O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
05.06.2018

BOLALAR QUVONCHI

O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan «Dehqonobod kaliyli ogitlar zavodi» MChJda Yoshlar – kelajagimiz tayanchi mavzusida yoshlar forumi otkazildi.

— Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida aynan 1 iyun sanasi tanlangani bejiz emas, dedi Ozbekiston XDP viloyat kengashi raisi orinbosari Muzaffar Turopov. Bayram arafasida bolalar uchun amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilinadi. Yangi vazifalar belgilab olinadi. Bugungi tadbir ham bolajonlar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi, deb oylayman.

Bayram tadbiriga tumanda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalarning farzandlari taklif qilindi. Ularning 20 nafariga Yakkabog tumanidagi Kimyogar bolalar yozgi dam olish oromgohiga yollanmalar berildi. Bundan tashqari, homiylar tomonidan bolajonlarga esdalik sovgalari va pul mablagi qoyilgan omonat daftarchalari topshirildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Komila Karomova, viloyat hokimi orinbosari Bahodir Qodirov, Ozbekiston XDP viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari Olim Ravshanov bolajonlarni bayram bilan tabriklab, dil izhorlarini bildirishdi.

Tadbirning badiiy qismi teatrlashtirilgan sahna korinishi, taniqli sanatkorlar, soz ustalarining chiqishlari bilan davom etdi. Ayniqsa, Nihol davlat mukofoti sohibasi Malika Egamberdiyevaning qoshiqlari barchada iliq taassurot qoldirdi.

Ozbekiston XDP Toshkent viloyat, shahar va tuman kengashlari ham mazkur sanaga bagishlab xayriya tadbirlari otkazdi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng begubor va quvonchli bayram hisoblanadi, dedi Ozbekiston XDP Ohangaron tuman kengashi raisi Feruza Xoltorayeva. Partiya tashkilotimiz tuman markaziy istirohat bogida bayram tadbiri uyushtirdi. Barchamiz birga bolajonlarga konsert dasturini namoyish qildik. Uch yoshdan on yoshgacha bolgan ogil-qizlar ishtirokida Mening oilam mavzusida rasm chizish tanlovi otkazildi. Goliblar Ozbekiston XDP tuman kengashi tomonidan mukofotlandi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga sovga-salomlar topshirildi.

Bayram kunlari xorazmlik bolajonlarning ham quvonchi cheksiz boldi. Urganch shahrining markazida joylashgan Amir Temur istirohat bogi bayramona bezatildi. Kuy-qoshiqlar yangradi. Bir tomonda sportchi bolalar, bir tomonda sanatkorlar, jajji ogil-qizlar raqsga tushdi.

Kuni kecha navbatdagi oquv yili yakunlandi, deydi yosh ijodkor Hulkaroy Rajapova. Yil davomida bir qator ijodiy konkurslarda, festival va kitob bayramlarida qatnashdim. Endi tatilda maza qilib dam olamiz.

Guliston shahar 15-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha talim muassasasida Ozbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan uyushtirilgan bayram tadbiri ham kotarinki kayfiyatda otdi. Viloyat kengashi raisi Xolbek Jalolov bolalarni bayram bilan tabriklab, esdalik sovgalari ulashdi.

Mahliyo ALIQULOVA

tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: