O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
29.05.2018

BOSHLANGICH TASHKILOTLARDAGI MUAMMOLAR

oz emasligini Surxondaryo viloyatidagi o‘rganish natijalari korsatdi

Surxondaryo viloyatida 37 ming nafardan ortiq a’zoni birlashtirgan 668 boshlangich partiya tashkiloti faoliyat korsatmoqda. Siyosiy kuchning suyanchi va tayanchi bolgan quyi bogindagi ishlar bugungi kun talabiga javob beradimi? Boshlangich tashkilotlarda haqiqiy holat qanday?

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Boshlangich partiya tashkilotlari bilan ishlash sektori tomonidan mazkur masala atroflicha organildi.

Tuman va shaharlar partiya kengashlari hamda 30 ga yaqin boshlangich partiya tashkilotlarida boldik, – deydi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi boshlangich partiya tashkilotlari bilan ishlash sektori mudiri Akmal Tursunboyev. Jarqorgon, Muzrabot, Denov tumanlari va Termiz shahar partiya tashkilotlarida muayyan ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh boldik. Ammo barcha hududlar haqida ham ijobiy fikr bildirolmaymiz. Masalan, Uzun, Sariosiyo, Qiziriq, Sherobod va boshqa tumanlarda koplab kamchiliklar borligi aniqlandi. Mavjud 668 boshlangich partiya tashkilotining 20-25 foizi partiya kengashlari bilan aloqani butkul uzgan. Uzun tuman tibbiyot birlashmasi, Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy nomli mahalla fuqarolar yigini, Sherobod tumanidagi 6-sonli maktab-internatidagi boshlangich partiya tashkilotlari faoliyati bugungi kun talabiga javob bermaydi.

Aksariyat tashkilotlar huquqiy hujjat va partiyaviy qollanmalar bilan taminlanmagan. Gazetalar taxlamlari tashkil etilmagan. Jihoz va texnikalar eskirgan. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasi ham past.

Kamchiliklarni bartaraf qilish uchun ahvolni tanqidiy-tahliliy organish talab qilinadi. Hujjatlarni togri yuritish va ularni saqlashga etibor kerak. Saflarimizni faol va tashabbuskor yoshlar bilan toldirish ham ustuvor vazifa bolib qolmoqda.

Qariyb bir hafta davom etgan organishlardan keyin Termiz shahrida seminar tashkil qilindi. Tahliliy-tanqidiy ruhda otgan tadbirda kamchiliklarga yol qoygani uchun Ozbekiston XDP Qiziriq, Boysun, Shorchi tuman kengashlari raislari ogohlantirilgan bolsa, Sherobod tuman kengashi raisi oz lavozimidan ozod etildi.

Boshlangich partiya tashkilotlari ishini isloh qilish davr talabi, deydi Ozbekiston XDP Jarqorgon tuman kengashi raisi Alisher Mamatmurodov. Shundagina kozlangan maqsadga erishamiz. Buning uchun targibot-tashviqot ishlarini yanada jonlantirish va hamkorlikni mustahkamlash muhim orin tutadi. Bugungi kunda tumanimizda 2 ming 550 nafardan ortiq azolarni birlashtirgan 45 boshlangich partiya tashkiloti faoliyat korsatmoqda. Xalq talimi bolimi, maktabgacha talim bolimi, bandlikka komaklashish markazi, tibbiyot birlashmasi, «Nuroniy» jamgarmasi, Ozbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi kabi qator tashkilotlar bilan mustahkam aloqa ornatilgan. Hokimlik tashabbusi bilan yaqinda kengashimiz tasarrufidagi 4 xona tamirlab berildi. Odamlarga nafimiz tegishi zarur. Shunda elektoratimiz vakillari bizdan xursand boladi.

Quyi bogindagi muammolarni bartaraf qilish haqiqatan ham oz holiga tashlab qoyilgan ekan, deydi Ozbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi raisi Mavjuda Hasanova. Buni alohida etiborga olgan holda, har haftaning payshanba kuni Boshlangich partiya tashkilotlari kuni, deb elon qilindi. Jarqorgon va Muzrabot tuman partiya kengashlari faoliyati Termiz shahri, Boysun tumaniga ommalashtiriladigan boldi. Jarqorgon tumanida Boshlangich partiya tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilash davr talabi mavzuida oquv-seminar tashkil qilmoqchimiz. Partiyaning kuch-qudrati boshlangich partiya tashkilotlariga bogliq. Shuning uchun yillar davomida toplangan muammolarni qisqa fursatda bartaraf qilishga kelishib oldik.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: