O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
21.04.2018

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yerlardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan ob’ektlarni maqbul joylashtirish boyicha chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, yer uchastkalarini berish tartib-taomillari noshaffof va byurokratiyalashtirilgan bolib qolmoqda, bu esa tadbirkorlikni rivojlantirish va hududlarning zamonaviy memoriy qiyofasini yaratishda yerlardan samarali foydalanishga tosqinlik qilmoqda.

Xususan, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan yer uchastkalarini berishdagi huquqbuzarliklar yoki ularni asossiz olib qoyish bilan bogliq koplab murojaatlar yer uchastkalarini berishning tanlov tartibi lozim darajada yolga qoyilmaganligini korsatmoqda.

Vakolatli organlar faoliyatida yer uchastkalarini berish boyicha materiallarni korib chiqish va kelishishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan toliq hajmda foydalanish taminlanmayapti, bu esa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarining chozilishiga va byurokratik tosiqlarga sabab bolmoqda.

Kopchilik aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari mavjud emasligi, eskirgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan shaharsozlik normalari va qoidalari kompleks qurish talablariga rioya etilmasligiga va aholi punktlarining memoriy qiyofasi yomonlashuviga olib kelmoqda.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik subektlari bilan ozaro munosabatlardagi byurokratik tartib-taomillar va tosiqlarni qisqartirish maqsadida:

1. 2018 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib belgilansinki, unga kora:

yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali amalga oshiriladi;

yer uchastkalarini berish boyicha materiallarni yigish, korib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish faqat zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda qonun hujjatlari normalarini va amaliyotda ularni qollashdagi mavjud muammolarni tanqidiy tahlil qilish asosida yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni birxillashtirish boyicha qaror qabul qilsin.

2. Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga beriladigan yer uchastkalarini ajratish boyicha materiallarni yigish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini bajarish boyicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etishni, shuningdek, uning E-IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydonchasi bilan integratsiya qilishni;

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga E-IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion otkazish orqali berilishini tashkil etishni taminlasin.

3. Ozbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

aholi punktlarining bosh rejalari loyihalariga, qishloq (ovul) fuqarolar yiginlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga bolgan talablarni loyihalarning tarkibini, ularni kelishish tartibi va muddatlarini soddalashtirgan, shuningdek, aholi punktlarini rivojlantirish va qurishni rejalashtirish boyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxlarini pasaytirgan holda tubdan qayta korib chiqishni;

aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish boyicha ishlarni moliyalashtirishda tadbirkorlik subektlari – davlat-xususiy sheriklik ishtirokchilariga batafsil rejalashtirish loyihalarida korsatilgan chegaralar doirasida yer uchastkalarini olishga ustunlik huquqini taqdim qilgan holda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishni;

aholi punktlari bosh rejalaridan, qishloq (ovul) fuqarolar yiginlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalaridan ularning ochiq grafik qismini Ozbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari veb-saytlarida elon qilish orqali hammaning foydalanish imkoniyatini taminlashni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. Quyidagilar:

hisob-kitob (smeta) qiymati 2 milliard som va undan yuqori bolgan obektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli royxatini Ozbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlash;

qurilish (rekonstruksiya, kapital tamirlash) qiymati oldin elon qilingan qiymatidan oshgan ijtimoiy va fuqarolik ahamiyatga ega obektlar boyicha xulosalar berish tartibi bekor qilinsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 dekabrdagi Ijtimoiy va fuqaro obektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib ornatish chora-tadbirlari togrisidagi PQ1666-son qarori oz kuchini yoqotgan, deb hisoblansin.

6. Ozbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi, Qurilish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 20 aprel


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: