O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
08.01.2019

OZXDP FRAKSIYASI QONUN LOYIHASINI NEGA QOLLAB-QUVVATLAMADI?..

O‘zbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi yigilishida muhokamaga qoyilgan «Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki togrisida»gi qonun loyihasini deputatlar puxta ishlanmagan, deb hisoblamoqda.

Chunki biror bir qonun loyihasini ishlab chiqishda kor-korona xorij tajribasiga ergashish emas, uni ozimizga, xalqimizga, madaniyatimizga moslashtirish talab etiladi. Har qanday huquqiy hujjat inson manfaatiga xizmat qilar ekan, uni amaliyotga joriy etishda shoshma-shosharlikka yol qoyib bolmaydi. Shuning uchun kopchilik ovoz bilan mazkur qonun loyihasi qollab-quvvatlanmadi.

Deputatlar boshqa qonun loyihalarini ham korib chiqdi. Xususan, Yaylovlar togrisidagi qonun loyihasi qizgin muhokama qilindi.

Ta’kidlandiki, hozirgi kunda yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar bir necha qonunlar, ondan ortiq qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinmoqda. Meyoriy-huquqiy hujjatlar inventarizatsiyasi hamda huquqni qollash amaliyotining tahlili mamlakatimizda yaylovlardan oqilona foydalanish sohasida hal etilishi lozim bolgan koplab dolzarb muammolar yigilib qolganini korsatmoqda.

Malumot uchun, 2018 yil 1 yanvar holatiga kora, respublikada yaylov va pichanzorlarning umumiy maydoni 21,1 mln. gektarni yoki mamlakat yer maydonining 46,5 foizini tashkil etadi. Hozirgi kunda ushbu yerlarda 2300 dan ortiq chorvachilik va qorakolchilik yonalishidagi fermer xojaligi faoliyat yuritib, ular tomonidan qorakol terisi, juni, gosht hamda sut mahsulotlari yetishtirilmoqda.

Lekin sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus qonun qabul qilinmagani, yaylovlardan oqilona foylanish yuzasidan davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari aniq belgilanmagani, tegishli tashkiliy choralarning korilmasligi salbiy holatlarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, mol boqish va pichan orish meyorlari, rejasi belgilanmagani, yaylovlarni muhofaza qilish, mahsuldorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion ishlanmalar joriy etilmagani, suv taminoti inshootlarining eskirgani ham holatning yomonlashuviga sabab bolmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi bilan mamlakat umumiy yer maydonining qariyb yarmini tashkil etadigan yaylovlardan oqilona foydalanishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yaratiladi. Yaylovlardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari aniq belgilanadi. Natijada har bir hudud ozi masul bolgan yerga alohida etibor qaratadi va javobgarlik ortadi, deb hisoblamoqda tashabbuskorlar.

Shu bilan birga, inqirozga uchragan yaylov maydonlarini aniqlash va tiklash, hosildorligini oshirish uchun ozuqabop ekinlarni ekish ishlari tashkil etiladi. Bu oz navbatida yem-xashak narxlari arzonlishishiga asos boladi. Oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini, aholiga gosht va sut mahsulotlarini yetkazib berishni kopaytirish hamda ularni eksport qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ahamiyatlisi, sohaga yangilik olib kiriladi. Yani, yaylovlarni muhofaza qilish va ularning hosildorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalar joriy etiladi. Chorva ozuqasi hajmining keskin kamayishi va yaylov yerlari inqirozining oldi olinadi. Albatta, bularning hammasi qabul qilinadigan qonunning ijrosi risoladagidek tashkil etilganda roy beradi.

Ozbekiston XDP fraksiyasi azolari oz fikr-mulohazalarini bildirgan holda qonun loyihalarini qollab-quvvatladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: