O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
03.04.2018

OZBEKISTONDA 20 GA YAQIN SOLIQ TURI BOR, RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA ESA BOR-YOGI 6-7 TA...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi mamlakatimiz soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.

«Ozekspomarkaz»da bolib otgan loyiha taqdimotida soliq sohasi ekspertlari, ishbilarmonlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, xalqaro moliyaviy institutlar hamda diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

— Barchamiz soliq tolovchilarmiz. Shunga binoan, bugungi muhokama bevosita barchamizga tegishli boladi. Har birimizning oylik maoshlarimizdan ushlab qolinayotgan, tadbirkorlarning daromadlaridan olinayotgan soliq pullari nimaga sarflanayotganini bilishga haqqimiz bor, deydi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori orinbosari Gozal Islomova. Soliq konsepsiyasining negizida mamlakat raqobatbardoshligini kotarish yotibdi. Globallashuv jarayonida har bir davlat mehnat va iqtisodiy zaxiralar uchun kurashmoqda. Ozbekiston katta zaxiraga, ulkan tabiiy boyliklar va inson resurslariga ega bolishiga qaramay, mamlakatimizning global sarmoya bozorida raqobatbardoshligi haqida soz ketganda, ma’lum boladiki, investorlarga bizning mamlakatimizga kelish qiziq emas. Ular bizga pul tikishni xohlamayapti. Nima uchun? Biz soliq konsepsiyasini ishlab chiqishda ayni shu savolga javob topishga urinib kordik.

Muhokama davomida soliqqa tortishning amaldagi usullari va kelib chiqayotgan muammolar, bugungi zamon talablari, ilgor goyalar, maqsad va vazifalarga alohida etibor qaratildi.

Anjumanda takidlanganidek, mamlakatimizdagi soliq tizimi va mamurchiligi bozor iqtisodiyoti tamoyillariga javob bermaydi.

Ayniqsa, biznes sohasida katta soliq yuki saqlanib qolyapti. Soliqlarning kopligi, soliqqa tortish tartib-taomillarining murakkabligi iqtisodiy osishga raqobatbardoshlik rivojiga monelik qilmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, hozir mamlakatimizda 19 turdagi soliqlar amal qiladi, kopdan-kop rivojlangan davlatlarda esa bu korsatkich atigi 6-7 tani tashkil etadi.

Hozir kichik biznes subektlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotiga qoshayotgan hissasi 50 foizdan ortiq, biroq uning soliq tushumidagi ulushi 7 foizdan bir oz kop, xolos. Soliqning yuqori darajasi va qoshimcha qiymat soligini (QQS) undirish tizimi soliq tolovchilarning aylanma mablaglari tortilishiga, istemol mahsulotlari narxlarining qimmatlashishiga olib kelib, yirik va kichik biznes ortasida kooperatsiyaning osish suratiga tosqinlik qilmoqda...

Ozbekistonda ishga yaroqli aholi soni on uch milliondan koproq. Malumotlarga kora, ularning 5,7 million nafari ish bilan band va daromad soligi tolaydi.

Shuni ham aytish kerakki, savdo va boshqa maishiy xizmat korsatish korxonalari tekshirilganda, xodimlar soni kamaytirib korsatilishi kabi hollar oydinlashgan. Yani, 20 ta xodim soliq tolab ishlayotgan bolsa, 60-80 nafari norasmiy tarzda ishlab, soliqdan yashirilgan.

Biz bu masalada tadbirkorlarni ayblashga haqli emasmiz, deydi Davlat soliq qomitasi raisining birinchi orinbosari Behzod Musayev. Nimaga desangiz, tashkilot rahbari qol ostida ishlayotgan xodimga maosh berish uchun tolanadigan soliq, hamma ijtimoiy tolovlar bilan qoshib hisoblaganda, 55 foizdan oshadi. Aksariyat investorlar Ozbekistonda soliq qonunchiligi soglom raqobatni, ochiq-oshkoralikni, soliq yukining maqbul miqdorini va investorlar huquqini himoyalashni taminlay olmayapti, degan fikrda.

Yangi ishlab chiqilgan Konsepsiya loyihasida soliq qonunchiligini soddalashtirish, meyoriy hujjatlardagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, soliq tolovchilar manfaatini himoya qilish, tadbirkorlarga soliq bosimini yengillashtirish, katta va kichik korxonalar orasida soliq miqdoridagi tafovutga barham berish kabi davr talabiga hamohang yondashuvlar ilgari surilgan.

Teng raqobat muhitini yaratish maqsadida shaxsiy soliq va bojxona imtiyozlarini berish qatiyan taqiqlanishi rejalashtirilyapti. Soliq hisobotlari soddalashtiriladi, shuningdek, qoshimcha qiymat soligi 20 foizdan 12 foizga tushiriladi. Lekin, shu bilan birga, aylanma mablag miqdori 1 mlrd somdan kop bolgan barcha soliq tolovchi uni tolashi lozim boladi.

Jismoniy shaxslar daromad soligi, fuqarolarning yagona ijtimoiy tolovlar va sugurta badallarini Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga soliqqa tortish 25 foizli tekis shkaladagi stavka boyicha yakka tartibdagi jismoniy shaxslar daromad soligi sifatida birxillashtirish kozda tutilyapti.

Shuningdek, yuridik shaxslarning mulk soligi boyicha soliq yuki bosqichma-bosqich kamaytiriladi.

Bir soz bilan aytganda, Konsepsiya loyihasida soliq tizimini tubdan qayta korib chiqish va isloh qilishga oid takliflar orin olgan.

Ushbu loyiha tort qismdan iborat bolib, jamoatchilik muhokamasi yakunlari boyicha uni yanada takomillashtirish kutilmoqda.

Bardambek SADULLAYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: