktab hovlisida sport zal uchun maydon kovlangan, beton quyilgan, armaturalar chiqib turibdi. Biroq 3 yildan beri holat shu boyicha ozgarmasdan qolmoqda. Bolalarning toplari chuqurga tushib ketsa, ular tushib olib chiqishga majbur bolmoqda.

3-sonli maktabgacha talim muassasasida bolganimizda bir hamshira ayol murojaat qildi. Uning sozlariga kora, hamshiralar oyligi bir necha yillardan buyon oshirilmay kelmoqda. Bogchadagi hamshiralar sogliqni saqlash tizimiga kirmasligi sababli ularning oyligi oshirilmas ekan. Talim sohasidagi oylik ish haqining oshirilishi ham ularni chetlab otarkan. Ushbu masalada ham chora korilishi kerak, deb oylayman.

Yigilishda, shuningdek, boshqa turli masalalarda soz yuritildi. Joylarda tadbirkorlarga bolayotgan suniy tosiqlar, sohalar boyicha uchrayotgan kamchiliklar muhokama qilindi. Parlament nazoratining barcha shakllaridan samarali foydalanish muammolar kelib chiqishining oldini olishga, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilishi alohida takidlandi. Yakunda fraksiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: