O'zb  
 
02.10.2018

YANGI SPORT ZALI

Oltinsoy tumanining «Hayrondara» mahallasidagi 34-umumta’lim maktabida yangi sport zali foydalanishga topshirildi. Loyiha qiymati 967 million 708 ming so‘mni tashkil qiladigan inshootni Denov yangi taraqqiyot masuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari bunyod etishdi.

— Tumanimizda turli yonalishdagi 65 talim muassasasi faoliyat korsatmoqda, deydi Oltinsoy tuman xalq talimi bolimi mudiri Otkir Qurbonov. Ogil-qizlarning talim-tarbiyasi yolida 2 ming 839 nafar ustoz va murabbiy mehnat qilmoqda. Joriy yilda tumandagi 22- hamda 30-umumtalim maktablari Obod qishloq davlat dasturi doirasida qayta tamirlandi.

Shuningdek, qisqa davrda 7-, 23- va 30-umumtalim maktablarida sport zallari barpo qilindi. Ustoz va murabbiylar bayrami arafasida 34-umumtalim maktabida ham ana shunday majmua ish boshlagani haqiqiy bayram tuhfasi boldi.

Maktabimizda 750 nafarga yaqin bola tahsil olmoqda, deydi direktor Bahodir Qaynarov. Yaqin-yaqingacha ular ikki-uch kilometr olisda joylashgan Sayrak, Xojasoat va boshqa mahallalardagi sport zallariga borishga majbur edi. Endilikda stol tennisi, voleybol, basketbol, qol topi kabi onga yaqin sport turi bilan shugullanishlari uchun imkoniyat yaratildi.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: