O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
01.01.2018

YANGI YILGA YANGI REJALAR, YORUG MAQSADLAR BILAN...

Gulshan ASATOVA, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori mudiri:

— Barchamiz orziqib kutgan Yangi yil kirib keldi. Ortga nazar tashlar ekanmiz, yurtimizdagi ulkan bunyodkorlik ishlari, qishloq va shaharlarning yangicha qiyofa kasb etayotgani har birimizda iftixor hissini kuchaytiradi. Tinchlik, osoyishtalikka shukrona qilishga undaydi. Odamlar 2018 yilga kechagi kunidan kongli toq bolib, ertasiga, kelajagiga katta umid boglab qadam qoymoqda.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektorining ham Yangi yildagi rejalari ulkan. Prezidentimiz tomonidan qoyilayotgan, partiyamiz dasturida kozda tutilgan vazifalardan kelib chiqib, bir qator loyihalarni amalga oshirishni niyat qilganmiz.

Xususan, nogiron ayollar holidan xabar olib, muammolarini hal etishga, qolida hunari borlarini qollab-quvvatlab, ularga komaklashish maqsadida «Har bir insonga mehr-muruvvat korsatish burchimiz!» loyihasi doirasidagi tadbirlarni davom ettiramiz.

Kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik hamda kasanachilikni rivojlantirish, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida Ayollar bandligi – oila farovonligi garovi loyihasini ishlab chiqishni rejalashtirdik. Oylaymizki, Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yilida bu tashabbusimiz samarali boladi.

Oilaviy ajrimlar, erta va qarindosh-uruglar ortasidagi nikohning oldini olish maqsadida Mahalla jamgarmasi, Xotin-qizlar qomitasi, Oila ilmiy-amaliy markazi, Bolalar va oilalarni qollab-quvvatlash assotsiatsiyasi bilan hamorlikda Namunali oila aksiyasini otkazmoqchimiz. Oilalar tinch bolsa, jamiyatimiz ham mustahkam boladi.

Oramizda alohida etiborga muhtoj kishilar bor. Ayniqsa, nogironligi bolgan insonlar doimiy muhofaza qilinishi kerak. Shu bois respublikamizdagi mavjud 10 ta Muruvvat nogiron ayollar internat uylaridagi shart-sharoit, muammolarni organish hamda ularni bartaraf etishga komaklashish masalalari etiborimizda boladi.

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan bildirilgan tanqidiy fikrlardan kelib chiqib, joriy yildan Ozbekiston XDP mintaqaviy kengashlarida Xotin-qizlar masalalari boyicha jamoatchilik asosidagi rais orinbosarlari lavozimini joriy etish kozda tutilmoqda.

Yangi yilda zimmamizda ulkan vazifalar turibdi. Yangi loyihalar ustida ishlayapmiz. Fursatdan foydalanib, barcha ayollarni, partiyamiz faollari va deputatlarni bayram bilan tabriklayman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: