O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
19.12.2017

YAXSHI YASHASH UCHUN INTILISH

albatta qo‘llab-quvvatlanishi kerak

24 dekabr kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov otkazilishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqealardan biridir. Yangi tashkiliy-huquqiy sharoitda otkazilayotgan saylov poytaxtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda, hududlarda demokratik islohotlarni jadallashtirishda katta ahamiyatga ega. Bu haqda Toshkent shahar partiya tashkiloti mutasaddilarining fikri qanday? Saylovga tayyorgarlik jarayonlari qay tarzda olib borilyapti? OzXDP nomzodlari qaysi ijtimoiy masalalarni kotarib chiqmoqda?..

Haydar BOBOXONOV, OzXDP Toshkent shahar kengashi raisi:

— Shahrimiz tumanlarida xalq deputatlari Kengashlarining tuzilishi aholini oylantirayotgan masalalarning ildiziga yetib borish, deputatlik va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, mahalliy davlat organlari rahbarlarining oz faoliyati togrisida hisobotlari va axborotlarini eshitish, hududlarni rivojlantirish boyicha muqobil takliflarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tuman Kengashlari tuzilishi natijasida tumanlar miqyosidagi masalalarni chuqur va tanqidiy-tahliliy nuqtai nazardan korib chiqish, xulosalarni umumlashtirish, puxta va pishiq takliflar ishlab chiqish imkoni ortadi. Bunda nafaqat aholini tashvishlantirib kelayotgan masalalar atroflicha korib chiqiladi, mahalliy byudjet, hududlarni rivojlantirishning istiqbolga moljallangan dasturlari ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Demak, ushbu saylov poytaxt tumanlari rivojida hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Korinib turibdiki, mazkur ijtimoiy-siyosiy jarayon siyosiy partiyalarning jamiyatdagi ornini ham belgilab beradi. Saylovdan keyin har bir tuman Kengashida partiyamiz guruhlarining tuzilishi biz uchun prinsipial ahamiyatga egadir. Partiyamizning elektorat manfaatlarini himoya qilish borasidagi tashabbus va amaliy harakatlari kuchayishi kop jihatdan ana shu omilga bogliqdir.

Shuning uchun ayni kunlarda deputatlikka korsatilgan nomzodlar hududlarda saylovoldi targibot ishlarini qizgin olib boryapti. Partiyamiz Saylovoldi dasturiga toxtaladigan bolsak, unda kam ta’minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoyalash, mehnatga layoqatli fuqarolarni munosib haq tolanadigan barqaror ish orinlari bilan taminlash, aholiga yuqori sifatli va maqbul tibbiy yordam korsatishni yanada yaxshilash, shuningdek, demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishga oid qator takliflar ilgari surilgan. Ular islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish davlat va jamiyat oldida turgan eng muhim, eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Odamlarning hayotga qarashi, turmush tarzi va kayfiyati, amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabati ular qay darajada ijtimoiy himoyalanganligi bilan bevosita bogliq. Shundan kelib chiqib, partiyamiz Saylovoldi dasturida aholining ehtiyojmand qatlami manfaatlarini himoya qilish masalasi ustuvor yonalish etib belgilangan.

Bizningcha, kuchli ijtimoiy siyosat bir qator masalalarni qamrab oladi. Avvalo, mehnatga layoqatli aholining munosib haq tolanadigan ish topishga intilishini qollab-quvvatlash, ularning shaxsiy tashabbuskorligi va tadbirkorligini ragbatlantirish kerak. Shuningdek, pensionerlar, mehnatga layoqatsiz nogironlar, boquvchisini yoqotganlar, aholining mehnat qila olmaydigan boshqa ijtimoiy guruhlari hayotiy ehtiyojlarini tolaqonli qondirishni kafolatlovchi pensiya taminoti va ijtimoiy nafaqalarning samarali tizimini vujudga keltirish dolzarb ahamiyatga ega.

Ushbu vazifalarni hal etish iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy siyosatning ustuvor yonalishlarini tanlashda davlatning tartibga soluvchilik rolini yanada mustahkamlashni talab etadi. Bu iqtisodiy islohotlar ijtimoiy samaradorligining zaruriy sharti hisoblanadi.

Ozbekiston XDP mamlakatimizning osib borayotgan iqtisodiy salohiyatidan aholining barcha qatlamlari, shu jumladan, uning kam taminlangan guruhlari turmush darajasini yaxshilash uchun foydalanishga qaratilgan strategik yonalishni faol qollab-quvvatlaydi. Bizning dasturimiz aholining ijtimoiy faolligini oshirish, iqtisodiy daromadlarini kopaytirish masalalarini oz ichiga oladi. Deputatlikka nomzodlarning dasturlari ham ushbu yondashuv asosida shakllantirilgan.

Sergeli tumanidagi 21-Ittifoq saylov okrugidan deputatlikka nomzodi korsatilgan Mirzohid Xidirov oz dasturida aholining ijtimoiy himoyasi bilan bogliq bir qator dolzarb masalalarni ilgari surgan. Undagi maqsad va rejalar xalqchil bolib, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlami manfaatlariga mos keladi. Yani, unda yangi ish orinlari yaratish, boqimandalik kayfiyatini bartaraf etish, faol hayot tarzini qollab-quvvatlash kabi yonalishlar qamrab olingan.

Malumotlarga kora, Sergeli tumanida 128 kam taminlangan oila bor. Nomzodimiz kam taminlangan oilalarga moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarni tolash tizimini takomillashtirish, shuningdek, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini mikrokreditlash va mikromoliyalash tizimining samaradorligini yanada oshirish va isloh qilish tarafdori.

Agar mushohada qilib koradigan bolsak, nomzodimiz ilgari surayotgan ushbu masala ozining chuqur hayotiy asoslariga ega. Undan kozlangan asosiy maqsad odamlarning ishlashga, munosib hayot kechirishga intilishini qollab-quvvatlash hisoblanadi. Bu har birimizning oilamiz, yaqinlarimiz turmush farovonligiga xizmat qiladigan omillardir. Aytaylik, kam taminlangan oila azosida ishlab chiqarishning qaysidir turida ish boshlash uchun reja, goyalar bor. Lekin ularni amalga oshirish uchun u yetarli mablagga ega emas. Agar uning mehnat faoliyatini qollab-quvvatlab, moliyaviy jihatdan qomak korsatilsa, u oz ishini yolga qoyadi, oilasi farovonligiga ulush qoshadi. Bunday oilalar qancha kopaysa, jamiyatda boqimandalik kayfiyatiga orin qolmaydi.

Har bir odam mehnat qilishga, munosib hayot kechirishga haqli, albatta. Bu insonning eng birlamchi, ustuvor huquqidir. Lekin hayot taqozosi, turli omillar sabab hammada ham bunday imkoniyat bolmasligi mumkin. Shuning uchun davlat va jamiyat ehtiyojmand kishilarning intilishi va tashabbuslarini qollab-quvvatlashi, ularga har tomonlama madad berishi zarur. Xalqimiz tarixi va turmushidagi yuksak ananalarimiz shuni taqozo qiladi.

Uchtepa tumanidagi 18-Bogiston saylov okrugidan deputatlikka nomzod Baxtiyor Abdullayevning dasturida ham ana shu masalalarga chuqur etibor qaratilgan.

Xususan, nomzod dasturida ijtimoiy qollab-quvvatlashni boqimandalik kayfiyatini tugatishga yonaltirish, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularning bu boradagi tashabbuslarini qollab-quvvatlash masalalariga alohida urgu berilgan. Bu takliflar taraqqiyotimizning bugungi bosqichida juda dolzarb ahamiyatga ega.

Nomzodimiz fikricha, aholining manzilli ijtimoiy himoyasini taminlashning eng samarali shakli, bu shubhasiz, ularni ish, barqaror daromad manbai bilan taminlashdir. Shu tamoyildan kelib chiqib, uning dasturida qator dolzarb masalalar orin olgan.

Jumladan, nomzod munosib ish haqi tolanadigan barqaror ish orinlarini taqdim etayotgan korxonalarda mehnatga layoqatli aholi bandligini taminlash boyicha say-harakatlarni faollashtirish taklifini ilgari surmoqda. Uning fikricha, ishlab chiqarish, xizmat korsatish va servis sohalariga mamlakatda mavjud bolgan bosh mehnat resurslarini faol jalb qilish iqtisodiy osishning muhim omili hisoblanadi.

Jamiyatda shunday insonlar borki, jismoniy imkoniyati cheklangan bolishiga qaramasdan mehnat qilib, yaxshi hayot uchun intiladi. Ularning bu harakati, albatta, qollab-quvvatlanishi kerak. Ayniqsa, nogironlarning ijtimoiy moslashuvini taminlash maqsadida nogironlar mehnat qilishi uchun ixtisoslashgan korxonalar tashkil etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, jumladan, davlatning markazlashgan sarmoyalari hisobidan bunday korxonalar tarmogini rivojlantirish choralarini korish, yirik korxonalarga kasanachilik ish joylarini tashkil etish boyicha majburiy kvotalar belgilash ijtimoiy muhofazani taminlashda muhim ahamiyatga ega boladi. Nomzodimiz shu taklifni ilgari surar ekan, qolidan ish keladigan jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarni qollab-quvvatlash, ularning hayotga qiziqishini oshirish maqsadini ham kozda tutadi. Imkon doirasida mehnat bilan band bolishga harakat qilib, oilasi farovonligiga hissa qoshishga intilayotgan insonlarga dalda bolish, ularning bandligini taminlashga yaqindan turib komaklashish esa bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri.

Ishli, turmush darajasi kongildagidek bolgan odam ertasidan kongli toq yashaydi. Shu manoda izohlaydigan bolsak, aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish uchun, avvalo, odamlarga mehnat qilish imkoniyatini berish kerak. Buning uchun bandlik dasturi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ijrosini qatiy taminlash talab etiladi. Xalq demokratik partiyasidan korsatilgan nomzodlarning dasturlari shu jihatlari bilan ahamiyatlidir.

Partiyamiz talim va sogliqni saqlash, sud-huquq, uy-joy va kommunal xizmatlar korsatish tizimini yanada isloh etishga etibor qaratadi.

Shayxontohur tumanidagi 25-Boston saylov okrugidan deputatlikka nomzod Iroda Abdullayevaning dasturi ham partiyamizning mazkur yonalishlardagi ustuvor goyalariga asoslanadi.

Deputatlikka nomzod mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlar, ijtimoiy kelib chiqishidan qati nazar, kasb tanlashi, talim olishi va oquv muassasalarini bitirgach, albatta, birinchi ish orinlariga ega bolishi, buning uchun adolatli shart-sharoitlar yaratish zarur, degan taklifni ilgari suryapti. Deputatlikka nomzod oz dasturida dolzarb masalalarni kotargan. Chunki talim-tarbiya, bandlik masalasi mamlakat kelajagini belgilovchi asosiy omillardan biridir.

Shayxontohur tumanida 9 kasb-hunar kolleji, 3 akademik litsey faoliyat yuritmoqda. 2016-2017 oquv yilida ularni 3764 nafar yigit-qiz tamomladi. Ochigini aytish kerak, ular orasida hali-hamon ish qidirayotganlar bor. Nomzodimiz fikricha, bitiruvchilarni ish bilan taminlash kechiktirib bolmaydigan vazifadir.

Katta hayotga kirib kelayotgan yoshlarni ishga joylashtirish masalasini ular oqishni bitirish arafasida emas, balki talim maskaniga oqishga kirishi bilan boshlash kerak. Masalan, korxona va tashkilotlar ehtiyojlaridan kelib chiqib, orta maxsus malumotga ega bolgan kadrlar tayyorlash amaliyotini yanada rivojlantirishni zamonning ozi talab qilyapti. Bunda korxona va tashkilotlarning oquvchilar ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish borasidagi masuliyatini oshirish zarur, deydi deputatlikka nomzod.

Nomzodlarimiz dasturlaridan orin olgan goyalar poytaxtimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash kabi ezgu maqsadlar bilan sugorilgan. Saylovchilarni ushbu goyalarni qollab-quvvatlashga, nomzodlarimizga ovoz berishga chaqiramiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: