O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
12.12.2017

HAMKORLIK NATIJALARI

odamlarga foyda keltirsin

Joriy yilning iyul oyida Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari ishtirokida bolib otgan videoselektor yigilishida siyosiy partiyalar oz elektoratiga bergan va’dalarini, saylovoldi dasturlarini tola va samarali bajara olmayotgani takidlangan edi. Jumladan, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi pensionerlar, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlari himoyasi bilan bogliq amaliy tashabbuslar korsatmayotgani tanqid qilingandi.

Yigilishdan song Ozbekiston XDP tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, amaliy ishlarga kirishdi. Joylarda elektorat vakillari bilan uchrashuv va muloqotlar izchil yolga qoyildi. Ehtiyojmand kishilarning muammolarini organish, ularning yashash tarzi bilan yaqindan tanishish maqsadida tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlik kolami kengaytirilmoqda.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashida Nogironlar, Kozi ojizlar va Karlar jamiyatlari vakillari ishtirokida amaliy seminar bolib otdi. Unda Prezidentimizning «Nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni mazmun-mohiyati hamda farmon asosida qabul qilingan chora-tadbirlar dasturi ijrosini taminlashda partiyaning ishtiroki masalasi muhokama qilindi.

Takidlandki, mazkur Farmon asosida belgilangan chora-tadbirlar nogironligi bolgan shaxslar jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun mustahkama zamin yaratadi.

— Partiyamiz dasturiy maqsadlarida pensionerlar, nogironligi bolgan shaxslar, kam taminlangan aholi qatlami manfaatlarini himoya qilish masalalari muhim orin tutadi, deydiOzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Ulugbek Vafoyev. Parlamentdagi yigilishdan keyin ishimizni tahliliy tanqidiy nuqtai nazardan qayta korib chiqdik. Nogironligi bolgan shaxslarning ijtimoiy muhofazasini yanada kuchaytirish, turmush darajasini oshirish, ularga ijtimoiy xizmat korsatish tizimini takomillashtirish, davolash-profilaktika xizmatini kengaytirish masalalari boyicha hamkorlik izchil yolga qoyildi.

Xususan, Ozbekiston nogironlar, Kozi ojizlar, Karlar jamiyatlari, faxriylarni qollab-quvvatlash Nuroniy jamgarmasi bilan memorandumlar imzolandi. Ushbu hujjatlarda nogironligi bolgan shaxslarni ezozlash, jamiyatda ularga tosiqsiz muhit yaratish, moddiy va manaviy qollab-quvvatlash, tibbiy yordam korsatish ishlarini yaxshilash masalalari qamrab olingan. Ehtiyojmand kishilarni oylantirayotgan muammolarni aniqlash, pensiya tolovlari, soglomlashtirish, tibbiy korikdan otkazish va dori-darmonlar bilan taminlashdagi kamchiliklarni chuqur tahlil qilish chora-tadbirlari ilgari surilgan. Nogironligi bolgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish fidoyi, ijodkor va tashabbuskorlarni aniqlash, ularni ragbatlantirish, partiya faoliyatiga keng jalb etish vazifalari belgilangan.

Organishlar davomida amin boldikki, joylarda yechimini kutayotgan masalalar oz emas. Ularni hal etish uchun koproq tashabbus korsatish, amaliy ishlarni yanada kuchaytirish, meyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini taminlash, hayotiy takliflarni qollab-quvvatlash zarur. Bu borada tegishli tashkilotlar bilan hamkorligimizni yanada kengaytirishga harakat qilamiz.

Togrisini aytganda, bu yil jamiyatimiz azolari uchun ulkan ozgarishlar, yangilanishlar yili boldi, deydiNogironlar jamiyati raisi orinbosari Oybek Isoqov. Ayniqsa, keyingi 4-5 oy davomida nogironligi bolgan shaxslarni oylantirayotgan masalalarning yechimi yuzasidan koplab amaliy ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 1 avgustida qabul qilingan Nogironlarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident farmoyishi jamiyatimiz azolari hayotida tub burilish yasadi, deyish mumkin. Unda nogironligi bolgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish bilan bogliq dolzarb masalalar orin olgan.

Bir necha oy davomida Ozbekiston XDP rahbariyati hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya azolari bilan birgalikda farmoyishda belgilangan vazifalar chuqur organildi.Parlament deputatlari komagida maxsus komissiyaga oz takliflarimizni kiritdik. Ularning 15 ga yaqini farmondan va uning asosida tasdiqlangan 51 banddan iborat kompleks chora-tadbirlar dasturidan orin oldi. Takliflarning barchasini birgina hujjatda qamrab olishning imkoni yoq, albatta. Nogironligi bolgan shaxslarni oylantirayotgan muammolar bosqichma-bosqich hal etiladi, deb ishonaman.

1 dekabr kuni Prezidentimizning Nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida farmoni qabul qilindi. Unga kora, yurtimizda nogironligi bolgan shaxslarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun real imkoniyat yaratiladi. Chunki Farmonda jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga tosiqsiz muhit yaratish belgilangan. Misol uchun, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab nogironligi bolgan shaxslar uchun qulayligi bolmagan jamoat transportlarini sotib olish taqiqlanadi. Demak, jamiyat azolarini oylantirib kelayotgan muammolardan biri hal etiladi.

Shu bilan birga, Farmonning birinchi bandida nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish belgilangan. Bu masalada qator takliflarimiz bor. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiya azolari bilan hamkorlikda ularni qayta korib chiqyapmiz.

Shuningdek, BMTning Nogironlar huquqlari togrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik boyicha amaliy choralar korish masalasi ham qayd etilgan.Bu borada partiya bilan hamkorlikda ish olib boramiz, albatta. Bir soz bilan aytganda, oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Oylaymanki, bizga Ozbekiston XDP hamda uning parlamentdagi fraksiyasi yaqindan yordam beradi. Amaliy ishlarni davom ettirsak, yaxshi natijalarga erishamiz.

Bizni xursand qilgan yana bir jihat, Farmonga kora, oliy talim muassasalarida nogironligi bolgan shaxslar uchun 2 foizli kvota ajratiladi va oqish davlat granti asosida amalga oshiriladi, deydiOzbekiston kozi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisiAbdusaid Abulhamidov. Agar bugungi kunda oliy oquv yurtlariga kiruvchilar sonini 60 ming nafar, deb oladigan bolsak, har yili 1200 nafar nogironligi bolgan shaxslar oqishi uchun imtiyoz yaratiladi.

Bundan tashqari, Sogliqni saqlash vazirligi qoshida Nogironligi bolgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish fondi tashkil etilishi kozda tutilmoqda. Bu ham katta natija. Chunki fondning vazifasi nogironligi bolgan shaxslarga moddiy va manaviy yordam korsatishdan iborat boladi. Masalan, bir odam uy sotib olmoqchi. Ammo unda birinchi tolovni amalga oshirish imkoniyati yoq. Fond unga yordam berishi mumkin. Yoki aytaylik, bir fuqaro nogironligi bolgan shaxslar uchun moljallangan elektron aravacha sotib olmoqchi. U qimmat turadi. Bunda ham fonddan komak olishi mumkin.

Savol tugiladi: fond mablaglari qayerdan olinadi? Qonunchiligimizda jarima turlari mavjud. Masalan, nogironligi bolgan shaxslar uchun qulaylik yaratilmagan bino va inshootlar egasi jarimaga tortiladi. Qolaversa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni ishga joylashtirish boyicha 3 foizli kvota belgilangan. Agar ish beruvchi mazkur talablarni bajarmasa, u ham jarima tolaydi. Ayni shu mablaglar evaziga fond oz jamgarmasini toldirib boradi. Avvallari bunday jarimalar umumiy byudjet hisobiga tushgan va nogironligi bolgan shaxslar undan foydalana olmagan. Endilikda fond azolari kabinetda otirib emas, joylarga chiqib, haqiqiy ahvolni organadi. Agar qonunchilik talablari bajarilmasa, buning uchun masullar jarima tolashi kerak boladi. Mazkur meyor nogironligi bolgan shaxslarning manfaatlariga xizmat qiladi.

Farmonda belgilangan vazifalar tola-tokis bajarilishi nogironligi bolgan shaxslar, ularning oilalari uchun juda hayotiy ahamiyatga ega. Biz bu masalada Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi, uning deputatlik birlashmalariga suyanamiz.

Seminarda, shuningdek, Farmon ijrosida partiya tashkilotlari va deputatlar faolligini yanada oshirish masalalari muhokama etildi. Mazkur yonalishdagi hamkorlikning oziga xos ustuvorliklari xususida ham fikr almashildi. Nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan bajarilishi kerak bolgan vazifalar kelishib olindi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: