O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
10.11.2012

ISH HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OSHIRISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida:

1. 2012-yilning 1-dekabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar hamda ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar miqdori orta hisobda 1,1 baravar oshirilsin.

2. 2012-yilning 1-dekabridan boshlab Ozbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi – oyiga 79 590 som;

yoshga doir pensiyalar oyiga 155 670 som;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa oyiga 155 670 som;

zarur ish stajiga ega bolmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 95 520 som mikdorida belgilansin.

3. Belgilab qoyilsinki, ish haqiga qoshiladigan ustama va qoshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek, pensiyalar, ikki yoshgacha bolgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolali oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa tolovlar 2012-yilning 1-dekabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

4. Ozbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, byudjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda oz vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasin.

5. Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan bogliq sarf- xarajatlar respublika Davlat byudjeti va Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi mablaglari hisobidan amalga oshirilsin.

Xojalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 2012-yilning 1-dekabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF-4450-sonli Farmoni (1-bandining ikkinchi xatboshi va 6-bandi istisno qilingan holda), 2012-yilning 1-dekabridan oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

7. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012-yil 9-noyabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: