O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
07.06.2018

UCH HOKIM HAL QILMAGAN MASALA NIHOYAT, DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YECHIM TOPYAPTI

Poytaxtimizning Olmazor tumani «Chimboy» mahallasi Chimboy-2 ko‘chasida istiqomat qilayotgan aholini kop yillardan beri bir masala oylantirib kelayotgan ekan. Uning yechimi yuzasidan yillar davomida qator tashkilotlarga murojaat qilingan, hech foydasi bolmagan. Shundan keyin kopchilikning hafsalasi pir boldi. Bu haqda mahalla raisi orinbosari, OzXDP faoli Bahriddin Bolakov shunday deydi:

— Bu mahallaga kochib kelganimga qirq yildan oshdi. Shundan beri aholi ichimlik suvi va kanalizatsiya muammosidan aziyat chekadi. Mahalladoshlarimiz bilan mutasaddi tashkilotlarga kop bora murojaat qildik. Xalq qabulxonasi kochamizning narigi yuzida joylashgan. Vaqt boldi, deguncha, murojaatimiz taqdiri bilan qiziqamiz. Serqatnovligimiz uchun tuman hokimiyatidagilar ham, tashkilotdagilar ham bizni yaxshi tanib qolishgan. Muammo kotarilganidan buyon tumanimizda uch hokim almashdi. Ularning ba’zilari hatto mahallamizga kelib, ochiq muloqot ham qilishgan. Respublika miqyosidagi tashkilotlarga borganimizda, hal qilib beramiz, deb vada qilishdi-yu, yechimiga kelganda paysalga solishadi. Shahar hokimligi tumanga, tuman esa mahallaga amaliy yordam berilsin, degan xat chiqazadi. Xullas, eshigiga bosh urib bormagan tashkilotimiz qolmadi hisob.

Chimboy-2 kochasiga kirib borganimizda kanalizatsiya uchun qazish ishlari borayotganiga guvoh boldik. Bizga hamrohlik qilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari Sanjar Mavlonov vaziyatni izohladi:

Mazkur kochada 25 xonadonda 250 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Saylovoldi uchrashuvlarida mahalla ahli suv va kanalizatsiya muammosi oylantirayotganini aytdi. Togrisi, ularning nigohlaridan shuncha tashkilotlar hal qilib berolmagan masalaga siz yechim topa olarmidingiz, degan manoni uqqan edim. Shunda, agar deputat bolsam, birinchi galda mazkur masalaga yechim topaman, deb reja qilgandim. Niyat xolis ekan, homiylik asosida ishlar boshlab yuborildi. Mahalla ahli ham qarab turgani yoq.

Deputat bilan suhbatni yakunlab, kochadagi xonadonlar eshiklarini taqillatdik. Dilorom Xodjayeva xursandchiligini biz bilan bolishdi.

Hovlimizga bir qarang, onlab oralar kovlangan, deydi u. Nevaralarim oynab yurganda tushib ketishidan xavotirlanaman. Kuni kecha qattiq yogingarchilik boldi. Atrof suvga toldi. Hatto kanalizatsiyadagi suvlar yuzaga qalqib chiqa boshladi. Biz juda tashvishda edik. OzXDP Markaziy Kengashi xodimlari bilan kelgan deputatdan masala yechim topayotganini eshitib, konglimiz tinchidi.

Dilorom Xodjayevaning ovsini Yoqut Xodjayeva deputatga murojaat qildi:

Bir hovlida yetti oila istiqomat qilamiz. Bizga arzonlashtirilgan uy-joylardan olishga yordam bersangiz...

Deputat ularga huquqiy maslahat berib, amaliy yordam korsatishni vada qildi.

125-xonadonda istiqomat qiluvchi 84 yoshli Hikoyat Hasanovaning xonadonida ham boldik. Nogironligi bolgan onaxonning yashash sharoiti ogir ekan. U katta kelini besh nafar farzandini tashlab, yetti yil oldin ishlash uchun boshqa mamlakatga ketganini, hozirgacha dom-daraksiz ekanini kuyunib gapirdi. Kichik kelini ham ikki nafar farzandini olib, onasinikiga ketib qolibdi. Onaxonga salomatligini tiklash uchun tibbiyot birlashmasi orqali sanatoriyga navbatsiz yollanma berildi. Katta oglining bandligini taminlashga komaklashiladigan bolindi.

Mahliyo ALIQULOVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: