O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
20.09.2018

Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolarini Jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda diniy bagrikenglik va vijdon erkinligini ta’minlashga, shuningdek, yoshlarni terroristik, ekstremistik va boshqa buzgunchi goyalar tasiridan samarali himoya qilishga qaratilgan jamiyatda ijtimoiy-manaviy muhitni soglomlashtirish boyicha keng kolamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida birgina 2017 yilda 18 mingdan ziyod sodir etgan qilmishiga pushaymon bolgan hamda tinch turmush tarziga qaytgan fuqarolar terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar faoliyatida ishtirok etishga moyil bolgan shaxslar royxatidan chiqarildi. Ularning 10 mingdan ziyodiga ish bilan taminlash, ijtimoiy qollab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini yolga qoyishda amaliy yordam korsatildi.

Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan, shu jumladan, Ozbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bolgan, oz qilmishining huquqqa xilofligini anglab yetgan va tuzalish yoliga otgan fuqarolarga Vataniga, oilasi bagriga, tinch hayotga qaytish imkonini berish maqsadida, shuningdek, insonparvarlik prinsiplariga asoslangan holda:

1. Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini korib chiqish boyicha Respublika idoralararo komissiyasi (keyingi orinlarda Komissiya deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

2. 2018 yil 1 noyabrdan shunday tartib ornatilsinki, unga kora:

terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar (keyingi orinlarda – taqiqlangan tashkilotlar) tarkibiga adashib kirib qolgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari Komissiya xulosasiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;

Komissiya tomonidan salbiy xulosa chiqarilgan taqdirda barcha holatlar qonun hujjatlarida ornatilgan tartibda korib chiqiladi.

3. Belgilab qoyilsinki, Ozbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi hollarda, ushbu Farmonga muvofiq, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:

aybini boyniga olish togrisida shaxsan arz qilib kelsa, qilmishidan chin kongildan pushaymon bolsa va tuzalish yoliga otgan bolsa;

jinoiy faoliyat va boshqa huquqqa xilof qilmishlarni fosh etishda faol yordam bergan bolsa;

taqiqlangan tashkilotlar safiga aldov yoli bilan jalb etilgan bolsa;

taqiqlangan tashkilotlarning goyaviy yoki manaviy rahnamosi bolmagan bolsa;

jangovar harakatlarda va qoporuvchilik harakatlarini sodir etishda ishtirok etmagan bolsa;

terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida taqiqlangan tashkilotlarda oquv, maxsus yoki harbiy tayyorgarlikdan otmagan bolsa;

terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida chiqish yoki harakatlanishni amalga oshirmagan bolsa;

xalqaro terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etmagan bolsa;

terroristik, ekstremistik va boshqa buzgunchi goyalar mavjud bolgan materiallarni adashib yoki axborot-kommunikatsiya vositalarida tarqatishga qasd qilmagan va bunday maqsadni kozlamagan holda saqlagan bolsa.

4. Komissiyaga (Murodov O.) quyidagi vakolatlar yuklansin:

taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etish togrisidagi murojaatlarini korib chiqish;

murojaat etgan fuqarolarning shaxsini, shu jumladan, ularning sodir etilgan jinoyatlarga daxldorligini har tomonlama tekshirish orqali organish;

murojaatlarni korib chiqish natijalari boyicha qabul qilingan xulosalarni dastlabki tergov organlariga ornatilgan tartibda taqdim etish;

sodir etgan qilmishiga pushaymon bolgan va aybini boyniga olish togrisida arz qilib murojaat etgan fuqarolarga nisbatan taqiqlangan tashkilotlar azolari tomonidan salbiy tasir etilishining oldini olish boyicha tegishli choralarni korish uchun vakolatli organlarga topshiriqlar yuborish;

jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam korsatilishida, shu jumladan, bandligini taminlash borasida komaklashish va monitoringini olib borish;

jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxslar bilan profilaktik-tushuntirish ishlarini olib borish boyicha vakolatli organlar va tashkilotlarga topshiriqlar yuborish.

5. Belgilansinki:

ushbu Farmon fuqarolarning Ozbekiston Respublikasi hududiga kirishini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi;

taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning qilmishiga pushaymonligi hamda aybini boyniga olishi togrisidagi arizasi xorijda ularning yashash joyi boyicha Ozbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalariga yoxud Ozbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlariga beriladi;

ushbu Farmon bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish bilan bogliq jinoyatni qayta sodir etgan shaxsning takroriy murojaati korib chiqilmaydi;

Komissiya tomonidan oz vakolatlari doirasida qabul qilingan qaror barcha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir;

Komissiyaning ishchi organi Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hisoblanadi.

6. Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Oliy sud bilan birgalikda bir oy muddatda taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan fuqarolarning murojaatlarini korib chiqish va jinoiy javobgarlikdan ozod etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

7. Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi ushbu Farmon mazmun-mohiyatini, shuningdek, uning ijrosi boyicha amalga oshirilgan ishlarni muntazam ravishda aholi ortasida keng yoritib borilishini taminlasin.

8. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 6 sentabrdagi «Terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Ozbekiston fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish togrisida»gi PF2712-son Farmoni oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 19 sentabr


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: