O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
26.12.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018-2022 yillar davrida bolalarda tugma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi togrisida»gi qaroriga

SHARH

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat ijtimoiy siyosatining strategik yonalishlaridan biri etib belgilandi. Otgan yillarda uzoq muddatli samaraga — millatning genofondini yaxshilashga, oilada tibbiy madaniyatni, aholi hayoti sifatini oshirishga va uzoq umr korishiga erishish maqsadida soglom avlod tugilishi va uni tarbiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mana shu tufayli Soglom ona soglom bola konsepsiyasi hamda Ona va bola sogligini muhofaza qilish milliy modeli, shu jumladan, chet elda umume’tirof etildi.

Chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida Ona va bola skrining respublika va hududiy markazlari zamonaviy diagnostika va laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi, bu esa keng doiradagi irsiy kasalliklarning profilaktikasi va ularni davolashni yuqori darajaga kotarish, bolalarning ogir nogironlikka va olimga olib keladigan irsiy kasalliklar va rivojlanishdagi tugma nuqsonlar bilan tugilishi xavfi darajasini kamaytirish imkonini berdi.

2013-2017 yillarda sogliqni saqlashning birlamchi bogini darajasida 2,1 milliondan ortiq homilador ayol tekshirildi, ularning 65 ming nafarida homila rivojlanishining tugma nuqsonlari aniqlanishi munosabati bilan homiladorlik toxtatildi.

Skrining markazlarida 1,1 milliondan ortiq homilador ayol tugishgacha bolgan davr tekshiruvidan otkazildi. Ulardan homiladorlik davri patologik kechgan 210 ming nafardan ortiq ayol dori-darmonlar bilan davolandi. Umuman olganda, homilador ayollarni tugishdan oldin tekshirish natijasida 21 ming nafardan ortiq rivojlanishida tugma nuqsonlar va irsiy kasalliklar bolgan bola tugilishining oldini olish imkonini berdi.

1,7 milliondan ortiq chaqaloqlar gipotireoz va fenilketonuriya (tugma va irsiy kasalliklar) yuzasidan tekshirildi. Hozirgi vaqtda 1407 nafar bemor dispanser nazorati ostida turibdi, shundan keyinchalik nogironlikka olib kelishi mumkin bolgan progressiv kasalliklarning oldini olish maqsadida tugma gipotireozga chalingan 1117 nafar bola doimiy ravishda bepul dori-darmonlar bilan, 290 nafar fenilketonuriyaga chalingan bola davolaydigan oziq-ovqat bilan taminlangan.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida tugma anomaliyali bolalar tugilishining intensiv korsatkichi 2000 yilga nisbatan 1,8 baravarga kamaydi.

Shu bilan birga, tibbiy genetika rivojlanishining hozirgi boschqichi bolajak onalar va bolalarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik yordam korsatish uchun skrining markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni, sifat jihatidan yaxshilashni taqozo etmoqda.

Bolalikdan nogironlar tugilishining oldini olish uchun tugma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash, soglom avlod tugilishi va tarbiyalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishiga komaklashish va qollab-quvvatlash, tugruqqa yordam beruvchi muassasalar va skrining markazlarining kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-2022 yillar davrida bolalarda tugma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi togrisidagi qarori qabul qilindi.

Qaror quyidagilarni nazarda tutadi:

yuqori texnologik diagnostika tibbiyot uskunalari, butlovchi buyumlar, reagentlar va zarur materiallar bilan jihozlash orqali skrining markazlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash;

homiladorlikning dastlabki uch oyida ayollarni markaziy kop tarmoqli tuman (shahar) poliklinikalarida tugishdan oldin ommaviy ravishda tekshirish va xavf guruhiga kiradigan homilador ayollarni genetik sindromlarga biokimyoviy tekshirishni bosqichma-bosqich joriy etish yoli bilan homilada tugma va irsiy kasalliklar profilaktikasi va barvaqt tashxis qoyish chora-tadbirlarini takomillashtirish;

laboratoriya diagnostikasining zamonaviy usullarini, shu jumladan, homilada va kichik yoshdagi bolalarda xromosom sindromlarga tashxis qoyishda sitogenetik va molekulyar-sitogenetik texnologiyalarni joriy etish;

bolalarda irsiy kasalliklarga barvaqt tashxis qoyish usullarini takomillashtirish orqali chaqaloqlarni ommaviy tekshirish, shuningdek, bemor bolalarni dori vositalari va davolaydigan ovqatlar bilan taminlash orqali irsiy kasalliklarni davolash samaradorligini oshirish;

skrining markazlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash va amaliy sogliqni saqlashga zamonaviy jahon tajribasini joriy etgan holda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun 31 million AQSh dollari va 90 million som ajratish rejalashtirilmoqda, ulardan 28 million 460 ming AQSh dollari Davlat byudjeti mablaglari, 90 million som va 2 million AQSh dollaridan ziyodi Soglom avlod uchun xalqaro nodavlat xayriya jamgarmasi mablaglaridir.

Davlat dasturini amalga oshirish:

shaharlar va tumanlar tibbiyot birlashmalarining markaziy kop tarmoqli poliklinikalarida homilador ayollarning tugishidan oldin ommaviy ultratovush tekshiruvidan otkazilishini joriy etish;

homilaning genetik sindromi boyicha xavf guruhini aniqlash uchun homiladorlikning erta muddatlarida ayollar qonini bosqichma-bosqich biokimyoviy tekshiruvdan otkazish (220 ming nafardan ortiq homilador ayolni tekshirish rejalashtirilmoqda);

310 ming nafardan ortiq ayollarni homiladorlikning ikkinchi uch oyligida tugishgacha biokimyoviy skriningdan otkazish;

tandem mass-spektrometriya usuli bilan irsiy almashinuv kasalliklarini tasdiqlash uchun bolalarni tekshirish (18 mingdan ortiq tekshiruv);

rivojlanishida tugma nogironlikka olib keladigan nuqsonlari bolgan bolalar tugilishini ikki baravar kamaytirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, dispanser hisobida turgan va yangidan hisobga olingan irsiy kasalliklarga chalingan bolalarni maxsus davolaydigan oziq-ovqat va dori-darmonlar bilan taminlash davom ettiriladi.

Rejalashtirilayotgan tadbirlarni amalga oshirish yangi tugilgan chaqaloqlarni skrining tekshiruvidan otkazishni 95 foizgacha oshirish va bolalar nogironligiga olib keladigan irsiy kasalliklarga chalingan bolalarni barvaqt aniqlash boyicha diagnostika va davolash tadbirlarining samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Barchaga malumki, soglom ona va bola jamiyatning tayanchi, shu sababli sogliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, eng avvalo, onalar va bolalar sogligini mustahkamlashga yonaltirilgan.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: