O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
23.08.2012

SAYLOV QONUNCHILIGINING TAKOMILLASHUVI

demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolar hamda siyosiy partiyalarning yanada faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi

Demokratik jamiyatda saylovlar ijtimoiy-siyosiy hayotning ajralmas qismi, fuqarolar o‘z xohish-irodasini ifoda etishi, xalq suverenitetini royobga chiqarishning asosiy shaklidir. Shu bois Ozbekistonda saylov togrisidagi qonun hujjatlarini izchil takomillashtirib borishga demokratik islohotlarning muhim yonalishi sifatida qaralmoqda.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida saylov huquqi erkinligini taminlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish goyalari ilgari surilgan edi. Bu siyosiy partiyalar faolligini yanada kuchaytirish, ularga teng sharoitlar yaratish hamda koppartiyaviylik tizimini takomillashtirishda muhim qadam boldi.

Konsepsiyada belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida bir guruh deputatlar tomonidan tayyorlangan «Saylov erkinligining bundan buyon ham taminlanishi va saylovga oid qonun hujjatlarining rivojlantirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisida»gi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi fraksiyamiz majlisida qizgin muhokama etildi. Qonunchilik palatasidagi qomitalar yigilishlarida ham fraksiyamiz azolari qonun loyihasini korib chiqish jarayonida faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, joriy yilning iyul oyida deyarli barcha viloyatlarda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida saylov qonunchiligiga bagishlangan qator seminarlar tashkil etildi. Ularda fraksiyamiz azolari faol qatnashib, qonun loyihasi yuzasidan elektorat bilan fikr almashdi.

Saylov qonunchiligini takomillashtirish masalasi siyosiy partiyalarning etibor markazida bolishi tabiiy albatta. Chunki, saylov har bir siyosiy partiyaning xalq ortasidagi obrosini belgilab beradigan, ularning goyalarini xalq qay darajada qollab-quvvatlashini korsatadigan eng muhim sinovdir. Shuning uchun, garchi mazkur qonun loyihasi Ozbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi azolari tomonidan kiritilgan bolsa-da, uning dolzarbligi, mamlakatimizda saylov erkinligi huquqi prinsipining toliq joriy etilishi va saylov tizimining yanada demokratlashuviga xizmat qilishini inobatga olgan Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi bu tashabbusni toliq qollab-quvvatladi.

Ushbu qonun loyihasiga kora, saylovga oid qonun hujjatlariga 7 ta asosiy yonalish boyicha ozgartish va qoshimchalar kiritilmoqda. Masalan, qonun loyihasida Saylovoldi tashviqoti tushunchasiga mufassal tarif berilmoqda va tashviqot olib borish shartlari, turlari, ruxsat etilgan shakl hamda usullari aniq belgilab qoyilmoqda. Bu esa saylovoldi tashviqoti jarayonining mohiyatini ochib berish va uning bir xilda tushunilishi, saylov kampaniyasining ochiqligini taminlashga xizmat qiladi.

Qonun loyihasida ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yol qoyilmasligi togrisidagi normaning kozda tutilishi ham siyosiy partiyalar uchun muhim ahamiyatga ega. Saylovoldi tashviqotini amalga oshirishda bunday cheklovning belgilanishi, saylovchilarga oz nuqtai nazarlarini aniqlashtirib olish va qaysi siyosiy partiya vakiliga ovoz berish togrisidagi masala yuzasidan ongli qaror qabul qilish uchun qoshimcha vaqt beradi. Shuningdek, bu ovoz berish arafasida turli suiistemollik va qoidabuzarliklarning sodir bolish ehtimolini bartaraf etishga zamin yaratadi.

Amaldagi qonunga binoan, deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga OAVdan foydalanishda teng huquq berilgan. Biroq bu masala aniqlashtirilmagan va ularni amalga oshirish shartlari korsatilmagan. Shunga asosan, qonun loyihasida saylovoldi tashviqoti olib borishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi, shuningdek, saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazish orqali saylovoldi tashviqotini amalga oshirish shartlari aniq belgilab qoyilmoqda.

Avvalgi saylovlar tajribasidan malumki, uchastka saylov komissiyalari kopincha muddatidan oldin ovoz berishni otkazish bilan bogliq muammolarga duch kelardi. Bu holat tabiiyki, saylov kuniga qadar ovoz berishni otkazish tartibi va muddatlarini qonunchilikda yanada aniq mustahkamlanishini talab etardi. Qonun loyihasida bu masalalarga ham oydinlik kiritilgan. Mazkur muammoning hal etilishi fuqarolarning oz xohish-irodasini erkin bildirishi va uchastka saylov komissiyalari faoliyati oshkoraligini taminlashga xizmat qiladi. Qonunbuzarlik holatlariga barham beriladi.

Qonun loyihasida, ovoz berish kuniga qadar uch kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoatchilik fikri sorovlari natijalarini, saylov natijalari taxminlarini, saylov bilan bogliq boshqa tadqiqotlarni chop etishga (elon qilishga), shuningdek ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan Internetga) joylashtirishga yol qoyilmasligi togrisidagi normaning nazarda tutilishi ham saylov qonunchiligi buzilishi mumkin bolgan holatlarning oldini olishda qol keladi.

Saylovga oid qonun hujjatlarining doimo rivojlantirib borilishi, saylov tizimining yanada demokratlashuvi, siyosiy partiyalarga berilayotgan imkoniyatlar kengaytirilishi barcha siyosiy partiyalar kabi Xalq demokratik partiyasi uchun ham nihoyatda muhimdir. Bugungi kunda oz safida 370 mingdan ziyod azosi bolgan Ozbekiston Xalq demokratik partiyasida saylovoldi tashviqotini olib borishga qoyilgan talablardan kelib chiqib, saylov kampaniyasini samarali olib borish uchun barcha tashkiliy imkoniyatlar mavjud. Qonun loyihasi partiyamiz dasturida belgilab berilgan vazifalarni royobga chiqarishda yanada keng imkoniyatlar ochib beradi. OzXDP barcha darajadagi saylovlarda ishtirok etar ekan, ularning yakunlariga kora doimo yuqori mavqeni egallashga harakat qiladi. Bu bilan partiyamiz oz deputatlik korpusi orqali qonun va boshqa davlat qarorlarini oz elektorati manfaatlarini inobatga olgan holda qabul qilish, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlarini shakllantirishga tasir korsatish imkoniyatiga ega boladi.

Shuning uchun ham, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi qonun loyihasidagi deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan normalarni toliq qollab-quvvatlaydi.

Bir soz bilan aytganda, ushbu qonun mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, barcha fuqarolar va siyosiy partiyalarning davlat hamda jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi, odamlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida roy berayotgan jarayonlarga daxldorligini oshirishga xizmat qiladi.

Ulugbek VAFOYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: