O'zb  
 
13.09.2018

OZBEKISTON KUBOGI

Bugun baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Ozbekiston Kubogining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Samarqandda otadigan bellashuvlarda Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri terma jamoalari, sport maktablari va muassasalari, sport kollejlari vakillari ishtirok etadi.

Kubok bahslari erkaklar ortasida 200, 500, 1000 metr masofaga tashkil qilinadi. Unda sportchilar K-1, K-2, S-1, S-2 qayiqlarida kuch sinashadilar. K-4, S-4 qayiqlaridagi bellashuvlar esa 1000 va 2000 metr masofalarga otkaziladi.

Ayollar ortasidagi musobaqalar K-1, K-2 qayiqlarida 200, 500, 1000 metr masofalarga bolib otadi. Shuningdek, K-4, S-1, S-2 qayiqlarida 200 va 500 metr masofaga ham bellashuvlar tashkil qilinadi.

Respublika Kubogi doirasida parakanoe musobaqalari ham rejalashtirilgan. Bu yonalishda ayollar KL-2, KL-3 qayiqlarida 200 metr masofaga ozaro bahslashadilar. Erkaklar esa K-1 va S-1 qayiqlarida xuddi shunday masofada kurash olib boradi. Musobaqa 16 sentabrga qadar davom etadi.

Shahboz SAIDOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: