O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
24.05.2018

Targibot: FAQAT TELEVIDENIYE YOKI MATBUOTGA SUYANISH KAMLIK QILADI

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashida partiyaning ta’sir kuchi, jamiyatdagi nufuzini oshirish masalasiga bagishlangan davra suhbati otkazildi.

— Siyosiy partiyalarning jamiyatdagi obrosini mustahkamlash muhim masala, dedi OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Nilufar Yoldosheva. Bu borada partiya goyalarini samarali targib qilish, otkazilayotgan tadbirlarning natijadorligini taminlash katta ahamiyatga ega, deb oylayman.

Koplab davra suhbatlari, oquv-seminarlar otkazyapmiz. Respublikamizning chekka hududlarida bolib, aholi bilan mustahkam aloqa ornatilyapti. Ularni oylantirayotgan muammolardan bevosita xabar topib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralari korilyapti.

Shuningdek, joylardagi katta-katta masalalarni partiyamizdan saylangan deputatlar hal etayotganiga guvoh bolyapmiz. Ammo kopchilik bundan xabar topmayapti. Chunki biz targibot vositasi sifatida faqat malum bir nashrlar va partiyamizning saytigagina murojaat qilamiz. Bugungi davr esa tezkorlikni talab etadi. Shunday ekan, har bir partiya xodimi internet va ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan samarali foydalanishi lozim. Hozirgi vaqtda partiyamiz safida ana shunday xodimlar kengaymoqda. Masalan, OzXDP Navoiy viloyat kengashi raisi partiyamiz tashabbusi bilan bajarilayotgan ishlarni kundalik tarzda facebook ijtimoiy tarmogidagi oz sahifasi orqali yoritib bormoqda. Uning yuzlab dostlari muhim malumotlarni ozlarining boshqa dostlari bilan fikrlashishi natijasida aholi orasida partiya faoliyatidan xabardorlik darajasi oshyapti. Bu amaliyotdan samarali foydalanish kerak, deb hisoblayman.

Tadbir davomida Respublika Manaviyat va marifat markazi rahbarining birinchi orinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronov maruza qildi.

Targibot malumot berish degani emas, targibot bu otirganni turgazish demakdir. Ana shunda targibotning natijasini koramiz. Boyovut tumanida bolganimizda, aholi bugungi islohotlardan yetarli darajada xabardor emasligini kordik. Natijada ularda islohotlardan ragbatlanish hissi shakllanmagan. Demak, siyosiy partiyalarning amalga oshirayotgan ishlari haqida ham kopchilik kengroq tasavvurga ega emas. Bunda mahalliy partiya tashkilotlarining ham aybi bor, nazarimda. Muammoning oldini olish uchun esa har bir hududning manaviy-marifiy xaritasini yaratish kerak, deb oylayman. Bir joyning muammosi ikkinchisinikiga oxshamaganidek, insonlar fikr-oyida ham farq boladi. Targibot masalalarida shu jihatlarga ham etibor qaratish lozim.

Xalq ishonchisiz yetuk siyosiy partiya darajasiga kotarilish mushkul, dedi OzXDP Sergeli tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi rahbari Mirzohid Xidirov. Insonlar siyosiy partiya vositasida oz huquqlarini taminlay olsagina uning jamiyatdagi nufuzi mustahkam boladi.

Partiya tizimida salohiyatli, tajribali, boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega kadrlar faoliyat olib borsa, maqsadga muvofiq bolardi. Zero, partiya xodimi partiyaning yuzi hisoblanadi. Ayniqsa, tuman, shahar, viloyat kengashlari yetakchilarining bilim darajasi, partiya ishini qanchalik mukammal tushunishi katta ahamiyatga ega.

Yana bir muhim masala targibot hisoblanadi. Targibot, deganda kopchilikning koz oldiga gazeta nashrlarida, televideniye orqali chiqish qilish, turli reklama va shiorlar yozilgan bannerlar keladi. Men buni notogri, deya olmayman. Ammo hammamiz ishxonamizda, mahallamizda yoki dostlar davrasida partiyamiz haqida bir ogiz iliq sozlarni aytishimiz ham targibotning bir usuli hisoblanadi, nazarimda.

Bugungi davra suhbatida ozimga kerakli kopgina malumotlarga ega boldim, dedi OzXDP Markaziy Kengashi axborot xizmati bolimi yetakchi mutaxassisi Dilfuza Qurbonova. Masalani hal etsak, odamlarning ogirini yengillatsak, boldi, vazifa shu bilan nihoyasiga yetdi, deb oylash xato ekan. Targibot orqali amalga oshirilgan ishlarning natijasini ham korsatib bera olishimiz kerak.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar ozlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Mahliyo ALIQULOVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.

Sanjar SHOTOLAGANOV olgan surat.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: