O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
12.04.2018

DUNYONI TANISH VA DUNYOGA TANILISHNING QIYMATI

Jo‘liboy ELTAZAROV, Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, professor:

– Qadimgi faylasuflardan biri «Dunyoni tanish va dunyoga tanilish ayni qiymatdagi tushunchalardir», degan purhikmat gapni aytgan ekan. Aslida bu haqiqatni insonlarga ham, davlatlarga ham birday qollasa boladi. Inson avvalambor atrofidagilarni, songra dunyoning ilmu hikmatlarini organgach, jahonga ovoza boladigan kashfiyot qilishi, asar yaratishi ehtimoli ortadi. Davlatlar oz diplomatik korpusi va ilmiy-analitik markazlarining yordami bilan Yer yuzidagi umumiy ahvolni, iqtisodiy va siyosiy konyukturani, geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyatni chuqur anglab yetib, mintaqa va jahon siyosati realliklaridan kelib chiqib siyosat yuritganida, dunyo mehvarida obro-e’tiborga ega bolishi, oz yurtining salohiyatini toliq namoyon qilishi imkoniyati paydo boladi. Shu sababli, u yoki bu mamlakatning muvaffaqiyatli tashqi siyosati uning diplomatlari va boshqa tashqi siyosiy-iqtisodiy faoliyat bilan shugullanuvchi tashkilotlarining nechogli ish olib borishi bilan bogliq.

1950-yillar boshida Yaponiya, 1960-yillarning oxirida Janubiy Koreya Osiyo yolbarslariga aylanayotgan paytda bugungi kunda jahon iqtisodi va ilmiy-texnik taraqqiyoti dargalari qonimidagi bu ikki olkaning tashqi siyosiy va iqtisodiy idoralari butun dunyoda oz faoliyatini kuchaytirib, yapon va koreys mollariga yangi bozorlarni izlagan, arab shayxlari va Garb korchalonlarining mamlakat iqtisodiyotiga ikki taraflama foydali investitsiyalar kiritishida jonbozlik korsatgan edi. Natija malum — bugungi kunda Yaponiya va Koreya dunyoga mehr-shafqat, ilmu ziyo tarqatgan yumshoq kuchlar (soft powers), bu olkalarning diplomatiyasi ham jahon hamjamiyatiga ornak bolarli yuksak manaviy-insonparvar diplomatiyalardir.

Bugun dunyoda bolayotgan voqea-hodisalardan kelib chiqib, fikrlasak, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yonalishlarini amalga oshirishda uning masuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni hech mubolagasiz tarixiy hujjatdir. Bu farmon Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz tashqi siyosati va tashqi iqtisodiy aloqalarini yangi bosqichga kotarish boyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ozbekistonimizning geosiyosiy, geostrategik va geoiqtisodiy qonimi ham ustunlik, ham murakkablik tomonlariga ega ekanligi mamlakat tashqi siyosiy va iqtisodiy idoralari oldiga alohida vazifalar qoyadi. Xususan, yuqoridagi farmonda qayd etilgan Ozbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyati va tashkiliy-shtat tuzilmasining normativ-huquqiy asoslarini iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirishga urgu bergan holda qayta korib chiqish va takomillashtirish vazifasini tez fursatda amalga oshirish muhimdir. Diplomatiyaning oddiy qoidasi qaysi davlat bilan iqtisodiy aloqalar qalin va samarali bolsa, bu munosabat ilmiy, madaniy, gumanitar aloqalarning ham yuksalishiga yol ochadi. Qolaversa, mamlakatimizning gurkirab rivojlanayotgan eksportga yonaltirilgan sanoati, yil boyi sarxil meva-sabzavotlarni katta miqdorda yetkazib berish salohiyatiga ega qishloq xojaligi, qardosh va taqdirdosh xalqlar bilan ilm-fan, talim va madaniyat sohasidagi aloqalar ehtiyoji yaqin va uzoq xorijdagi mamlakatlar bilan ozaro manfaatli aloqalarni kun sayin yaxshilashni talab etadi.

Iqtisodiy diplomatiya aslida butun tashqi aloqalarning lokomotividir. Bunga ishonch hosil qilish uchun Xitoy Xalq Respublikasining keyingi 40 yil ichida iqtisodiy diplomatiyadan dunyoning super kuchi darajasiga erishuviga qadar bosib otgan yolini eslash kifoya...

Shuningdek, mazkur hujjatda alohida etibor qaratilgan milliy va xorijiy ekspertlar jamoalari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ilmiy doiralar bilan muntazam hamda maqsadli axborot almashish ishlarini kuchaytirish orqali Ozbekistonning ijobiy xalqaro nufuzini shakllantirishda ommaviy diplomatiya vositalarini faol qollash vazifasi ham muhimdir.

Elchixonalar avvalo u yoki bu mamlakatning madaniyati, tarixi va buguni timsoli bolgan muassasalardir. Shu sababli, elchixonalarimizdagi xodimlar diplomatik malumotdan tashqari mamlakatimizning boy madaniyatini ham ozlashtirib olishlari kerak, yoki Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyaning tashqi siyosiy idoralarida kop qollanilgan u yoki bu mintaqa yoki davlatning madaniyati, tili boyicha olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodkorlarni malum bir muddat (ananalar shakllangunicha) elchixonalar faoliyatiga jalb etish lozim boladi. Elchixonalarimizning saytlarini butun dunyoda qabul qilinganidek, davlat tilida va ozi joylashgan mamlakat tilida faoliyat korsatishini taminlash lozim. Sir emas, bazi katta-katta mamlakatlardagi elchixonalarimizning saytiga kirsangiz, ularda ozbekcha axborot juda kam, yoki rus tili faol qollanadi. Malum bir vaqt oraligida (mustaqillikning dastlabki 15-20 yili ichida) bu holni normal qabul qilish mumkin edi. Ammo bundan buyogiga bu masalada dunyo standartiga amal qilishimiz zarur boladi.

Farmonda fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlari amalda himoya qilinishini taminlash mexanizmlarini shakllantirish va amalga oshirish, xorijdagi vatandoshlarimiz bilan har tomonlama muloqotni qollab-quvvatlash, ularni savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ijtimoiy loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishga faol jalb qilish xususida alohida takidlangan.

Ozbekiston malum tarixiy-ijtimoiy sabablarga kora, mamlakat tashqarisida eng kop etnik diasporaga ega mamlakatlardan biriga aylandi. 1900-yillarning birinchi yarmidagi inqilob va qatagonlar, keyingi yillarda mehnat migratsiyasi ehtiyojlari tufayli bugungi kunda chet ellarda millionlab yurtdoshlarimiz yashamoqda. Aslida bu insonlar kontingenti Ozbekiston uchun chet ellarda kuchli lobbi faoliyatlarini olib borishda katta imkoniyatlardan biri. Masalan, Turkiyada, Saudiya Arabistonida yuz minglab, balki millionlab etnik ozbeklar (turkistonliklar) yashaydi, ularning madaniy yoki ozaro yordamlashuv jamiyatlari mavjud. Bu insonlar ona Vatani Ozbekistonni targib va tashviq qiladilar, madaniyat elchilari vazifasini bajaradilar. Ular Ozbekistonning yutuqlaridan gururlanadilar, madaniy-lisoniy aloqalarga chanqoqdirlar.

2014 yilda kamina Turkiyadagi Mugla universitetida ishlab yurgan paytimda Adana shahridagi ozbeklar jamiyati mendan Turkistonlik olimlar degan kitob yozib berishimni sorashdi, chunki ularning farzandlari Mahmud Koshgariy, Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Mirzo Ulugbek, Ali Qushchi kabi dunyo hamda islom fani va madaniyatiga katta hissa qoshgan bobolari haqida koproq bilishni istashar ekan. Bu kitobni 2015 yilda bosib chiqarishdi, ikki kunlik katta tantana bilan tanishtiruv marosimi tashkil etishdi. Matbuot, radio, televideniyeda katta reklama kampaniyalari, korsatuvlar qilishdi. Bu insonlar ona yurtdan ayrilganiga 100 yildan ziyod vaqt otganiga qaramay, yaqin madaniy va lisoniy muhitda yashaganiga qaramay, ona tilni, qadrdon madaniyatni unutmagan, Ozbekistonning bayrogi har bir adanalik ozbekning uyida bor. Ana shunday diasporalarimiz bilan yaqin aloqa ornatish, ularga madaniyat elchisi bolishga imkoniyat yaratish, ular orasidagi ishbilarmonlarni vatanimizga investitsiya kiritishini koproq tashviq etish lozim, deb oylayman. Bu borada davlatimiz rahbari tashabbuslarini faol qollab-quvvatlashimiz kerak.

Mehnat migratsiyasi tufayli Rossiyada, Koreyada, Turkiyada yashayotgan vatandoshlarimizni uyushtirish, ularga Ozbekiston foydasiga lobbi faoliyatlarida bolishini tashkil etish ham katta foyda berishi muqarrar. Diaspora bilan ishlashda diplomatlarimiz Isroil hamda qardosh Ozarbayjon tajribasini organsalar yomon bolmas edi.

Amerika Qoshma Shtatlarining yaqinda istefoga chiqqan Davlat kotibi, 40 yillik iqtisodiy diplomatiya tajribasiga ega diplomati Reks Tillersonning Amerikaning dunyodagi liderligi diplomatiyadan boshlanadi. Hamkorlar va ittifoqchilar bolmasa hech bir ishni amalga oshirish mumkin emas, degan mashhur fikri aslida nafaqat Amerika, balki har bir mamlakat uchun juda muhimdir. Chunki kuchli diplomatiyasiz, soat mexanizmidek aniq va muntazam ishlaydigan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy muassasalarsiz davlat qanotlari zaif qush kabi dunyo kengliklarida parvoz qilolmaydi, jahon mehvariga chiqa olmaydi. Bugungi globallashgan dunyoning eng keskin haqiqatlaridan biri shu.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yonalishlarini amalga oshirishda uning masuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmonida bayon qilingan vazifalar sobitqadamlik bilan amalga oshirilsa, yurtimiz qisqa fursatlarda mintaqa va dunyodagi mavqeini yanada mustahkamlaydi va bu mamlakatimizning gullab-yashnashi, xalqimiz turmush farovonligi oshishiga xizmat qiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: