O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
06.11.2018

OZBEKISTON RESPUBLIKASI SAVDO-SANOAT PALATASI HUZURIDA TOSHKENT XALQARO ARBITRAJ MARKAZINI (TIAC) TASHKIL ETISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda yuqori darajada qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, sarmoyadorlar, ayniqsa, xorijiy investorlar faoliyati uchun qulay huquqiy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, xalqaro iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash boyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ozbekistonda biznes sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini taminlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda nizolarni hakamlik sudlarida hal qilish mexanizmining joriy etilgani alohida ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subektlari, avvalo, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilishga, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va Ozbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga tosqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjud. Xususan:

birinchidan, Ozbekiston hududida xalqaro arbitrajlar faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy bazaning mavjud emasligi nizolarni hal etish uchun xorijiy davlatlar hududida joylashgan xalqaro arbitrajlarga murojaat qilishga majbur bolayotgan xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlik subektlari sarf-xarajatlarining oshishiga olib kelmoqda;

ikkinchidan, amaldagi qonun hujjatlari, jumladan, Ozbekiston Respublikasining «Hakamlik sudlari togrisida»gi qonuni tomonlarning investitsiyalar bilan bogliq nizolarni xalqaro arbitraj sohasidagi standartlarga muvofiq, xorijiy arbitrlarni jalb etgan hamda xorijiy huquqni qollagan holda korib chiqish imkoniyatlarini cheklamoqda;

uchinchidan, Ozbekistonda xalqaro arbitraj qarorlarini ijro etishning aniq huquqiy mexanizmlari shakllantirilmaganligi xorijiy investorlarning mamlakatimiz sud-huquq tizimiga bolgan ishonchiga salbiy tasir korsatmoqda, oqibatda respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirmoqda;

tortinchidan, mahalliy arbitrlar va xalqaro arbitraj sohasidagi boshqa mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati yolga qoyilmagan.

Investitsiyalar bilan bogliq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishning zamonaviy va xalqaro standartlarga asoslangan mexanizmlarini shakllantirish, investitsiya muhitini yaxshilash, investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi kafolatlarini mustahkamlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligining nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega Ozbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazini tashkil etish (keyingi orinlarda – Markaz) togrisidagi taklifiga rozilik berilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

a) turli davlatlarda joylashgan tijorat tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy investorlar ortasida yuzaga keladigan shartnomaviy va boshqa fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni, xususan, investitsiyalar, intellektual mulk va blokcheyn texnologiyalari bilan bogliq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishni tashkil etish;

b) nizolarni xalqaro arbitraj va nizolarni hal etishning boshqa muqobil usullari orqali hal etish mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish;

v) yetakchi xorijiy arbitrajlar bilan hamkorlikni yolga qoyish, xalqaro arbitraj orqali nizolarni hal etish sohasida tajriba almashish, shuningdek, Markazda nizolarni hal etishga xorijiy arbitrlarni jalb qilish;

g) xalqaro arbitraj, shu jumladan, investitsiyalar bilan bogliq nizolarni suddan tashqari hal etish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, ushbu yonalishda tadqiqotlar otkazish boyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

d) mahalliy va xorijiy xojalik yurituvchi subektlar, xususan, xorijiy investorlarga investitsiya bilan bogliq, shu jumladan, tomonlardan biri davlat bolgan nizolarning vujudga kelishining oldini olish sohasida konsultatsiya xizmatlarini korsatish.

2. Belgilansinki:

Markazga arbitr sifatida Ozbekiston Respublikasi fuqarosi bolgan mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy davlatlar fuqarosi bolgan malakali arbitrlar ham jalb etilishi mumkin;

tomonlarning kelishuviga kora, nizolarni hal etishda Markaz arbitrlari tomonidan boshqa, shu jumladan, xorijiy davlatning huquqi qollanishi mumkin;

Markaz arbitrlarining qarorlari Ozbekiston Respublikasi hududida hakamlik sudlari qarorlarini ijro etish uchun qonun hujjatlarida, shuningdek, Ozbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida kozda tutilgan tartibda ijro etiladi;

Markazda yozishmalar va ish yuritish ozbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi;

sudlar oz vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda arbitraj ishlari korilishida dalillar olish, toplash, Markaz arbitrlari qarorlarining ijrosini taminlash boyicha choralar korish borasida Markazga komaklashadi;

Markazning Ozbekiston Respublikasi norezidenti bolgan arbitrlari arbitr funksiyalarini bajargani uchun gonorar sifatida olingan mablaglar qismi uchun jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq tolashdan ozod etiladi;

nizolarni xalqaro arbitraj yoli bilan hal etishga xorijiy davlatlar fuqarolarini Markaz arbitrlari va ekspertlar sifatida jalb etish uchun Ozbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma olish talab etilmaydi;

nizoni xalqaro arbitraj orqali korib chiqish uchun arizalarni qabul qilish, shuningdek, eshituvlar va boshqa protsessual harakatlarni otkazish zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda onlayn tartibda, arbitrlar va tomonlarning ishtirokisiz amalga oshirilishi mumkin;

Markazda nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishda ishtirok etayotgan tomonlarning vakillarida arbitraj qarorlari Ozbekiston Respublikasining vakolatli sudlarida qayta korib chiqilganda, shuningdek, Markazda korib chiqilayotgan arbitraj nizolari boyicha har qanday masalalar belgilangan tartibda korib chiqilganda advokatlik faoliyati bilan shugullanish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjud bolishi talab etilmaydi;

Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nizolarni mediatsiya tamoyilini otkazish orqali hal etish va nizolarni hal etishning boshqa muqobil usullarini qollash huquqiga ega;

yuridik shaxslarning Markazda nizoni korib chiqish bilan bogliq arbitraj xarajatlarini tolashga yonaltiriladigan mablaglari qoshilgan qiymat soligidan ozod etiladi;

Markaz oz nomi tushirilgan blank va dumaloq muhrga, tijorat banklarida milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga ega bolishi mumkin.

3. Malumot uchun qabul qilinsinki, YeXHT va BMT Taraqqiyot dasturining Ozbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari tomonidan Markaz faoliyatini qollab-quvvatlash va uni tashkil etishda komaklashishga qiziqish bildirilgan.

4. Belgilansinki:

Markaz qoshida uning faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etishga komaklashish maqsadida arbitraj sohasidagi yetakchi xalqaro va mahalliy mutaxassislardan, shuningdek, jahonning etirof etilgan arbitraj markazlari arbitrlaridan iborat Kuzatuv kengashi tashkil etiladi;

Markazga Ozbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi tomonidan, qoidaga kora, yetakchi xorijiy xalqaro arbitrajlarda arbitr sifatida ishlash tajribasiga ega shaxslar orasidan tayinlanadigan rahbar boshchilik qiladi.

5. Ozbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi belgilangan tartibda:

ikki hafta muddatda Markaz Kuzatuv kengashi tarkibini shakllantirishni;

bir oy muddatda Markaz Qoidalari, tuzilmasi hamda asosan yetakchi xorijiy xalqaro arbitrajlarda ishlash tajribasiga ega va Markaz Kuzatuv kengashi tomonidan maqullangan arbitrlar royxatini shakllantirish va tasdiqlashni;

bir oy muddatda yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, ushbu qaror va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro savdo huquqi boyicha komissiyasining Xalqaro savdo arbitraji togrisidagi namunaviy qonuni talablariga muvofiq Xalqaro tijorat arbitraji togrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqilishini yakunlash va uni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritishni taminlasin.

6. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Markazning buyurtmanomalariga kora Markaz arbitrlari, Kuzatuv kengashi azolari, ekspertlar, tomonlarning vakillari, Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb etiladigan boshqa xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigimlarni undirmagan holda rasmiylashtirilishini taminlasin.

7. Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaz buyurtmanomalariga kora Markaz arbitrlari, Kuzatuv kengashi azolari, ekspertlar, tomonlarning vakillari, Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb etiladigan boshqa xorijiy mutaxassislarga va ularning oila azolariga vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik royxatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat bojini undirmagan holda belgilangan tartibda taminlasin.

8. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahri, Islom Karimov kochasi, 11-uy manzilida joylashgan binoning Savdo-sanoat palatasiga Markazni joylashtirish uchun begaraz asosda berilishini taminlasin.

9. Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazni belgilangan tartibda imtiyozli asosda zarur aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi internet tarmogiga ulanishini taminlasin.

10. Ozbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga Markazning zarur mebel, anjomlar, kompyuter va ofis texnikasi bilan, shuningdek, xonalarning arbitraj eshituvlarini, shu jumladan, onlayn rejimda otkazish uchun jihozlanishiga komaklashish tavsiya etilsin.

11. Savdo-sanoat palatasi va Markaz 2021 yil 1 oktabrga qadar Markazni jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan royxat boyicha olib kiriladigan, Ozbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar uchun bojxona tolovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigimlaridan tashqari) ozod etilsin.

12. Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan, shu jumladan, Ozbekiston Respublikasi arbitrajlari qarorlari ustidan shikoyat qilish va ularni ijro etish tartibini belgilaydigan ozgartirish va qoshimchalar togrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 5 noyabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: