O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
25.08.2018

BYUDJET MALUMOTLARINING OCHIQLIGINI VA BYUDJET JARAYONIDA FUQAROLARNING FAOL ISHTIROKINI TAMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Ta’kidlash lozimki, mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini isloh qilish doirasida iqtisodiy va moliyaviy statistika malumotlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va byudjet jarayoni ochiqligini oshirishning yangi mexanizmlarini joriy etish boyicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, byudjet malumotlarining ochiqligi va sifati, ularni xorijiy investorlarga va boshqa manfaatdor subektlarga yetkazish, shuningdek, parlament vakillari va fuqarolik jamiyatining Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetini (keyingi orinlarda Davlat byudjeti deb yuritiladi) shakllantirish va ijro etish jarayonidagi ishtiroki darajasi yetarli emas.

Byudjet malumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, byudjet mablaglarining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

1. Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etishning shunday tartibi ornatilsinki, unga muvofiq:

2019 yildan boshlab byudjet mablaglarini taqsimlashda fuqarolar ishtirokining tuman (shahar)lar byudjetlari qoshimcha manbalarining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yonaltirishni nazarda tutadigan mexanizmi joriy etiladi;

2020 yildan boshlab Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari axborotlar batafsil bayon etilgan, ilgor xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan qonun bilan tasdiqlanadi;

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlari loyihalari, shuningdek, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari ijrosi togrisidagi hisobotlar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etilishidan oldin majburiy jamoatchilik muhokamasiga qoyilishi shart;

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari loyihalari hamda ularning ijrosi togrisidagi hisobotlar bilan birga Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan «Fuqarolar uchun byudjet» axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun elon qilinadi;

Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasining Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlari loyihalari, shuningdek, Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining ijrosi togrisidagi yillik hisobot yuzasidan tashqi audit va baholash natijalari boyicha xulosalari majburiy elon qilinadi.

2. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar quyidagilarni nazarda tutadigan Ochiq byudjet axborot portalining (keyingi orinlarda — Portal) ishga tushirilishini va faoliyat yuritishini taminlasin:

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlari loyihalari, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari ijrosi togrisidagi hisobotlar, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalarini joylashtirish orqali byudjet xarajatlarining manzilliligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun tuman (shahar)lar byudjetlarining qoshimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilish taklif etilayotgan tadbirlar togrisidagi axborotni joylashtirish;

byudjet qonunchiligini buzish holatlari togrisida xabardor qilish va byudjet jarayonini takomillashtirish boyicha takliflar kiritish imkoniyatini oz ichiga olgan fuqarolar bilan qayta aloqani tashkil etish.

3. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yonalishlari loyihalari, shuningdek, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari ijrosi togrisidagi hisobotlarni korib chiqishda fuqarolarning Portal orqali kelib tushgan fikr va takliflarini tahlil qilish tavsiya etilsin.

4. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Ozbekiston Respublikasi Davlat statistika qomitasi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar muddatda Xalqaro valyuta jamgarmasining 2014 yilgi davlat moliya statistikasi boyicha qollanmasiga muvofiq ishlab chiqilgan yangilangan byudjet tasnifini tasdiqlasin;

bir oy muddatda byudjet hisobi tartibini Davlat sektorida xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IPSAS) uygunlashtirish boyicha 2019-2020 yillarga moljallangan tadbirlar rejasini tasdiqlasin;

byudjet shaffofligi boyicha xalqaro reytingda yetakchi orinlarni egallab turgan ilgor xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida Portalni doimiy qollab-quvvatlashni taminlasin;

Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jahon banki tomonidan Ozbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish samaradorligini Jahon bankining davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik mezonlari boyicha baholashdan otkazish choralarini korsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Ozbekiston Respublikasining Byudjet ochiqligi indeksi boyicha reytingga erishishi, jumladan, Portalning yaratilishi yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, byudjet shaffofligini baholash uchun xalqaro moliya institutlarining ekspertlari va texnik komagi jalb etilishini taminlasin.

5. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

ikki hafta muddatda baholashni otkazish muddatini belgilagan holda davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlikni Jahon banki mezonlari asosida baholashni taminlash boyicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlasin;

2018 yil 1 oktabrga qadar Portalga joylashtiriladigan malumotlar, shu jumladan, Ozbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalar togrisidagi malumotlarning royxatini va ularni joylashtirish muddatlarini tasdiqlasin;

2019 yil 1 martga qadar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga ushbu qaror talablariga muvofiq qonun bilan tasdiqlanadigan 2020 yilga moljallangan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlari loyihalarining shakllarini kelishish uchun kiritsin;

2019 yil 1 mayga qadar Ozbekiston Respublikasining 2020 yildan boshlab Xalqaro byudjet hamjamiyatining Byudjet ochiqligi indeksida ishtirok etishini taminlash uchun yol xaritasini tasdiqlasin.

6. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

tuman (shahar)lar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy byudjetlar parametrlari va ijrosi haqidagi hisobotlarning korib chiqilishi va tasdiqlanishi jarayonining ommaviy axborot vositalarida har tomonlama yoritilishini;

tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlari qoshimcha manbalaridan kamida 10 foizining Portal orqali jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yonaltirilishini taminlasin.

7. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida 5 ta shtat birligidan iborat Davlat moliyaviy statistikasini yuritish va byudjet ochiqligini taminlash bolimi tashkil etilsin hamda uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:

davlat moliyaviy statistikasini takomillashtirish va byudjet shaffofligini taminlash sohasida islohotlarni amalga oshirish;

byudjet jarayoni va byudjet malumotlarining shaffofligini, xorijiy investorlar va boshqa manfaatdor subektlarning ulardan foydalanish imkoniyatini, byudjet jarayoniga fuqarolarning jalb etilishini, shuningdek, Fuqarolar uchun byudjet axborot nashrining elon qilinishini taminlash;

Portalni axborot, uslubiy, texnik jihatdan qollab-quvvatlash va boshqarish.

8. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

uch oy muddatda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti tomonidan aholi ortasida uning byudjet savodxonligi va byudjetning ochiqligi darajasini organishga qaratilgan tegishli sorovlar otkazilishini taminlasin;

sorovlar natijalariga kora, Jahon bankining uslubiyotiga muvofiq aholining byudjet savodxonligini oshirish ishlarini amalga oshirish uchun texnik komak jalb etilishini, shuningdek, loyiha doirasida umumtalim maktablari uchun oila byudjeti va davlat byudjeti boyicha oquv qollanmalar yaratilishini taminlasin;

boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov va Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari moliya vaziri J.A.Qochqorov zimmasiga yuklansin.



Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV



Toshkent shahri,

2018 yil 22 avgust


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: