O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
07.06.2018

NURONIYLARNING MANFAATLARI QANDAY HIMOYA QILINYAPTI?..

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi «Nuroniylar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash — kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim shartidir» mavzusida seminar otkazdi. Unda Toshkent shahar partiya kengashi va shahar Kengashidagi deputatlik guruhi a’zolari, Ozbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qollab-quvvatlash Nuroniy jamgarmasi masullari ham ishtirok etdi.

OzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Ulugbek Vafoyev seminarning ahamiyati hamda maqsadi xususida soz yuritdi.

Nuroniy jamgarmasi bilan partiyamiz ortasida imzolangan memorandum asosida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 4 oyida partiya guruhlari tomonidan pensionerlar va ehtiyojmand aholi vakillari manfaatlarini himoya qilishga oid 73 masala deputatlik guruhlarida, 56 masala doimiy komissiyalarda va 37 masala sessiyalarda korib chiqildi. Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarning ijrosiga qaratilgan yigirmaga yaqin loyiha hayotga tatbiq etildi. 50 ga yaqin ehtiyojmand oila vakillariga kredit olish boyicha yordam korsatildi.

Bajarilgan ishlar, erishilgan yutuqlar ozimizniki. Shu bilan cheklanib qolsak, maqsadimizga yetolmaymiz. Hali oldimizda kop vazifalar turibdi. Bu yolda Nuroniy jamgarmasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib boramiz.

Nuroniylarni imtiyozli ravishda dori-darmon vositalari bilan taminlash hamon dolzarbligicha qolmoqda, deydi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov. Kuni kecha Davlat byudjetining birinchi chorak ijrosi togrisidagi hisobot korib chiqildi. Joriy yilning mart oyiga qadar ikki mingga yaqin ijtimoiy dorixonalar tashkil etilishi kozda tutilgandi. Malum sabablarga kora, bunday dorixonalar belgilangan korsatkichda va belgilangan vaqtda ishga tushmadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari joylarga chiqib, aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishayotganidan xabaringiz bor. Ularning malum qilishicha, aksariyat ijtimoiy dorixonalar bor-yogi 30-40 turdagi dori vositalari bilan taminlangan, xolos. Aslida esa bu korsatkich 155 tani tashkil etishi kerak edi. Shu orinda taqqoslash uchun ayrim raqamlarga etibor qaratsak. 2016 yilda sogliqni saqlash tizimiga Davlat byudjetidan 3 trillion somdan ortiq mablag ajratilgan bolsa, 2017 yilda bu raqam 7 trillion somni tashkil etgan. Joriy yilda esa sohaga ajratilayotgan mablag 10 trillion somdan ortdi. Bu raqamlarning samarasi odamlar hayotida aks etishi lozim. Shundan kelib chiqib, mahalliy Kengash deputatlari ajratilayotgan mablaglar sarfi boyicha deputatlik va jamoatchilik nazoratini ornatishi juda muhim masala hisoblanadi.

Nogironligi bolgan shaxslar, yakka-yolgiz keksalar manfaatini kozlab qator meyoriy hujjatlar qabul qilinmoqda, dedi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Muqaddas Rahmatullayeva. Joriy yilda ularni dori-darmon vositalari bilan taminlash uchun ajratilayotgan mablag ikki barobarga oshirildi. Shunga qaramay, shifoxonalarimizda bunday bemorlarga dori vositalarini ozlariga olib keltirish holatlari uchramoqda. Hukumat qaroriga binoan imtiyozga ega bolgan fuqarolar royxati mavjud. Masalan, Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari, sil kasalligiga chalingan bemorlar, yakka-yolgiz keksalar, chin yetimlar va hokazo. Ularga nafaqat markaziy shifoxonalarda, balki oilaviy poliklinikalarda ham imtiyozli ravishda dori-darmonlarga retseptlar yozib beriladi. Bunga hududdagi moliya bolimlari tomonidan birinchi yordam korsatish uchun ajratiladigan summadan tashqari qoshimcha mablag ajratiladi. Bazi oilaviy poliklinikalar ajratilayotgan mablag birinchi yordam va turli tolovlardan ortmasligini takidlashadi. Ammo bunday bahonalar asossiz. Chunki sohada moliyalashtirish tizimi aholi jon boshidan kelib chiqib yolga qoyilgan.

Seminarda Nuroniy jamgarmasi vakillari, Toshkent shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azolari va boshqalar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi. Memorandum asosida aniq natijalarga erishish, umumiy gaplardan kora amaliy harakatlarga otish, otdimi-otdi qabilidagi quruq tadbirlardan butunlay voz kechish zarurligi takidlandi.

Mahliyo RUSTAMOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: