O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
14.12.2017

OZBEKISTON VA QIRGIZISTON ISHBILARMON DOIRALARI UCHRASHUVI

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekovning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida Ozbekiston Respublikasi va Qirgiziston Respublikasi biznes forumi va kooperatsiya birjasi tashkil etildi.

Unda ikki mamlakatning savdo, sanoat, iqtisodiyot, qurilish, mashinasozlik, qishloq xojaligi, oziq-ovqat, toqimachilik va yengil sanoat, axborot texnologiyalari kabi sohalarga ixtisoslashgan vazirliklar, 100 dan ziyod kompaniya va firma vakillari ishtirok etdi.

Ozbekiston bilan Qirgiziston ortasidagi hamkorlik turli sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Ozaro manfaatli sheriklik asosidagi hamkorlik doirasida istiqbolli loyihalar hayotga joriy etilmoqda. Mamlakatlarimiz Prezidentlarining siyosiy irodasi va hamfikrligi tufayli Ozbekiston bilan Qirgiziston munosabatlari mustahkamlanib, ozaro aloqalar faollashdi. Hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xojaligi va boshqa sohalardagi aloqalar yangi bosqichga kotarildi.

Forumda Ozbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri J.Xojayev, Ozbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, Qirgiziston Respublikasi iqtisodiyot vaziri A.Novikov va boshqalar xalqlarimizning kop asrlik dostlik va yaqin qoshnichilik aloqalari savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi.

Joriy yil yanvar-oktabr oylarida Ozbekiston va Qirgiziston ortasida tovar ayirboshlash hajmi qariyb 60 foizga osdi. Mamlakatimizda Qirgiziston kapitali ishtirokidagi 50 dan ziyod korxona faoliyat korsatmoqda. Oz navbatida, Qirgizistonda ozbekistonlik ishbilarmonlar tomonidan 50 ga yaqin korxona tashkil etilgan.

Tadbirda qayd etilganidek, vazirlik va kompaniyalar hamda ishbilarmon doiralarning mazkur uchrashuvi Ozbekiston bilan Qirgiziston ortasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarni mustahkamlash, teng sheriklik asosida manfaatli biznes yuritishni rivojlantirish uchun qulay platforma vazifasini otaydi.

— Yangi formatdagi bunday forumlar hamkorlik darajasini izchil rivojlantirish imkonini beradi, deydi Ozbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi masul xodimi Gafurjon Usmonov. Bugungi tadbirda turli sohalarda hamkorlikni jadallashtirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogliq masalalar muhokama qilindi. Muntazamlik kasb etgan bu kabi tadbirlar mamlakatlarimiz ortasidagi tovar ayirboshlash hajmini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Anjuman doirasida «Mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, qonunchilik va ishbilarmonlik muhiti» mavzuida davlat organlari vakillari va ishbilarmonlar muzokaralari otkazildi. Qurilish, qishloq xojaligi, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalariga bagishlangan shoba yigilishlarida bu boradagi hamkorlikni kengaytirish hamda bunday tadbirlarni har yili otkazishga kelishib olindi.

Korxonamiz yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, deydi Qirgizistonning VivaTex kompaniyasi savdo direktori Dinora Mamasiddiqova. Tadbirda ozbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan ip-kalava yetkazib berish boyicha kelishuvga erishdik. Mamlakatingizda yaratilgan qulay investitsiya muhitidan foydalanib, kelgusida ozaro aloqalarni yanada kengaytirish va Ozbekistonda ham faoliyatimizni yolga qoyishni rejalashtirganmiz.

Muzokaralarga boy otgan forum doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikka oid 60 ga yaqin hujjat imzolandi. Ozbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Qirgiziston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ortasida savdoni moliyalashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boyicha hadli kelishuv, 2017-2019 yillarda Ozbekiston Respublikasi bilan Qirgiziston Respublikasi ortasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish boyicha qoshma amaliy harakatlar rejasi (Yol xaritasi) hamda ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari ortasidagi hamkorlik bitimi qoidalarini amalga oshirishga doir harakatlar rejasi (Yol xaritasi) shular jumlasidan.

Ikki mamlakat ishbilarmonlari ishtirokida otkazilgan kooperatsiya birjasida ozaro hamkorlikning amaliy jihatlari, qoshma korxonalar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Ulugbek SHONAZAROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: