O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
07.06.2018

MAMLAKATIMIZDAGI ENG YOSH DEPUTAT TASHABBUSKORLIKDA KOPCHILIKKA ORNAK BOLYAPTI

O‘zbekiston XDP Fargona viloyat kengashi bolim boshligi Shohruh Oktamov Rishton tuman Kengashi deputatligiga saylangan.

Ishonsangiz, u 1996 yilda tugilgan, hozir 22 yoshda, respublikamizdagi eng yosh deputat. Lekin tashabbuskorligi, fidoyiligi bilan kopning ishonchini qozonishga ulgurdi.

Shohruh mahalladoshlarini oylantirayotgan qator muammolarni hal etishda ibrat korsatdi. Odamlarning ogirini yengillatishga astoydil intilyapti.

«Navbahor» mahallasida 2500 dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shundan 300 nafarga yaqini uch yoshdan olti yoshgacha bolgan bolalardir. Mahallada bitta maktabgacha ta’lim muassasasi bolib, u Bogiston mahallasida joylashgan 22-sonli maktabgacha talim muassasasining filiali hisoblanadi. 141 oringa moljallangan bolalar bogchasining ikkinchi qavati foydalanishga yaroqsiz holatda edi. Yogingarchilik mavsumida binoning shiftidan suv otardi.

Yosh deputat muassasaga borib, haqiqiy ahvolni organdi. Oshxona jihozlari talabga javob bermasligi, isitish tizimi eskirgani aniqlandi.

Aholi vakillarining fikr-mulohazalarini tinglab, shu asosda takliflar tayyorladi. Ularni viloyat maktabgacha talim muassasalari boshqarmasiga topshirdi. Taklif qollab-quvvatlandi. Muassasaga alohida yuridik maqom berildi. Bolalar bogchasi kelgusi yilgi davlat dasturiga kiritiladigan, kapital tamirlanadigan boldi. Mahalla aholisi ham homiylik mablaglari asosida komaklashishini bildirdi.

Muassasa hovlisidagi yerdan tomorqa sifatida foydalanish mumkin. Issiqxona tashkil etilsa, qoshimcha daromad manbaiga aylanadi. Shuni inobatga olgan holda, bankdan imtiyozli kredit olish rejalashtirildi.

Navbahor mahallasidan tuman markazigacha bolgan masofa 18 kilometrni tashkil etadi. Ammo hali-hanuz avtobus harakati yolga qoyilmagandi. Masala yechimi yuzasidan Shohruh Oktamov Ozbekiston avtomobil transport agentligi Fargona viloyat boshqarmasiga takliflarini yubordi. Kop vaqt otmay, tuman markazidan mahallagacha 4 avtobus qatnovi yolga qoyildi.

Navbahor mahalla fuqarolar yigini faollaridan biri Shavkat Javlonov deputatimiz haqida shunday deydi:

— Mahallamiz ahli Shohruh Oktamovga ovoz berishganidan mamnun. U ishonchimizni oqlamoqda. Tuman markazidagi bozorda tashkil etilgan Roshidoniy Xalq kutubxonasi buzilishining oldini olishda ham uning hissasi borligi barchamizni xursand qildi. Uning tashabbusi bilan hududdagi qabristonga olib boradigan qariyb bir kilometr yol ham tamirlanadigan boldi. Oylaymanki, deputatlar safini katta yoshli, kopni korgan, tajribali kishilar bilan birga, kuch-gayratga tola, tashabbuskor va izlanuvchan yoshlar bilan boyitish kerak. Ana shunda tajribali xalq vakillari bilan faol yoshlarning kuchi birlashtiriladi. Bundan odamlar manfaatdor boladi.

Farhod USMONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: