O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
14.12.2017

HAR BIR INSONGA MEHR-MURUVVAT KORSATISH BURCHIMIZDIR

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi hamda Toshkent viloyat kengashi mas’ullari bilan Olmaliq shahriga kirib borganimizda soat hali 9 bolmagandi. Shunga qaramay, allaqachon tibbiy korik aksiyasi boshlangan ekan. Shifokor qabulidan chiqqan ayolni suhbatga tortdik.

— Farzandim bolaligidan nogiron, deydi Farida Yoldosheva. Hozir Umidjon 17 yoshda. Belgilangan vaqtda shifokor korigidan otib turamiz. Bugungi tibbiy aksiyada oglimni malakali shifokorlar tekshirishdi. Otgan yilga qaraganda boyi hamda vaznida ozgarish bor. Har kuni badantarbiya bilan shugullanadi. Vrachlar yana qoshimcha maslahatlar berishdi. Ijobiy tomonga ozgarish borligini aytib, konglimni togdek kotarishdi.

Tibbiy aksiya shunchaki hisobot uchun bolsa kerak, deb oylagandim. Lekin bu yerga kelib fikrim ozgardi, deydi I guruh nogironi Nargiza Umidjonova. Shifokorlar barchani toliq tekshiruvdan otkazyapti. Menga kamqonlik tashxisini qoyishdi. Endi sogligimga jiddiy etibor qarataman. Mutaxassislar bergan tavsiyalarga amal qilsam, sogligim yaxshilanishiga ishonaman.

Tibbiy aksiya doirasida 50 dan ziyod fuqaroning sogligi tekshiruvdan otkazilib, tegishli maslahat hamda korsatmalar berildi.

Keyingi manzil fuqarolarning xonadonlari boldi. Olmaliq shahridagi bir guruh nogironligi bolgan shaxslar, yolgiz qariyalarning uylariga borib, ularning yashash tarzi organildi.

Bizga biriktirilgan patronaj hamshiralar qollaridan kelgancha xizmat korsatishyapti, dedi Oliya Kuzina. Shifokorlar aniqlangan kasalliklar boyicha kerakli muolajalarni yozib bergan. Uy tozalash, atrofni obodonlashtirish uchun ham yordamchilar bor. Bir soz bilan aytganda, yolgiz qoldirishmayapti. Eng asosiysi mana shu, deb hisoblayman.

Tadbirning ikkinchi qismi bolalar musiqa va sanat maktabida davom etdi. Unda Toshkent viloyat, Olmaliq va Ohangaron shahar partiya kengashlari masullari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azolari, Nogironlar jamiyati xodimlari, mahalliy Kengashlar deputatlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Barcha sohadagi islohotlar mazmun-mohiyati bilan insonni uluglashga, uning shani, qadr-qimmatini oshirishga, huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Tursunpolat Norboyev. Zero, Bosh qomusimizga kora, inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Davlat oz faoliyatini inson va jamiyat farovonligini kozlab, ijtimoiy adolat asosida amalga oshiradi. Bu jarayonda bizning vazifamiz aholi bilan yaqin aloqa ornatish, odamlarning kundalik hayotidan boxabar bolish, fikr va takliflar asosida qonunchiligimizni takomillashtirishdan iborat.

30 noyabrdan 30 dekabrgacha viloyat, tuman, shahar partiya tashkilotlari tomonidan «Har bir insonga mehr va muruvvat korsatish burchimiz» shiori ostida muruvvat oyligi otkazilmoqda, dedi Ozbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi raisi Mehroj Darxonov. Maqsad pensionerlar, nogironlar, band bolmagan mehnatga layoqatli fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bir oy davomida partiya faollari nogironligi bolgan shaxslar xonadonlariga borib, ularning muammolarini organadi. Bundan tashqari, xomiylar komagida moddiy va manaviy qollab-quvvatlash, madaniy-marifiy, kongilochar tadbirlar tashkil qilish, kiyim-kechak hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilishi ham kozda tutilgan.

Aytish kerakki, hududiy partiya tashkilotlari va mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlarimiz tomonidan bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mehnat va urush faxriylari pansionatlari, Saxovat, Muruvvat va Mehribonlik uylari, maxsus maktab internatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari organilmoqda. Byudjet mablaglarining maqsadli sarflanishi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazorati ornatilgan.

Jamiyatimiz Ozbekiston XDP bilan memorandum imzolaganidan xabaringiz bor, albatta. Shu asosda ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorligimiz yangi bosqichga kotarilmoqda, dedi Nogironlar jamiyati raisi Komiljon Abdullayev. Joylardagi muammolar organilib, ularning yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilanmoqda. Oylaymanki, bu hamkorligimiz doimiy va tizimli olib boriladi. Markaz-viloyat-tuman-qishloq-mahalla tamoyili asosida ish korilsa, ehtiyojmand aholi bilan aloqa ornatish, ularning turmush tarzi bilan tanishish, hayotga yaqinlashish imkoniga ega bolamiz.

Olmaliq shahar kop tarmoqli poliklinikasi mudiri Bekmurod Rasulov hududda olib borilayotgan profilaktika tadbirlari haqida malumot berdi, tibbiy xizmat korsatish bilan bogliq muammolarni ortaga tashladi. Aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, soglom turmush tarziga amal qilish borasida takliflarini bildirdi. Mutaxassislar yigilganlar savollariga atroflicha javob berishdi.

Aksiya doirasida, shuningdek, sayyor qabul ham otkazildi. Aholi vakillari deputatlar bilan turli masalalarda ochiq muloqot qildi. 10 dan ortiq murojaat hamkor tashkilotlar yordamida joyida hal etildi.

Kunning ikkinchi yarmida tadbir ishtirokchilariga Milliy akademik drama teatri ijodkorlari tomonidan Qirmizi olma spektakli namoyish etildi.

Tadbir yakunida kasaba uyushmalari shahar bolimi hamda Ozbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati viloyat bolimi va boshqa homiylar tomonidan ehtiyojmand oilalarga sovgalar topshirildi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: