O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
12.06.2018

Uy-joy kommunal xizmat: 1300 DAN ORTIQ SHIKOYATLARDA QANDAY MUAMMOLAR KOTARILGAN?..

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi va Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi hamkorligida «Uy-joy kommunal xizmat korsatish sohasini rivojlantirish» mavzusida seminar otkazildi. Unda sohadagi muammolar va ularni hal qilish yollari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Dilshod OSTONOV, Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi boshqarma boshligi:

— Bugungi kunda respublikamizda 40 mingdan ortiq kop xonadonli uy-joylar mavjud. Shundan 33 mingdan koprogini 4 mingdan ziyod shirkatlar boshqarib kelmoqda. Vazirligimiz tomonidan aholi va shirkat orasidagi munosabatlar organildi. Natijada fuqarolarning kopchiligi shirkatlar faoliyatidan norozi ekanligi ma’lum boldi. Buni bir yil oraligida vazirlikka kelib tushgan 1300 dan ziyod shikoyatlardan ham korish mumkin. Murojaatlarda shirkat raislarining vazifalariga bepisandligi, boshqaruv raisi va taftish komissiyasi azolari umumiy yigilish otkazilmasdan tayinlangan holatlar kuzatilayotgani malum qilingan. Ayniqsa, belgilangan muddatda hisobot bermaslik, shirkatning yillik smetasi va uning ijrosi, badal miqdorini tasdiqlash masalalari bilan bogliq shikoyatlar hamon kamaygani yoq. Shuningdek, qarz mablaglari yoki kredit olish togrisidagi qarorni qabul qilish, yangi saylangan shirkat raisiga boshqaruv hujjatlarini taqdim qilmaslik mazmunidagi arizalar ham etiborimizdan chetda qolayotgani yoq.

Shirkatlar tashkil etilishidan asosiy maqsad uy-joy fondini birgalikda boshqarishdan iboratdir. Ammo buni bazi shirkat raislari hanuz anglamadi. Qolaversa, fuqarolarimiz orasida ham majburiy badallarni oz vaqtida tolamaslik, umummulkka tegishlilik hissi bilan yoshdashmaslik holatlari tobora kopayib borayotgani achinarli hol. Bularning bari tizimda turli muammolar kelib chiqishiga sabab bolmoqda.

Vazirlik qoshida uy-joy fondini nazorat qilish maqsadida inspeksiya tashkil etilgan. Ish rejasiga asosan joriy yilda 90 xususiy uy-joy shirkatlari faoliyati tekshirildi. Natijada 59 holat boyicha 962 million somdan ortiq kredit mablaglari maqsadsiz ishlatib yuborilgani malum boldi. 16 noturar joylar tadbirkorlar bilan ijara shartnomasi tuzilmasdan foydalanishga topshirilgan.

Togri, sohadagi qonun hujjatlariga ham ozgartirish kiritilishi lozim bolgan holatlar mavjud. Bugungi kunda bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi qonun loyihasi joriy yilning oxiriga qadar xalq muhokamasiga qoyiladi. Bunda aholi tomonidan bildiriladigan fikr-mulohazalar katta ahamiyatga ega.

Boymurod YuSUPOV, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim mudiri:

Aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash masalasi bugungi kunda muhim vazifalardan biri bolib qolmoqda. Partiya ham bu borada muayyan ishlarni amalga oshiryapti. Aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash togrisida qonun loyihasini tayyorladik. Uni mutaxassislar ishtirokida muhokama qilishga kirishganmiz. 30 moddadan iborat mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishimizga aholi orasida bu boradagi murojaatlarning kopayayotgani asos boldi. Ayniqsa, Qoraqalpogiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida aholini ichimlik suvi bilan taminlash masalasi dolzarbligicha qolmoqda.

Viloyatlarga borib, aholi bilan muloqot qilganimizda ayrim suv quduqlari (bashnyalar) ishlamayotganiga guvoh boldik. Hatto bazi masuliyatsiz fuqarolar muhofaza hududlarida uy-joy qurib olganini kordik.

Hududlardagi haqiqiy ahvolni organganimizda sohada belgilangan loyihalar oxiriga yetmagan holatlarga ham duch keldik. Oxirgi on yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 17 loyiha uchun 618 million dollarik xorij kredit mablaglari jalb etilgan. Ammo boshlangich loyihalar nihoyasiga yetkazilmagan. Mablag qayerga ketgani haqidagi savolga javob topish juda qiyin.

Demoqchimanki, bor muammoni qayta-qayta aytishdan mano yoq. Bundan hech birimiz yutmaymiz. Kamchiliklarni quruq sanash bilan masala hal bolmaydi. Bundan jamiyatga naf ham yoq. Muammolarga asosli va samarali yechim topish lozim.

Sanjar ASTANOV, Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi Shayxontohur tuman bolimi mudiri:

Faoliyatimiz mobaynida keng jamoatchilik orasida yuramiz. Kop hollarda aholidan vazirlik tashkil topganidan buyon tayinli bir ish qilgani yoq, degan gap-sozlarni eshitaman. Vazirlik tashkil topgach, faoliyatini yolga qoyib olish oson bolmadi. Tuman miqyosida shirkatlarning aniq soni malum emasdi. Hatto hududdagi uylar soni va boshqa malumotlar ham shakllantirilmagandi.

Real holatdan kelib chiqib, xodimlarga aniq topshiriqlar berildi. Ozimizga tegishli hududlarni organishni boshladik. Shunda vafot etgan shirkat raislari hujjatlarda hamon oz lavozimida faoliyat yuritayotgani qayd etilgan holatlarga ham duch kelganimiz rost.

Shu orinda yana bir muhim masalaga toxtalib otmoqchiman. Shirkatlar malum maqsadni kozlab kredit olishadi. Ular samarali ishlatilishini vazirlik qoshidagi inspeksiya tekshirmoqchi bolganida amaldagi qonunchilik bunga yol bermaydi. Ularni nazorat qilishga haqli tashkilot yoq. Faqatgina taftish komissiyasida bunga vakolat bor. Komissiyaga esa kop hollarda shirkat tasarrufidagi uyda istiqomat qiladigan, malumotga ega bolmagan kishilar azolikka saylanmoqda. Azolar majburiy badallardan ozod etiladi. Ular biz xohlaymizmi-yoqmi shirkat raisining yonini olishadi yoki kredit mablaglari togri sarflanganini tekshirishga layoqati yetmaydi. Yangi qonun loyihasida mana shu masalaga ham aniqlik kiritilsa, yaxshi bolardi.

Maryam JANBEKOVA, Yunusobod tumanidagi Aloziyo servis xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi:

Kop qavatli uyda istiqomat qilaman. Shu boisdan ham bunday uylarning muammolarini yaxshi bilaman. Biz yashayotgan uyning tom qismidan suv otardi. Yogingarchilik mahali xonadonimiz chakka tagiga qoyilgan togora va turli idishlarga tolib ketardi. Rosti, bu nafaqat meni, balki kopchilikni joniga tekkandi. Kop bora muammo yuzasidan shirkat raisiga murojaat qildik. Foydasi bolmadi. Men shirkat raisi ornida bolib qolsam, qanday yol tutardim, degan savolni ozimga berardim. Nahot, bu shunchalar mushkul vazifa bolsa, degan oy tinchlik bermasdi. Shirkat raisligiga nomzodimni qoydim. Hozir Yunusobod tumani 19-mavzedagi Aloziyo servis shirkati raisiman. Savollarimga javob topdim. Shirkatni vijdonan, halol boshqarsa, kopchilikni norozi qilmasdan ishlasa bolarkan. Hozir shirkatimiz tasarrufidagi kop qavatli uylar har tomonlama ornak qilib korsatsa arziydigan holatga keldi. Aytmoqchimanki, ishlab natija korsatish shirkatning oz qolida ekan.

Shu orinda shirkat raislarini oylantirayotgan masalaga toxtalib otmoqchiman. Shirkatga azolik tolovi boyicha qonunchilikda aniq meyor belgilanmagani aholi orasida kopgina noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Ishlab chiqilayotgan qonunda mana shu masalaga ham alohida etibor qaratilishini istardim. Bunda uyning kategoriyalari, xarajatlar balansi hisobga olinishi lozim, deb oylayman. Shunda fuqarolar ham tolovni paysalga solmasdi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: