O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
12.03.2019

XOTIN-QIZLARNING MEHNAT HUQUQLARI KAFOLATLARINI YANADA KUCHAYTIRISH VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI QOLLAB-QUVVATLASHGA OID CHORA-TADBIRLAR TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga sozsiz rioya etilishini ta’minlash, mehnat huquqini kafolatlash va ayollar tadbirkorligini qollab-quvvatlash borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasining vazifalari qayta korib chiqildi, tuman (shahar) xotin-qizlar qomitalari tuzilmasida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda manaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boyicha mutaxassis lavozimi joriy etildi, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bolinmalari, Xotin-qizlarni va oilani qollab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi, shuningdek, Motabar ayol kokrak nishoni tasis etildi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlarini qollab-quvvatlashning yangi tizimi yaratildi.

Shu bilan birga xotin-qizlarning huquqlarini kafolatlash, tadbirkorlik sohasida samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini yaratishga tosqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud.

Jumladan, uzoq muddat bola parvarishlash bilan band bolgan ayollarni mehnat bozorida talab yuqori bolgan kasblar boyicha qayta tayyorlash borasidagi ishlar yetarlicha tashkil etilmagan.

Xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qollab-quvvatlash, mehnat faoliyatini ragbatlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida:

1. Belgilab qoyilsinki, 2019 yil 1 maydan:

ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qollash boyicha taqiqlar bekor qilinadi;

tavsiyaviy xarakterdagi ayollar sogligiga salbiy tasir etishi mumkin bolgan soha yoki kasblar royxati tasdiqlanadi;

bola parvarishlash tatilining kamida uch oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda, ota yoki onadan biriga Ozbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasi tartibida qoshimcha bir oy nafaqa tolanadigan bola parvarishlash tatili beriladi;

ikki yoshga tolmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarning biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi beriladi;

ayollarning pensiya yoshiga tolganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga tolgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga kora bekor qilish taqiqlanadi;

erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bogliq ishlarning sudlarda korib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan korsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga kora davlat hisobidan qoplanadi.

2. Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Tadbirkor ayol Ozbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qomitalari komagida nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega bolgan xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarini (keyingi orinlarda markazlar deb yuritiladi) tashkil etish togrisidagi taklifi maqullansin.

3. Quyidagilarni markazlarning asosiy vazifalari etib belgilash tavsiya etilsin:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda uzoq muddat bola parvarishlash tatilida bolgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar boyicha qayta tayyorlash va ularning ishga joylashishiga komaklashish;

tadbirkorlik bilan shugullanish istagini bildirgan ayollarni markazlarga jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga komaklashish;

ayollarning oz biznesini tashkil etish va yuritish konikmalarini shakllantirish, biznes goyalarini tayyorlashda konsultativ yordam berish, shu jumladan, loyiha biznes-rejasini tayyorlash, soliqqa tortishning turli rejimlarini tanlash va qollash, buxgalteriya hisobini yuritish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va boshqa yonalishlar boyicha oqitishni tashkil etish;

zarur hollarda faoliyatini boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlarga mahallalardagi bosh turgan binolardan joy ajratilishiga komaklashish;

tadbirkor ayollarga va tadbirkorlik bilan shugullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga oz biznesini tashkil etishda zarur maslahatlar berish va amaliy yordam korsatish, shu jumladan, ishonchli hamkorlarni topish, minitexnologiyalar va uskunalar sotib olishda komaklashish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning realizatsiya qilinishiga komaklashish;

norasmiy faoliyat yuritayotgan hunarmand ayollarga royxatdan otish, Hunarmand uyushmasiga azo bolish orqali soliqlar va boshqa turdagi imtiyozlardan foydalanishda hamda imtiyozli kredit olishda amaliy yordam korsatish.

4. Belgilab qoyilsinki:

markazlar biznes-inkubator shaklida xotin-qizlarning tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyatini, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga komaklashish maqsadida Xotin-qizlarni va oilani qollab-quvvatlash jamoat fondi mablaglari hisobidan tashkil etiladi;

markazlarni saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va asosiy vazifalari amalga oshirilishi bilan bogliq bolgan xarajatlar Xotin-qizlarni va oilani qollab-quvvatlash jamoat fondiga tijorat banklariga imtiyozli kredit ajratish uchun berilgan resurslardan hisoblangan foizdan kelib tushgan mablaglar (bank marjasidan tashqari) hamda xalqaro tashkilotlar grantlari mablaglari hisobidan moliyalashtiriladi;

tadbirkorlik bilan shugullanish istagini bildirgan xotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va tuman (shahar) xotin-qizlar qomitasi tomonidan shakllantiriladigan royxat asosida maxsus oqitish dasturi boyicha oqitiladi;

maxsus oqitish dasturlarini muvaffaqiyatli ozlashtirgan xotin-qizlar orasidan tegishli tuman (shahar) Xotin-qizlar qomitasi raisi tavsiyasiga kora tadbirkorlik faoliyatini yolga qoyish uchun 3 yildan kop bolmagan muddatga 6 oylik imtiyozli davr va yillik 8 foiz stavkada imtiyozli kreditlar hududlarda aholi bandligini taminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni kreditlash tartiblari asosida ajratiladi;

Xotin-qizlarni va oilani qollab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan tijorat banklariga har yili ajratiladigan 100 milliard som resurs mablaglari imtiyozli kredit mablaglarining manbasi etib hisoblanadi. Mazkur resurs mablaglarining kamida 50 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladigan xotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yonaltiriladi.

Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi bir oy muddatda kredit olish uchun tavsiya berish jarayonining adolatli va shaffofligini taminlovchi tartibni tasdiqlasin.

5. Xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yol qoymaslik maqsadida Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi komagidagi Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish boyicha komissiya 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

6. Quyidagilar Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish boyicha komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

mamlakatda gender tenglikni taminlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ayollarning gender tengligi buzilishiga oid murojaatlarini korib chiqish;

kasbiy segregatsiya, ish haqi ortasidagi farq, aholining iqtisodiy faol qatlami orasida ayollarning ulushini kopaytirish masalalari boyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish boyicha umumetirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

ayollarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash va samarali amalga oshirilishini taminlash hamda keng qamrovli targibot ishlarini tashkil etish.

7. Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi Adliya vazirligi va Inson huquqlari boyicha milliy markaz bilan birgalikda ikki oy muddatda:

a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar kafolatlari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

gender tenglik tushunchasi va turlari;

vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari;

davlat boshqaruvida ishtirok etish, ishga qabul qilish yoki yollash, kredit olish va tadbirkorlik bilan shugullanishda gender tenglikni taminlashga oid normalar;

gender tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek, bunday buzilishga olib keladigan qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik;

b) quyidagilarni nazarda tutuvchi Xotin-qizlarni tazyiq va zoravonliklardan himoya qilish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

maishiy, ish joyidagi va talim muassasalaridagi tazyiq va zoravonliklar turlari;

vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari;

tazyiq va zoravonliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik;

sudgacha va sud jarayonida tazyiq va kamsitishlarga duchor bolgan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan protsessual kafolatlar.

8. Ozbekiston Respublikasi Davlat statistika qomitasi Xotin-qizlar qomitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Markaziy bank, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2-ilovaga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan minimal gender korsatkichlar va boshqa malumotlarning Gender.stat.uz veb-saytiga joylashtirilishini va malumotlar doimiy ravishda yangilanib borilishini taminlasin.

9. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda markazlarni barcha sharoitga ega bolgan xizmat xonalari bilan taminlasin.

10. Ozbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi hamda Xotin-qizlar qomitasi bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlarini xotin-qizlarning mehnat va tadbirkorlik huquqlari kamsitilishi holatlari mavjudligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilib, tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. Quyidagilarga:

Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari — Xotin-qizlar qomitasi raisi T.K.Norboyeva zimmasiga ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish yuzasidan;

Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boyicha orinbosari E.M.Ganiyev va Ozbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U.Umurzoqov zimmasiga Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish boyicha komissiya bilan hamkorlikda ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar va loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari, birinchi navbatda, ayollarni qollab-quvvatlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning texnik komak vositalari va kreditlarini jalb qilish boyicha doimiy va tizimli ravishda zarur tashkiliy-amaliy choralar korish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

12. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.

13. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartirish va qoshimchalar togrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari – Xotin-qizlar qomitasi raisi T.K.Norboyeva va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019 yil 7 mart


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: