O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
01.01.2018

BALANDPARVOZ GAPLARDAN AMALIY NATIJALARGA

Umurbek BEKTEMIROV, O‘zXDP Markaziy Kengashi «Istiqbol» yoshlar qanoti yetakchisi:

— 2017 yilda bir nechta loyihani amalga oshirdik, yoshlarga yanada yaqinlashdik, ularning e’tiborini qozondik, deb oylayman.

Bugungi kunda partiyamizning 450 ming nafardan ortiq azolaridan 40 foizga yaqinini Istiqbol yoshlar qanoti safidagi yigit-qizlar tashkil etadi. Otgan yili Yosh siyosatchi korik-tanlovi ishtirokchilari har yilgidan ham kop boldi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan istedodli, bilimli va zukko yoshlar saralandi va ragbatlantirildi.

Turli tadbirlarda yoshlar orasida bolib, ularning fikrlarini eshitib, mamlakatimiz hayotidagi ozgarish va yangilanishlarga munosabatini korib, zimmamizda katta masuliyat turganini angladim. Umumiy, balandparvoz gaplar, maqsadi aniq bolmagan tadbir va loyihalar bilan bugungi yoshlarning etibori hamda ishonchini qozonish qiyin ekan.

Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qollab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotganini barchamiz korib turibmiz. Yosh oilalar uchun arzon uy-joylar qurilyapti, yosh kadrlarni qollab-quvvatlash masalasi shaxsan davlatimiz rahbarining etiborida turibdi. Yosh avlodni har tomonlama soglom va barkamol etib tarbiyalash ishlarini yangi bosqichga kotarish maqsadida Yoshlarga oid davlat siyosati togrisidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

Yangi yil rejalariga kelsak, qator loyihalarni rejalashtirdik. Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarimiz xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bolishlari maqsadga muvofiqligini takidladi. Shu asosda Istiqbol yoshlar qanoti joriy yilda yangi loyihalarni amalga oshirishni maqsad qildi.

Oylaymanki, Yangi yil partiyamiz safidagi yoshlar, Istiqbol yoshlar qanoti uchun muvaffaqiyatlarga boy boladi. Buning uchun har doimgidan kop izlanishimiz, fidoyilik korsatishimiz kerak.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: