O'zb  
 
06.11.2018

XALQARO HAVASKOR BOKS ASSOTSIATSIYASI PREZIDENTI ETIB HAMYURTIMIZ GOFUR RAHIMOV SAYLANDI

Bu haqda RIA Novosti axborot tarqatdi.

Butun dunyo havaskor boks muxlislari va mutaxassislarining diqqat-e’tibori 2-3 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahriga qaratildi. Bu yerda Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) ning Kongressi bo‘lib otdi. 3 noyabr kuni AIBA prezidentligiga bolgan saylovda hamyurtimiz Gofur Rahimov va qozogistonlik Serik Konakbayev nomzodlari korib chiqildi.

Gofur Rahimov 2018 yil yanvar oyidan buyon ushbu tashkilotning prezidenti vazifasini bajaruvchi bolib kelayotgandi. Serik Konakbayev esa vitse-prezident edi. Saylovda 134 delegatdan 86 nafari Rahimovga ovoz bergan. Endi u 2022 yilgacha AIBAga rahbarlik qiladi.

«Mening ishonchim komil, boksning kelajagi yorug… Biz boksni rivojlantirish boyicha reja ishlab chiqqanmiz.Biz maqsadimizga yetamiz. Boks buyuk tarixga ega va men ishonaman, biz bu sport turi uchun buyuk kelajakni yarata olamiz», — dedi Rahimov Kongress paytida. Darhaqiqat, u dunyo boksi rivojiga katta hissa qoshib kelayotgan mutaxassis hisoblanadi.

Ozekiston vakilining nufuzli xalqaro boks tashkilotiga rahbar etib saylanishini biz sportimiz hayotidagi tarixiy voqea sifatida baholaymiz va uning faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: