O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
12.06.2018

QORAOZAKDA SESSIYA OTDI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qoraozak tumanida bolib, haqiqiy ahvolni organdi.

Tumanda 52 ming nafar aholi 13 mahalla va ovul fuqarolar yiginida istiqomat qiladi. 3 kasb-hunar kolleji, 32 maktab, 9 maktabgacha talim muassasasi faoliyat korsatmoqda.

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan «Yol xaritasi» ijrosi organib chiqildi. Xalq deputatlari Qoraozak tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ularning natijalari muhokama qilindi.

— Otgan yil tumanda 41,9 milliard somlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, deydi xalq deputatlari Qoraozak tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Sanexan Saburova. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan 2017 yil davomida 95 investitsiya loyihalari amalga oshirilgan, natijada 600 dan koproq yangi ish orinlari yaratilgan. Hududda kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, tibbiy yordam imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, aholi etirozlariga sabab bolgan boshqa muammolar organilib, mutasaddi tashkilotlar ishtirokida bosqichma-bosqich hal etilmoqda.

Hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ustuvor chora-tadbirlar yuzasidan tuman hokimining qarori qabul qilingan, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Salaoatdin Xudaybergenov. Sektorlar tomonidan takrorlanayotgan murojaatlar va muammolar tahlil qilingan. Masalan, 4191 xonadon suyultirilgan gaz balon taminotidan aziyat chekardi. Muammoni qisqa muddat ichida yechishga kelishib olingan. Tumandagi 500 metr kub hajmdagi suv saqlagich sigimini 2000 metr kubga oshirish boyicha takliflar investitsiya dasturiga kiritilgan. Organishlar davomida aniqlangan masalalarni hal etish sessiya qarori bilan masul shaxslarga yuklatildi.

Sessiyada qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalarda xizmat korsatish sifatini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash masalalari ham muhokama etildi, deydi Ozbekiston XDP Qoraozak tuman kengashi raisi Baxtiyar Abilmuratov. Jumladan, 32 nafar patronaj hamshiralarini joriy yilning 3 choragida patronaj sumkalari bilan toliq taminlash masalasi sessiya qarorida belgilab qoyildi. Chet elga borib kelgan fuqarolarni qisqa muddat ichida tibbiy korikdan otkazish va ularning malumotlar bazasini shakllantirish vazifasi qoyildi.

Sessiyada boshqa masalalar ham korildi.

Mnajatdin QUTLIMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: