O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
07.04.2018

XALQARO MAQOM SANATI ANJUMANINI OTKAZISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Ozbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz sanatimizga hurmat va etibor tuygularini kamol toptirish, turli xalqlar ortasidagi dostlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-manaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Ozbek milliy maqom sanatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida”gi PQ–3391-sonli qarori bilan Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta otkazilishi belgilangan Xalqaro maqom sanati anjumanini (keyingi orinlarda Anjuman deb ataladi) birinchi marta 2018 yilning 6-10 sentabr kunlarida otkazish yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Ozbekiston Fanlar akademiyasi, Ozbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining takliflari maqullansin.

2. Quyidagilar:

Xalqaro maqom sanati anjumaniga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha tashkiliy qomita tarkibi 1-ilovaga;

Xalqaro maqom sanati anjumanini otkazish tartibi togrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Tashkiliy qomita ikki hafta muddatda Anjumanga tayyorgarlik korish va uni yuksak saviyada otkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

4. Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ozbekiston Fanlar akademiyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Ozbek milliy maqom sanati markazi:

bir oy muddatdaxalqaro anjumanning ochilish va yopilish marosimlari ssenariy va badiiy dasturlarini tayyorlash;

1-iyulga qadarmazkur konferensiyada xorijiy davlatlardan ishtirok etadigan musiqashunos va maqomshunos olimlar, taniqli sanatkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar royxatini shakllantirish, ularni taqdirlash ssenariysini ishlab chiqsin;

1-avgustgaqadar anjuman doirasida Maqom musiqa sanati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan orni mavzusida otkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyaga tayyorgarlik korsin.

5. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi anjumanni YuNESKO shafeligi ostida otkazish masalasini belgilangan tartibda hal etsin.

6. Qashqadaryo viloyati hokimligi25-avgustga qadarShahrisabz shahrida obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini, anjuman otkaziladigan sahna maydonlari va zallar talab darajasida tayyorlanishini taminlasin.

7. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Anjumanga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining viza talabnomalariga binoan Ozbekiston Respublikasiga kirish vizalari belgilangan tartibda konsullik va boshqa yigimlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini taminlasin.

8. Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi, Ozbekiston Badiiy akademiyasi, Ozbekkino milliy agentligi, Oztoqimachiliksanoat uyushmasi, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Ozbekiston Cavdo-sanoat palatasi va Hunarmand uyushmasi bilan birgalikda:

Anjuman doirasida Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydoni hududida maqom sanatiga oid turli korgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanat asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etilishini;

Anjuman dasturini ishlab chiqish va uning Anjumandan uch oy avval turistik tashkilotlarga taqdim etilishi, Internet jahon axborot tarmogi va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini taminlasin.

9. Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi:

anjuman qatnashchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalardan joy ajratsin;

Toshkent shahar hokimligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ijodiy guruh va badiiy dastur ishtirokchilariga hamda xorijiy mehmonlarga Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatidagi mehmonxona va ovqatlanish xizmatlarini 50 foizlik chegirma bilan tashkil etsin.

10. Anjumanni tashkil etish va otkazish bilan bogliq sarf-xarajatlar Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:

70 foizi Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xarajatlar smetasida madaniy tadbirlarni otkazish uchun har yil nazarda tutiladigan byudjet mablaglari doirasida;

30 foizi homiylik xayriya, mahalliy byudjet mablaglari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

11. Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Dunyo axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Anjumanga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.

12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklansin.


Ozbekiston RespublikasiPrezidenti
Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018-yil 6-aprel

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: