O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
05.12.2017

MEHR-MURUVVAT KORSATISH EZGU FAZILAT

Zafar Otaboyev hayot sinovlarini mustahkam irodasi bilan yengib o‘tayotgan hamyurtlarimizdan biri. U ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejida bilim oldi, hunar egalladi. Hozir uyali aloqa va elektrotexnika vositalarini ta’mirlash bilan shugullanmoqda.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi va Toshkent shahar kengashi nogironligi bolgan shaxslar holidan xabar olish maqsadida Zafar Otaboyevning xonadonida ham bolishdi.

Inson hech qanday qiyinchilikdan qorqmay, maqsad sari harakat qilsa, albatta niyatiga yetar ekan, deydi u. Men bunga amin boldim. Bolaligimdan tamirtalab buyumlarni tuzatishga harakat qilardim. Qiziqishim sababli ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejida oqidim. U yerda zamonaviy texnika va uyali aloqa vositalarini tamirlashni organdim. Mana on yildirki hunarim orqasidan rozgorimni tebratib kelyapman. Bir nafar farzandimiz bor, undan umidimiz katta.

Partiyamiz faollari bilan birgalikda nogironligi bolgan shaxslarning holidan xabar olib, ularni oylantirayotgan masalalarni organyapmiz, deydi OzXDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov. Bugun Olmazor tumani «Mirzo Golib» mahallasida yashaydigan Zafar Otaboyev va Toir Hoshimovning xonadonlarida boldik hamda ularning turmush tarzi bilan yaqindan tanishdik. Suhbat mobaynida Zafar Otaboyev avtomatik ravishda boshqariladigan nogironlik aravachasi kerakligini aytdi. U bir necha yillardan buyon qandli diabetdan aziyat chekar ekan. Bu haqda Sogliqni saqlash vazirligiga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga murojaat qildik. Shuningdek, partiya xodimlari bilan birgalikda unga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida royxatdan otishi uchun yaqindan komak beriladigan boldi.

* * *

OzXDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi Nukus shahridagi Gulnaz maxsus maktabgacha talim muassasasida xayriya tadbiri otkazdi.

Muassasamizda 10 guruhda 187 bola tarbiyalanmokda, deydi muassasa mudiri Sayatxan Abdullayeva. Ularni tarbiyalashda defektolog Feruza Adenbayeva, psixolog Rauiya Dospanova, metodist Anisa Kushanova kabi fidoyi ustoz-murabbiylar samarali mehnat qilishmoqda. Maskanimizda ekologiya xonasi, kutubxona, sport zali, muzey va fitobar faoliyati yolga qoyildi. Bugun tarbiyalanuvchilarimizga Qoraqalpogiston Respublika partiya kengashi tomonidan oquv qurollari va sovgalar topshirildi. Bolalar bundan juda xursand.

***

OzXDP Namangan viloyat va Namangan shahar kengashlari Yakka-yolgiz pensionerlarni dam oldirish va muloqotda bolish jamoat markazi bilan hamkorlikda davra suhbati otkazdi.

Namangan shahridagi Bunyodkor mahalla fuqarolar yigini raisi, partiya va mehnat faxriysi Mamatvali Turgunov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar, keksalar va nogironlarga korsatilayotgan etibor va gamxorlik nuroniy otaxonu onaxonlarni mamnun etayotganini takidladi.

Tadbirda 6 nafar nogironligi bolgan shaxsga viloyat hokimligi tomonidan maxsus aravachalar topshirildi.

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bunday tadbirlar yurtimizning barcha tuman va shaharlarida otkazilyapti.

Mahliyo ALIQULOVA,

Mnajatdin QUTLIMURATOV,

Nosirjon DEHQONOV.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: