O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.03.2018

BAHOR QAYERDAN BOSHLANADI?

Badeha

Bir yorug‘lik, koklam libosidagi bir nur oziga rom etib ogushiga chorlay boshlaydi. Mudroq hislaring uzra umid chechaklarini sochadi. Ruhing shabnamlarga chayilib, muattar tonglaring otadi. Yodingga, konglingga, vujudingga torgaylar qoshigini soladi... Oylab qolasan, bahor qayerdan boshlanar ekan-a?..

Deydilarki, bahor boshlanar,

Jilgalarning shox kulgusidan,

Boychechakning tabassumi-yu

Kurtaklarning tugilgusidan.

Deydilarki, keladi bahor,

Toglar oshib, adirlar oshib,

Yalpizlarning boylari bilan,

Shabbodaning kuyiday shoshib.

Deydilarki, umid qil, ma’shuq,

Jambil boyli kunlar keladi.

Quchogida bir dunyo sirlar,

Kongli guncha tunlar keladi.

Deydilarki... Yoq, unday emas,

Bu sozlarning barisi bekor!

Ishqqa tashna, yashillikka och,

Yuragimdan boshlanar bahor!

Juda qiziq, negadir odam bahorni soginib-soginib kutadi. Shunday soginadi-ki, goyo yorni soginganday. Onasini sogingan bola kabi talpinadi. Yuraklari ortanib, hayratlari hapqirib soginadi. Goyo bahor kelsa uning hamma ishi bitadiganday, tashvishlari chekinib, murodiga yetadiganday. Bahor kelishi bilan inson umriga, hayotiga fayz, mazmun kiradiganday tuyuladi. Balki inson felidagi yosharishga, yashnashga, qayta yashashga bolgan moyillik shunday soginchga olib kelar. Balki shuning uchun ham bahorni soginarmiz.

Bahor, seni sogindim, xayollarim sen ozing,

Tushlarimda kora- kora, kutganlarim sen ozing,

Tongda turib izlaringni izlaganim sen ozing,

Bahorginam, kela qolgin, dildan armonlar ketgay,

Bagrimga sen kira qolgin, hijron dostoni bitgay.

Ey, azizlar! Endi men tutqun emasman, ozod ruhman, hech narsa tutib qololmaydi meni endi, na zebi-ziynat, na molu matoh. Mening bu dunyodagi dunyom — koklam. Maysalarning shivirin eshityapsizmi? Qarang, yulduzlarning sirli imosini, gullash bazmi, yaralish nazmini. Falak sarbozlarining golib qah-qahalarini tinglayapsizmi? Tangrim, koklam ayvoniga meni qaldirgoch qil! Meni men istaganlar tomonga parvoz qilishimga kuch ber, qanot ber.

Ketaman, meni zor kutganlar tomon,

Gul bargin toshagan orikzorlarga.

Topshirdim, ornimga yiglasin osmon,

Tishimning oqiga intizorlarga, ketaman...

Seni bilmadimu, men boshqa chidolmayman. Soginch, hijron odamni oldiradi desalar, sen ham ishon, agar tiriklikka ishonsang, ishon! Mening holim balki senga yolgondir, ammo, Oziga chin. Keldingmi, nihoyat keldingmi, jonparvar bahorim!.. Seni juda sogindim. Shunday sogindim-ki, holim qolmadi...

Kelsang, kelgin, yoki xayr -xosh,

Tomogimda yiglaydi bir qush.

Chaqmoq bolsang, osmoningdan tush,

Soginmoqqa holim qolmadi.

Yayov desang dunyo kezarman,

Dashtlaringni gulgun bezarman.

Qoqi gulday sensiz tozarman.

Soginmoqqa holim qolmadi...

Bolaligim bobomning katta bogida otgan. Qaysi daraxt qachon gullaydi, qachon pishadi, qaysi daraxtning qaysi shoxida otirsa yoki halinchak qilib uchsa boladi, hammasini besh qolday bilardim. Daraxtma-daraxt, shoxma-shox sakrab yurib, bolalikning gashtini surganmiz. Ammo, aqlimni tanibmanki, bir savol meni qiynaydi. Esimda, erta pishar origimiz bolardi. Bu daraxtni men ozimniki qilib olgandim. Chunki, kurtaklar goraga kirishi bilan bir etak terib olib, maktabga olib borib ortoqlarimga ulashar, hammanikidan birinchi bolib bizning origimiz dovuchcha tugganini suyunchilardim. Kunlarning birida osha origimiz endigina dovuchcha bolayotgan paytda qalin qor yogdi. Lekin bir ikki kunda erib ketdi. Ammo, yodimdan hech chiqmaydigan bir hodisa sodir boldi. Ne koz bilan korayki, hali gulidan ajramagan dovuchchalar yer bilan bir bolib, loyga belanib yotardi. Ularning bir hovuchini terib olib, onamning oldiga olib bordim. «Endi nima boladi, onajon?», deb yiglab yuborganim esimda. Xudoning ishi, bolam, Xudoning ishi. Bizga yarasha rizqimiz ham qolgandir origingda, dedilar onam meni yupatib. Mana osha xotiramning izlari...

Orik gullariga balolar yogdi,

Bolasin vaboga oldirgan ona.

Kurtaklar chirqirar, kurtaklar yondi,

Nihollar kampirga aylandi, ana.

Nahotki, oppoq qor, qahring qarodir,

Nahotki, bir shaxdga shunchalar qurbon.

Nahotki, ilinjning kongli yarodir,

Nahotki, taqdirlar chalkashu uryon.

Bahor xorsinadi, koklam xijolat,

Bir lahza hayratim guvohi chaqin.

Nahotki, shunchalar umr omonat,

Nahotki, bunchalar xiyonat yaqin?!

Koklam... Sen qanchalar qudratlisan, nafaqat toshni yorib chechak undira olasan. Hatto, tosh yuraklarga ham hayrat baxsh etolasan. Sen tufayli hayoti qorongilikka chokkan, ruhiyati rutubatga ingan kongillar ham gullaring ochilganda, arilaring gujgon urganda jim turolmaydi. Osha, ozining mahzun kechinmalaridan voz kechishga shaylanadi. Atrofga boqadi, tomosha qiladi. Uning yorga bolgan soginchi, maysaning quyoshga bolgan soginchidan-da kam emasligini his qiladi. Goyoki koksidagi hijron tufayli sanchilgan nayzalar ham gullaganday boladi. Baxtni chorlab hayqirgisi keladi.

Koklab ketdi

Koksimdagi nayzalar,

Gul ochmoqda,

Kiprigimda maysalar,

Bir bor kelar,

Ming yilda bu lahzalar,

Yor kelar kun keldi, bahor, kelaqol.

Bahor keldi deb sher yozib, davrama-davra bulbulday sayrab yurgan kunlarim otam va onam yotgan qabristonga yolim tushdi. Bu qabriston keng yalanglikda, qum barxanlaridan iborat edi. Bu yerga bahorning nafasi ham kelmagan. Negadir huvillab yotibdi. Goyo koklam bu ulug zotlar oldiga kelishga xijolat tortganday, jazm qilolmayotganday... Balki, alam chinqiriqlari koklam sarbozlarini kirdirmayotgandir? Balki, ahli qabrning kongliga bahor sigmayotgandir? Men ketimdan ergashib kelayotgan bahorni qabristonga kirishga undadim. Zoraki, qabrlar uzra ochilgan chechaklar zikri ular ruhi poklarining salovoti bolib jaranglab tursin, boy korsatadigan gulu chechaklar. Nima bolganda ham, menga ergashib kelayotgan bahorni ozim birla qabristonga olib kirar ekanman, ota-onam qabriga chokar ekanman, iltijo qildim, yolvordim.

Bahor, yur, boraylik qabristonga ham,

Otamni, onamni korib kelaylik.

Bir quchoq chechak ol, yashnasin mozor,

Bir hovuch duom bor, berib kelaylik.

Talabgorim, sizga gar kerakman, uyimdan izlamang. Kurtaklar bagridan, iforlar tamidan, sabolar sayridan, ilhomlar avjidan izlang. Ovvora bolmang, men uyda yoqman, safarga choglandim, ozimni izlab. Endi meni hayratlar yurtidan, gul-chechaklar qavmidan topgaysiz.

Izlamang, uyimdan topa olmaysiz,

Behilar sargardon gullagan palla.

Bu kun ozingizdan tona olmaysiz,

Kapalak shabnamga aytganda alla.

Izlamang, uyimdan, hammasi bekor,

Yashamoq ozi ne nursiz, navosiz.

Qolingdan kelmas-ku, tugilmoq takror,

Olib ham bolmaydi azmi Xudosiz.

Qishning oppoq korpasi ichra astagina moralagan boychechakning holatini kim ham tushuntirib bera olardi? Buning uchun sen ham bir bora bolsa, boychechak bolib korishing kerak. Yanikim, qor bosgan vujudingni oftob nurlariga tutib, tuproqning taftini tomiringga payvand qilib uygonmoging shart. Uygonganingda ham atrofdagilaringni, butun borliqni uygotib, uygonishing kerak. Va jar solmoging, hayqirmoging, kuylamoging, raqs tushmoging lozim. Chunki, toshni yorib chechak unsa, qurigan yogochlar gullasa, hey, sen inson, nega jimsan?! Nimadir qil, nimadir qil, kongling yayrasin.

Mana koklam keldi,

Qongiroq chalib,

Qish boyi uxlagan karvon uygondi.

Har hovuch tuprogin

Koziga surtib,

Yelkasida ketmon, dehqon uygondi.

Har tuning qadr olibon, har kuning olsin Navroz deganlar ruhiga rahmatlar bolsin. Har tongni tiriklik tongini nemat bilib, shukrona koz ochganlarga, Vatan tugini shon, Vatan shonini jon bilguvchilar, Vatan tufrogini Onam deb tavof aylaganlar, hushyor va bedorlar omon bolsinlar! Zero, ogohlikdan qutlug bayram yoqdir bu dunyoda!

Ruh shamoli tanni qaqshatdi,

Chaqmoq vujud olov sachratdi,

Kecha yoqqan yomgir charchatdi,

Kel, bugunni bayram qilaylik.

Otgan kunim nadomat, armon,

Orom bilmas sargardon bu jon,

Esiz, umr ortada sarson,

Kel, bugunni bayram qilaylik.

Azal jonga zavol andisha,

Bu dunyoda yolgiz ishq pesha.

Ayrilmoqqa ochmiz hamesha,

Kel, bugunni bayram qilaylik.

Opib tursa sochlaringni nur,

Baxt neligin kapalakdan sor,

Ne bolsa ham tur, orningdan, tur,

Kel, bugunni bayram qilaylik.

Axir seni korganim tushmas,

Xayolingsiz hushlarim hushmas,

Osmon sinib zaminga tushmas,

Kel, bugunni bayram qilaylik.

Bir xorsinsam qaytib kelar soy,

Ayt, tilaging ayt, deb kelar soy,

Qaytib jonni qayerdan olay,

Kel, bugunni bayram qilaylik.

Tongim balki armonlarga soz,

Ishq qismati ikkimizga rost,

Men entikib chorladim, xolos,

Kel, bugunni bayram qilaylik.

Farida AFROZ,

Ozbekiston yozuvchilar uyushmasi azosi, shoira.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: