O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
29.12.2018

TARAQQIYOT YOLIMIZNING SHIDDATI OSHAVERADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etdi.

Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bolib otgan anjumanda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, nodavlat tashkilotlar faollari ishtirok etdi. Anjumanni videokonferensiya aloqa tizimi orqali viloyat, tuman va shaharlardagi mahalliy kengashlar deputatlari, barcha bogindagi ijro hokimiyati va xojalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek, mamlakatimizning chet ellardagi elchilari kuzatib bordi.

Bir yil muqaddam mamlakatimiz tarixida ilk marta Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi taqdim etilgan edi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan ushbu dasturilamal darajasidagi nutq asosida joriy yil uchun puxta amaliy rejalar tuzildi, xalqimizga munosib hayot barpo etish yolida ezgu tashabbuslar belgilandi.

Bu safargi Murojaatnomada ham yakunlanayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar va kelasi yilga moljallangan rejalar, Vatanimizning ichki va tashqi siyosatidagi asosiy tamoyillar bayon etilgani bilan barchada katta qiziqish uygotdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga muvofiq, joriy yildagi ishlarni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga kotarish maqsadida 2019 yil mamlakatimizda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb elon qilindi.

Bir soz bilan aytganda, kirib kelayotgan yilning bosh hujjati bolgan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yonalish ijrosi mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochadi, xalqimizning yangi, yanada yuksak marralarni qolga kiritishida poydevor bolib xizmat qiladi.

Matnazar ELMURODOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: