O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
08.01.2019

INSON MEHNATI ULUGLANGAN MAMLAKAT FAROVON BOLADI

Inson azal-azaldan bunyodkorlik timsoli sifatida ulug‘lanib keladi. Uning yaratuvchilik salohiyatini royobga chiqarishda halol mehnat hal kiluvchi orin tutadi. Dunyoda insonning peshona teri, bunyodkorlik daxosi bilan yaratilgan qanchadan-qancha moddiy va nomoddiy mojizalar mavjud. Ularning eng yorqin namunalarini qadimiy yurtimiz tuprogida ham koplab uchratish mumkin. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Termiz, Qarshi, Shahrisabz, Qoqon va Margilon kabi kuhna shaharlarimizdagi me’moriy obidalar, «Shashmaqom», Xamsa, Boburnoma kabi manaviyat durdonalari ulug ajdodlarimizning aql-zakovati, oliyjanob mehnatining natijasi sifatida barchamizda gurur va iftixor tuygularini uygotadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda mehnat munosabatlari borasidagi ezgu ananalar izchil davom ettirilmoqda va yangicha mano-mazmun bilan boyitilmoqda. Har bir soha vakillarining mehnatini munosib qadrlash, bu yonalishdagi ijtimoiy munosabatlarni demokratlashtirish va soglomlashtirish, adolatsizlikning turli korinishlaridan xoli qilish masalasiga alohida etibor qaratib kelinayotgani barchamizga yaxshi ayon. Ayniqsa, biz — ilm-fan sohasi xodimlari bu ozgarishlarni birinchilardan bolib his etganimizni hamisha minnatdorlik bilan gapiramiz. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti 2016 yil dekabr oyining oxirida birinchi uchrashuvi va muloqotini aynan ilm-fan namoyandalari bilan otkazgan edi. Osha tarixiy uchrashuvda olimlar mehnati igna bilan quduq qazishdek mashaqqatli ekanini takidlab, ularning ilmiy izlanishlari natijalarini har tomonlama ragbatlantirish kerakligini aytgan edi. Bu fikrlar qisqa muddatda hayotda oz ifodasini topa boshladi.

Masalan, keyingi ikki yil davomida mehnatga haq tolash tizimi qaytadan korib chiqildi. Ayniqsa, talim, sogliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sanat sohalarida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning ish haqi bir necha barobar oshirilgani, pedagog xodimlarni ularning kasb yonalishiga taalluqli bolmagan turli ishlarga jalb etish, tinkani quritadigan tekshirishlar bekor qilingani jamiyatimizda chinakam adolatni qaror toptirish yolidagi ulkan qadamlar boldi.

Shuningdek, ayollar va bolalarni qishloq xojaligi ishlariga majburan jalb etishga butunlay chek qoyilgani xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan maqullandi.

Prezidentimizning Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bagishlab otkazilgan tantanali marosimdagi maruzasida boshqa muhim masalalar qatori mehnat munosabatlarini takomillashtirishga, xususan, kafolatlangan pensiya taminoti, aholi uchun munosib mehnat sharoiti va ish orinlari yaratish, sogliqni saqlash tizimi xodimlari ish haqini oshirish, yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga tayyorlash, ularning oliy talim dargohlarida bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida etibor qaratildi.

Mehnat munosabatlari sohasida 40 yildan ziyod vaqt mobaynida ilmiy kuzatish va tadqiqotlar olib borayotgan olim sifatida aytishim mumkin: bu yonalishda puxta asoslangan siyosat yuritib, juda qisqa muddatda ulkan amaliy natijalarga erishgan davlatlar kop emas. Shu manoda, Ozbekiston tajribasi noyobdir. Shuning uchun ham u jahonda katta qiziqish uygotmoqda, xalqaro miqyosda etirof etilmoqda. Bu haqda BMT, Xalqaro mehnat tashkiloti, YuNISEF va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar minbaridan aytilgan ijobiy fikrlarni keyingi paytda kop eshitmoqdamiz.

Bu haqda soz borganda, Ozbekiston mehnat munosabatlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishda BMT va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan samarali hamkorlik qilib kelayotganini takidlash lozim. Otgan yil 13-15 dekabr kunlari Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder boshchiligidagi nufuzli delegatsiya rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boldi. Ushbu tashkilot rahbarining yurtimizga birinchi marta kelishini hisobga olib fikrlasak, Ozbekistondagi ozgarishlar unda katta qiziqish uygotganini anglatadi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Gay Rayderni qabul qildi. Bolib otgan samimiy suhbat davomida Ozbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti ortasida hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, bu borada erishilgan natijalar, istiqboldagi vazifalar haqida atroflicha fikr yuritildi.

Osha kuni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida yana bir muhim voqea bolib otganini takidlash orinlidir. Mehnat sohasi istiqboli: Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligi arafasida munosib mehnat bilan bandlikni taminlashga qaratilgan say-harakatlar mavzusidagi xalqaro konferensiyada Xalqaro mehnat tashkilotining bosh direktori va vakillari bilan birga BMTning Taraqqiyot dasturi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, YuNISEF, Migratsiya boyicha xalqaro tashkilot, Osiyo taraqqiyot banki kabi yirik tashkilotlar vakillari, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogiston, Tojikiston, Afgoniston, Qirgiziston, Turkmanistondan kelgan mehmonlar ishtirok etdi. Xalqaro mehnat tashkiloti rahbari Gay Rayder konferensiyada sozlagan nutqida ozining Ozbekistonga tashrifi Markaziy Osiyo mintaqasiga qilgan ilk tashrifi ekanini qayd etib, mamlakatimizda mehnat huquqini taminlash boyicha songgi yillarda katta ozgarishlar amalga oshirilayotganini etirof etdi. Anjumanning boshqa ishtirokchilari ham Ozbekistonning mehnat munosabatlari sohasida erishgan yutuqlariga yuqori baho berdi.

Ozbekiston Xalqaro mehnat tashkilotiga 1992 yilda azo bolgan. Otgan davrda mamlakatimizda ushbu tashkilotning 14 ta konvensiyasi, jumladan, 8 ta asosiy konvensiyasi ratifikatsiya qilingan. 2017 yildan boshlab 2020 yilgacha bolgan davrga moljallangan Munosib mehnat boyicha mamlakat dasturi amalga oshirilmoqda. Toshkent shahrida 2018 yilda Xalqaro mehnat tashkilotining milliy koordinatorining ofisi ish boshladi. Xalqaro konferensiyada ana shu dalillar keltirilar ekan, bularning barchasi Ozbekiston bilan Xalqaro mehnat tashkiloti ortasidagi hamkorlik tobora samarali bolib borayotganidan dalolat beradi, degan fikr bildirildi.

Xalqaro mehnat tashkiloti delegatsiyasi bilan Ozbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi faollarining kengaytirilgan uchrashuvi ham bolib otdi.

Ozbekiston mehnat sohasidagi oz xalqaro majburiyatlariga nisbatan masuliyatli va puxta yondashuvni namoyish etmoqda, dedi Gay Rayder mazkur uchrashuvda. Ozbekistonda bolalar va ayollar ortasida majburiy mehnatga yol qoymaslik boyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar va ularning samarasini alohida takidlash zarur. Shuningdek, uch tomonlama hamkorlar davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari ortasida yolga qoyilgan konstruktiv ijtimoiy muloqot, kasaba uyushmalari faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar boshqa mamlakatlar uchun namuna bolishga munosibdir.

Uchrashuv davomida Ozbekistonda ijtimoiy muloqotni rivojlantirish borasida aniq maqsadlarga qaratilgan ishlar olib borilayotganiga etibor qaratildi. Xususan, hozirgi vaqtda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Savdo-sanoat palatasi ortasida Bosh kelishuv imzolanib, unga amal qilib kelinayotgani, ana shu muhim hujjat ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshirish uchun uch tomonlama komissiya faoliyat olib borayotgani ijobiy baholandi. Ijtimoiy sheriklik va muloqotni rivojlantirish borasidagi say-harakatlar natijasida mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boyicha muhim ahamiyatga ega bolgan tarmoq kelishuvlari soni 2016 yildagi 95 tadan 2018 yilda 107 taga yetgani, korxona, tashkilot va muassasalardagi jamoa shartnomalari soni esa 171 taga yetgani bu yonalishdagi ishlar tobora kengayib, miqyosi ortib borayotganini korsatadi.

Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizda bolishi, mehnat huquqini taminlash yangi ish joylarining yaratilishi va aholini munosib mehnat bilan band etish borasidagi islohotlarni jahon tajribasi bilan qiyoslab, ijobiy fikrlar bildirgani bizga mehnat munosabatlarida kelgusi reja va vazifalarimizni aniq belgilab olish imkonini berdi. Bu boradagi say-harakatlarimizni har tomonlama kuchaytirish va samaradorligini oshirishda Xalqaro mehnat tashkiloti bizni qollab-quvvatlashga tayyorligi hamda ozaro hamkorlikni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani anjuman va uchrashuvlarning eng muhim xulosasi boldi.

Qalandar ABDURAHMONOV,

Ozbekiston Fanlar akademiyasiiing akademigi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: