O'zb  
 
11.10.2018

III YOZGI OSMIRLAR OLIMPIYA OYINLARI

Argentinada o‘tayotgan III yozgi osmirlar Olimpiya oyinlarining kechagi kuni sportchilarimiz badiiy gimnastika, akademik eshkak eshish va sport gimnastikasi boyicha musobaqalarda ishtirok etdi.

Taekvondo WTF bahslarida yurtdoshimiz Ulugbek Rashidov kumush, Nilufar Yermagambetova bronza medalini qolga kiritdi.

— Finalda biroz omadim kelmadi va rossiyalik taekvondochiga 8:11 hisobida imkoniyatni boy berdim, deydi osmirlar Olimpiya oyinlarining kumush medal sovrindori Ulugbek Rashidov. Yarim yil oldin Tunisdagi musobaqada uni 31:28 hisobida maglub etgandim. Umuman, jang davomida raqibimdan yomon harakat qilganim yoq. Faqat, ozimga bolgan ishonch kamlik qildi.

Mamlakatimiz taekvondochilari shu paytgacha Osmirlar olimpiya oyinlarida medal ololmagan edi. Shu sababli ham bu natijam bilan faxrlanaman.

Ulugbek oyinlarga litsenziyani 7 oy avval qolga kiritgandi, deydi murabbiy Pavel Xan. Bu vaqt ichida uning boyi 5 sm.ga osdi. Shu sababli vazn tashlashga togri keldi. Lekin bu oson kechmadi. Bunday saviyadagi musobaqalarda sovrindor bolish uchun qattiq mehnat qilish lozim. Ulugbek koproq musobaqalarda ishtirok etib, oziga bolgan ishonchni yanada oshirishi kerak.

Albatta, musobaqaga oltin medal olaman, deb kelgandim, afsuski, bunga biroz kuchim yetmadi, deydi osmirlar Olimpiya oyinlarining bronza medal sovrindori Nilufar Yermagambetova. Yarim finalda mogilistonlik raqibimga yutqazib qoydim. Xatolar ustida ishlab, navbatdagi nufuzli musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik koramiz.

Shahboz SAIDOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: