O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 1 2 3 4
11.09.2018

SHAHRISABZDAN TARALGAN MUMTOZ NAVOLAR

dunyoning ko‘plab mamlakatlariga yetib bordi

Samarqandning Taxtaqoracha dovonidan Kitob va Shahrisabz tumaniga otayotganda bepoyon kengliklarda yastanib yotgan zumrad vodiy kozga tashlanadi. Olis-olislardan nay sadosi quloqqa chalinganday boladi. Kongling hapriqib, beixtiyor osha tomonga talpinasan...

Buyuk sarkarda Amir Temurning ona yurti bolmish Shahrisabzda, sohibqiron haykali qad rostlagan Oqsaroy maydonida bir hafta mobaynida yangragan mumtoz navolar millionlab kongillarni zabt etdi, yuraklarga zavq-shavq bagishladi. Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan sozanda-yu-xonandalar 1800 kishilik amfiteatrda oz san’atlarini namoyish qildilar, turli tillarda maqom navolari ijro etildi.

Xalqaro maqom sanati anjumaniga tayyorgarlik jarayonida Shahrisabz shahrida keng kolamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Anjuman otadigan Oqsaroy maydoni yashil maysazor bilan qoplandi, daraxt kochatlari otqazildi. Maxsus sahnalar, turfa anana va qadriyatlarimizni ifoda etuvchi hunarmandlik rastalari qad rostladi, turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Sohibqiron Amir Temurning Oqsaroy qarorgohi garchand asrlar silsilasi tasirida bolsa-da, undagi mahobat va ulugvorlik mehmonlarni hayratga soldi. Uning atrofidagi yashil maydonda respublikamizning Qoraqalpogiston Respublikasi va barcha viloyatlardan kelgan sanat ustalari, havaskorlik dastalari, hunarmandlar oz mahoratlarini namoyish qildilar. Mehmonlar YuNESKO royxatiga kiritilgan Dorus-saodat va Dorut-tilovat majmualari, Kunduzak masjidi, Abdushukur Ogalik madrasasi, Chorsu bozori kabi 20 dan ortiq obidalarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Asrlardan asrlarga, tillardan-tillarga otib kelayotgan mumtoz musiqa ohanglari barchani oz sehriga oldi. Anjumanda ishtirok etgan tomoshabinlar, xorijlik mehmonlar maqomning ilohiy qudratini takror va takror etirof etishdi.

Xorijlik mehmonlar Oqsaroy maydonida Ozbekistonning tarixi va madaniyatini ifoda etuvchi teatrlashtirilgan sahna korinishlari, hunarmandlar, milliy liboslar korgazmasi va yarmarkasi, dorbozlar, folklor jamoalarining chiqishlarini zavq-shavq bilan tomosha qildilar.

Anjuman doirasida «Maqom sanati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan orni» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya otkazildi. Unda xorijiy davlatlardan musiqashunos va maqomshunos olimlar, taniqli sanatkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Anjumanda 29 davlat vakillari maqomning turli yonalishlari boyicha oz mahoratlarini namoyish etishdi. Ozbekistondan 4 jamoa tanlovda ishtirok etdi. Xalqaro hayat tomonidan korik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari uchta nominatsiya (Eng yaxshi maqom ansambli, Eng yaxshi yakkaxon cholgu ijrochisi va Eng yaxshi yakkaxon xonanda) boyicha baholandi. Gran-pri mukofoti uchun 15 000, 1-orin 10 000, 2-orin 7 000, 3-orin 5 000 AQSh dollari miqdorida mablag ajratilgan edi.

Bir hafta mobaynida sanatsevar muxlislar Afgonistonning Safar guruhi, AQShning Shashmaqom akademiyasi bolalar musiqiy jamoasi, Hindistonning Ustad Iqbal, Dvali jamoalari, Ozarbayjonning Sahib Pashshazade rahbarligidagi Mugham ansambli jamoasi, Jazoirning Djazira musiqiy jamoasi, Xitoy Xalq Respublikasidan yakkaxon ijrochi Gulzira Ablat, Tojikistondan yakkaxon ijrochi Sirojiddin Jorayev singari koplab mohir sozanda va sohir ovoz sohiblarining kuy-qoshiqlaridan bahramand boldilar.

— Maqomni eshitganimizda qalbimizda ajib hislar uygonadi. Undagi dard, ohang, rang-baranglik ruhiyatimizga sokinlik baxsh etadi, tinchlantiradi, deydi xalqaro maqom sanati anjumani bosh rejissyori, Ozbekiston xalq artisti Bahodir YOLDOSHEV. Musiqaning tasiri, sehri ana shunday qudratga ega. Bugun ondan ortiq mamlakat oz maqomiga ega. Hindistonda u Raga, Pokistonda Kavalli, Eronda Dastgoh, Jazoirda Nuga, Ozarbayjon va armanlarda Mugom, arab va uygurlarda Maqom deb ataladi.

Shahrisabz xalqaro forumi ana shu xalqlarning zabardast ijrochilarini bir maskanda jamladi. Mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikricha, bu anjuman sanatsevar xalqlarni maqom yollari va mumtoz namunalaridan yanada kengroq bahramand etishda muhim voqea boldi.

Prezidentingiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilk bora otkazilayotgan bu xalqaro anjuman turli tillarda sozlashuvchi xalqlarning madaniyatlararo muloqotini uyushtirdi va maqom sanati targibotiga xizmat qilyapti, deydi Pokiston Madaniyat vazirligi vakili Muhammad Furqan. Oqshom chokayotgan paytda ataylab Shahrisabzni yuqoridan turib kuzatdim. Bilasizmi, bunaqa tarovat, bunaqa salobatni umrim bino bolib hech qayerda kormaganman. Togrisi, Shahrisabzga kelish, tarixiy Oqsaroyni korishni orzu qilib kelardim. Ozimni ertaklar shahriga tushib qolgandek his qildim...

Shahrisabz shahrida ochilgan Maqom muzeyi ham anjuman ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Muzey 5 bolimdan iborat bolib, uning ekspozitsiyasidan Toshkent-Fargona, Buxoro-Samarqand Shashmaqomi, Xorazmning oziga xos maqom maktablarining musiqa asboblari, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hududlaridan topilgan faktologik manbalar, etnografik eksponatlar joy olgan. Osha davrning musiqa asboblari, sozlar, notalar fotokorgazmalar yordamida tasvirlangan.

Eramizdan oldingi 1 asrlarga mansub Ayritom frizi va Shahrisabz hududidagi Yumaloqtepa yodgorligidan topilgan ostadonlar hamda musiqachi farishtalar aks etgan terrakotalarda maqom sanati namunalari oz ifodasini topgan. Shuningdek, muzeyda Ozbekiston hududlaridan topilgan noyob arxeologik namunalar asosida maqom sanatining kelib chiqish tarixi va evolyutsiyasi keng yoritilgan.

Oqsaroy maydonida Xalqaro maqom sanati forumining tantanali ochilish marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning sozlarini juda katta hayajon bilan tingladik, deydi Andijon viloyat Maqom markazi badiiy rahbari Ravshanbek Hojiqulov. Davlatimiz rahbari maqom sanati xalqimizning qadimiy tarixi, manaviy dunyosi, badiiy falsafasi, ruhini ifoda etadigan bebaho madaniy meros sifatida yurtimizda juda ezozlanishi, uni asrash, chuqur organish, boyitish va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish muqaddas burchimiz ekanini alohida takidladi. Haqiqatan ham yosh avlod estetik didi hamda tafakkurini boyitishda maqom sanatining ahamiyatini hech narsa bilan olchab bolmaydi.

Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi Ozbek milliy maqom sanatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi hamda 2018 yil 6 apreldagi Xalqaro maqom sanati anjumanini otkazish togrisidagi qarorlari esa ozbek mumtoz musiqasi tarixida yangi davrni boshlab bergan muhim hujjat boldi.

Shu orinda maqom tarixiga nazar tashlaydigan bolsak, ozbek mumtoz musiqasida maqom janri yetakchi orinni egallaydi. Maqom juda qadim zamonlarda Yaqin va Orta Sharq xalqlari musiqa madaniyatida mavjud bolgan. U yetuk sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan va IX-X asrlarda takomiliga yetib, yangi vositalar bilan boyigan. Maqom musiqa ijodiyotining boshqa turlaridan badiiy mukammalligi, kuy va shakl tuzilishlari, usullari hamda ilmiy va amaliy asoslari puxta ishlangani bilan farq qiladi. Maqom musiqa, sheriyat va raqs sanatlarini mujassamlashtiruvchi mushtarak badiiy durdonadir. Ozbekistonda maqom asarlarining Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari va FargonaToshkent maqom yollari turkumlari, shuningdek, uning lokal variantlari Toshkent irogi, Qoqon irogi, Samarqand ushshogi, Fargona Surnay maqom yollari, Xorazm Dutor maqom turkumi, Feruz turkumlari mavjud. Ushbu durdonalarni targib qilish uchun Ozbek milliy maqom sanati markazi tashkil etildi.

Markaziy Osiyo, Yaqin va Orta Sharqda keng tarqalgan bu qadimiy sanat jahon musiqashunoslarining doimiy etiborida bolgan. Sababi, bu hududlardan yetishib chiqqan Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Abdurahmon Jomiy, Hofiz Sheroziy kabi buyuk mutafakkirlarning adabiy merosini maqom sanatidan ayri tasavvur qilib bolmaydi. Jahon adabiyoti va sanatida mushtarak goyalar, umuminsoniy qadriyatlarning shakllanishida maqomning orni beqiyos.

Shahrisabzda otkazilgan Xalqaro maqom sanati anjumani sanatsevar xalqlarni milliy musiqamizning betakror navolari, mumtoz maqom namunalaridan bahramand etdi, ayni chogda biz boshqa xalqlar maqom sanati durdonalari bilan yaqindan tanishdik. Bu anjuman dunyo xalqlarining oziga xos sanat bayramiga aylandi. Uning shukuhi uzoq vaqt qalbimizda yashaydi, bu haqda hali kop fikrlar aytiladi.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri,

Rashida HASANOVA,

Ozbek milliy maqom sanati markazi Matbuot xizmati xodimi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: